Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O’qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur’oni Karim, Hadisi shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smirning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida o’zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek tarbiya ob’ekti emas, xuddi o’zi kabi sub’ekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi.