4-Mavzu. Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya tamoyillari



Yüklə 41,94 Kb.
səhifə1/8
tarix08.04.2022
ölçüsü41,94 Kb.
#54922
  1   2   3   4   5   6   7   8
4-мавзу УП


4-Mavzu. TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI. TARBIYA TAMOYILLARI

REJA:

1.      Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari.

2.      Tarbiya jarayonining xususiyatlari.

3.      Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli.

4.      Tarbiya qoidalari va ularning mohiyati         

      


        Tarbiya nazariyasi  nimalarni o’rganadi? degan savolga javob qidirsak. Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. U Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi.   

       Pedagogika tarixidan ma’lumki, ta’lim tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII  asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko’rish hollari uchraydi. «1806 yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug’atida birinchi bor tarbiya so’zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb ta’kidlaydi I.Tursunov.

       O’tgan mavzularda tarbiyaga berilgan  ta’riflarni yodga olaylik: «Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatidir».

       «Tarbiya  - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga   singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga  muayyan suratda va tizimli ta’sir ko’rsatish jarayonidir».

       Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi Prezident I.Karimov O’zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma’naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan.

       Tarbiya jarayoni  deganda nimani  tushunamiz?

       Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.

       Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga  muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.  Tarbiya jarayonida o’quvchida  jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) , hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.   

       Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.

A) O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi.

B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.

V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.

       Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.

        Tarbiya jarayoni qanday xususiyatlarga ega, u ta’limdan  nimalari bilan farq  qiladi?



 Tarbiya  jarayonining  xususiyatlari

Ko’p qir-rali jarayon

uzoq muddat davom etadi

yaxlit holda va konsen-trik asosda amalga oshadi

Ikki tomonlama xususiyat,

bolaning faolligi



Qarama-qarshi-liklar ko’pligi

        Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko’p qirrali jarayon ekanligi bo’lib unda maktab, oila, bolalar va o’smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik, kino-teatr, televideniye, adabiyot va san’at ishtirok etadi.

       Tarbiyaning yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Ta’limdan farqli ravishda u bola tug’ilganidan boshlanadi, maktab yillarida, undan keyin va butun umr bo’yi davom etadi.

       Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning turli tomonlari bir-biri bilan uzviy bog’langan. Boshlang’ich sinfda ham, o’rta va yuqori sinfda ham ayni bir narsa, masalan, do’stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko’zda tutiladi.

       Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi.

       Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko’pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-qarshiliklar  bolalarda o’z tushunchalariga muvofiq  dastlabki paydo bo’lgan sifatlar bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o’rtasida o’quvchilarga qo’yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi kurashlarda namoyon bo’ladi.  

       Jamiyat taraqqiyotida  tarbiya jarayonining qanday o’rni bor?

       Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

       Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va  tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.




Yüklə 41,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin