4-mavzu: Turli yosh va kategoriyadagi ta’lim oluvchilar bilan amaliy psixologning faoliyati



Yüklə 29,92 Kb.
səhifə1/4
tarix20.05.2022
ölçüsü29,92 Kb.
#58856
  1   2   3   4
4 MA\'RUZA


4-mavzu: Turli yosh va kategoriyadagi ta’lim oluvchilar bilan amaliy psixologning faoliyati. Ta’lim muassasasi psixologik xizmatining psixologik vazifalari. Psixolog faoliyati modellari
Reja:
1.Psixolog-konsultant shaxsiga qo`yiladigan talablar (axloqiy kodeks tamoyili):

  • Kachyunas varianti

  • Psixolog-konsultant faoliyatini nazorat qiluvchi AQSH milliy assotsiatsiyasi varianti

  • AQSH mutaxassislar komiteti varianti

  • Ingliz mualliflari tomonidan taklif etilgan variant (“ideal” xususiyatlar – “zararli” xususiyatlar)

2.Psixokorreksion tadbirlarni amalga oshiradigan psixologlarga qo`yiladigan talablar.
3.Korreksion ta’sirga kasbiy tayyorgarlikning uch komponentli strukturasi.


Mavzuning o`quv maqsadi: talabalarni korreksion tadbirlar olib boradigan psixologga qo`yiladigan talablar bilan tanishtirish.
Darsning vazifasi:Talabalarga psixokorreksion tadbirlarni amalga oshiradigan psixologlarga qo`yiladigan talablar hamda korreksion ta’sirga kasbiy tayyorgarlikning uch komponentli strukturasi haqida ma’lumot berish.
Tayanch tushunchalar:
Psixolog-konsultant shaxsi, axloqiy kodeks tamoyili, psixologik maslahat, psixokorreksiya, psixik taraqqiyot, kasbiy tayyorlik, nazariy tayyorlik, amaliy tayyorlik, shaxsiy tayyorlik.


1.Psixolog-konsultant shaxsiga qo`yiladigan talablar
(axloqiy kodeks tamoyili)
Kachyunas varianti.
Psixologik konsultatsiya jarayonida mijoz maksimal darajada muloqotga jalb qilinganlikni sеzishi, psixolog bilan hal qilinayotgan masalalarni emotsional jihatdan to`liq va aniq his eta olishi lozim. Buning uchun psixolog-konsultant shaxsiga bir qancha talablar qo`yiladi.
R.Kochyunas xorijiy adabiyotlarni tahlil qilar ekan, psixolog-maslahatchi rioya etishi lozim bo`lgan quyidagi axloqiy tamoyillarni kеltirib o`tadi:
1. Psixolog-maslahatchi quyidagi vaziyatlarda o`z ishiga mas'uliyatli bo`lishi lozim:
-mijoz oldida;
- mijoz oilasi oldida;
-mijoz faoliyat olib boradigan tashkilot oldida;
-umuman, jamiyat oldida;
-o`z kasbi oldida.
2. Mijoz psixologik maslahat jarayoniga kirishish haqida ongli ravishda qaror qabul qilishi lozim. Shu tufayli konsultatsiya boshlanmasidanoq psixolog mijozga quyidagilar haqida imkon qadar ko`proq ma'lumot bеrishi lozim:
-maslahat jarayonining maqsadi haqida;
-o`z malakasi haqida;
-maslahat uchun to`lanadigan haq haqida;
- maslahat jarayonining taxminiy davomiyligi, muddati haqida;
-ayni vaziyatda konsultatsiyaning o`rni haqida;
-konsultatsiya chog`ida mijoz holatida vaqtinchalik yomonlashuv bo`lishi mumkinligi haqida;
-sir saqlanish mе'yorlari haqida.

Yüklə 29,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin