4-mavzu. Umum o\'rta va o\'rta maxsus ta\'lim muassasalarida “Infor
2.«Informatika o'qitish metodikasi» predmeti Informatikani o'qitish uchun informatika o'qituvchisi avvalo informatika fanini,
uning usullarini va rivojlanish tarixini chuqur egallagan bo'lishi lozim.
Informatika o'qitish metodikasi bu informatikani o'quv predmeti sifatida va turli
yoshdagi o'quvchilarga informatikani o'rgatish jarayonining qonuniyatlarini
o'rganadigan fandir. Informatika o'qitish metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi
yarmida, O'zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllandi. Bunga asosiy omil bo'lib
umumo'rta maktablarga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanining
kiritilishi bo'ldi.
Informatika o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy izlanishlar birinchilar qatorida,
professorlar M.Ziyoxo'jaev, A.Abduqodirov, dotsent T.Azlarov va boshqalar tomonidan
olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishildi.
O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimiga yangi bo'g’in,o'rta-maxsus va kasb - hunar
ta'limining kiritilishi bilan, ushbu bo'g’in informatika o'qituvchilari uchun informatika
o'qitish metodikasini yaratish dolzarb muammolardan biri bo'lib qoldi.
Informatika o'qitish metodikasi fanida quyidagi asosiy masalalar ko'riladi va hal etiladi:
informatikani o'qitishning maqsadi va vazifalari qanday; • o‘quv predmeti sifatida informatikaning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak; • informatikadan o'quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o'quvchilarga etkazilishi kerak; • informatikadan o'quv materialini to'liq va chuqur o'rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish kerak. Boshqacha qilib aytganda, informatika o'qitish metodikasi oldiga an'anaviy savollar uchligi qo'yiladi: 1) informatikani nima uchuno'rganish kerak (ya'ni, ma?sad va vazifalarni aniqlash)