2) nimani o'rganish kerak (ya'ni, mazmunni aniqlash) 3) informatikani qanday o'rgatish kerak (ya'ni, tanlab olingan o'qitish shakli doirasida ta'limning samarali usul va vositalarini aniqlash) Informatika o'qitish metodikasini o'rganishning mahsadi o'qituvchilarda shaxsiy metodik tizimini ishlab chiqish va shakllantirishdan iborat.
Informatikada nimani va qanday o'qitish kerak degan savolga javob olish uchun, avvalo ushbu fan rivojining hozirgi bosqichda informatikani o'qitish vazifalarini aniq belgilab olish lozim. Ushbu vazifalar barcha umumilmiy fanlar uchun umumiydir. Shuning bilan birga uzluksiz ta'lim tizimida informatikani o'qitish kontseptsiyasi va davlat ta'lim standartlariga asosan bu vazifalarni informatikani o'qitishdagi o'ziga xos tomonlarini tahlil etish lozim. Informatika o'qitish mazmunini aniqlashda informatikaning fan va ikkinchi tomondan o'quv predmeti ekanligi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak. Informatika fani va o'quv predmeti bir-biridan avvalam bor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika o'quv predmeti informatika fanidan o'quvchilarda informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo'ladigan ma'lumotlarnigina oladi. Informatika o'quv predmeti sifatida o'quv dasturlari va darsliklarda o'z aksini topadi. Informatika o'quv predmeti tarkibiga kiritilgan o'quv materialining hajmi to'g’risidagi masala hal etilgandan
Asosiy tushunchalar: Informatika o'qitish metodikasi – informatika fanini o'qitish
uslubiyotiga bag’ishlangan o'quv kursi.
Informatika o'qitish metodikasi oldida an'anaviy uchta savol
turadi:
1. Nimaga informatika o'qitiladi?
2. Nimani o'rganish kerak?
3. qanday qilib informatikani o'qitish kerak?