Oynaning asosiy qismlari:
NOM SATRI -oynaning eng yuqoridagi qismi. Bu satrda dastur belgisi, fayl nomi va dastur nomi, oynaning uchta asosiy tugmalari joylashgan bo’ladi. Shu satrga sichqoncha bilan bosib turib, harakatlantirsak, u holda oynani ekranda joyini o’zgartirish mumkin. MENYU SATRI - oynaning bu satri asosan nom satri tagida joylashadi va shu satr yordamida dasturning hamma buyruqlari bilan ishlashimiz mumkin, chunki bu satrda hamma buyruqlar saralanib guruxlarga bo’lingan.
YORDAMCHI QUROLLAR (ASBOBLAR) TUGMALARI SATRI - oynaning
uchinchi satri bo’lib bu satrda yordamchi qurollar (asboblar) tugmalari joylashgan, ular yordamida dasturning har xil asosiy va ko’p ishlatiladigan buyruqlarni tezkor bajarishimiz mumkin.
ISH SOHASI - oynaning asosiy qismi bo’lib uning ichida dastur bajariladi va ma`lumotlar ko’rsatiladi.
MA`LUMOTLAR SATRI - oynaning eng pastki satri. Bu satrda har xil ko’shimcha ma`lumotlar ko’rsatiladi.
OYNA CHEGARALARI - oynaning to’rt tomonida joylashgan qalin chiziqli sohalar. Ularni sichqoncha yordamida bosib turib siljitsak natijada oynani xajmi o’zgaradi (cho’ziladi, kattalashadi yoki kichkinalashadi).
KO’RIB CHIQISH CHIZGICHLARI - oynaning o’ng va pastki qismlarda joylashgan sohalar. Ular yordamida oyna ichidagi ma`lumotlarni to’liq ko’rib chiqish mumkin.,
buning uchun shu sohalardagi ustki yoki pastki,chap yoki o’ng tomondagi strelkalarni bosish kerak yoki shu sohalarda joylashgan to’rtburchak ko’rsatkichni ko’zgaltirish kerak.
Oynaning nom satrida joylashgan asosiy uchta tugmasi yordamida biz shu oynaninng umumiy ko’rinishini o’zgartirishimiz mumkin. Oyna 3 xil ko’rinishda bo’lishi mumkin: kattalashtirilgan, normallashtirilgan va kichkinalashtirilgan. Tugmalar esa 4 xil ko’rinishida bo’lishi mumkin.
- Kichiklashtirish (Свернуть ) - Oynaga mos tugma vazifalar satrida qoldirib, ekrandan olib tashlash. Shu tugmaga bosganimizda oyna yana o’zining oldingi holatga o’tadi.
a - Kattalashtirish (Развернуть ) - Oynani butun ekran xajmdagi holatga o’tkazish. 2 b - Normallashtirish (Нормализовать) - Oynani o’rtacha xajmdagi holatga o’tkazish 3 - Berkitish (Закрыть) - Oynani berkitish, vazifalar satri va ekrandan olib tashlash.
Windows da matn kiritishdan tashqari qolgan amallarni barchasini sichqoncha yordamida bajarishimiz mumkin. Sichoncha yordamida bajariladigan harakatlar: Bittali bosish yoki tanlash - sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosib qo’yvorish Ikkitali bosish yoki ochish - sichqonchani chap tugmasini ikki marta tez ravishda bosib qo’yvorish.
Kontekst (yordamchi) menyusini chiqarish - sichqonchani o’ng tugmasini bir marta bosib qo’yvorish.
Ko’chirib olish yoki siljitish - sichqonchani chap tugmasini bosib qo’yvormasdan joyidan qo’zg’altirish.
Yordamchi qurollar tugmalaridan tashqari Windows ning sichqoncha bilan ishlash uchun mo’jallangan o’zining oyna muloqot elementlari ham mavjud.
Oynalarning muloqot elementlari:
|
- hamma o’zgartirilishni saqlab oynani berkitish tugmasi.
|
|
- hamma o’zgartirishlarni bekor qilib oynani berkitish tugmalari.
|
|
- hamma o’zgarishlarni saqlab oynani berkitmaslik tugmasi.
|
|
- Oynani berkitish tugmasi
|
|
- Berk ro’yhat. O’ng tomondagi strelkachani sichqoncha yordamida bosganimizda shu ro’yhat sohasi ochiladi. Agar ro’yhat ochilgan sohaga sig’masa, u holda uni to’liq ko’rib chiqish uchun o’ng tomondagi ko’rib chiqish ko’rsatkichlardan
foydalanamiz.
|
|
- Ochiq ro’yhat. Agar ro’yhat sohaga sig’magan bo’lsa, u holda uni to’liq ko’rib chiqish uchun o’ng tomondagi ko’rib chiqish ko’rsatkichlardan foydalanamiz.
|
|
- Bayroqchalar. Yumaloq bayroqchalar yordamida bir vaqt o’zida faqat bittasini tanlashimiz mumkin bo’lsa, to’rtburchak bayroqchalar yordamida esa bir vaqt ichida bir nechtasini ham tanlashimiz mumkin.
|
|
- Kiritish sohasi. Bu sohaga ma`lumotlarni kiritish uchun sichqonchaning chap tugmasi bilan shu sohaga bir marta bosamiz.
|
|
- Schetchik. Bu sohadagi ma`lumotlarni o’zgartirish uchun schetchik chap tomondagi yuqoridagi yoki pastdagi strelkachalarni sichqonchaning chap tugmasi bilan bosamiz.
|
|
- Begunok. Bu element yordamida biz har xil qurilmalar xususiyatlarini o’zgartirishimiz mumkin. Buning uchun sichqonchani chap tugmasi yordamida o’rtadagi ko’rsatkichni bosib siljitamiz.
|
WINDOWS ish stolida papka yorliqlar va har xil maxsus belgilar joylashadi. papka -bu so’z bilan nomlangan diskdagi ma`lumotlar sohasi, uning ichida boshqa papka va fayllar joylanishi mumkin. Bu sohada fayl va boshqa papkalar saqlanishi mumkin. Yorliq - bu diskda joylashgan fayl yoki dasturgacha yullanma. Bu yullanmaga sichqoncha bilan ikkitali bosish yordamida kirsak, kompyuter yullanmaga mos fayl yoki dasturni ochib beradi. Bitta fayl yoki dastur bir nechta yorliqlarga ega bo’lishi mumkin. Maxsus yoki ish stolninng asosiy papkalar - bu Windows dastur ustidan har xil amallarni bajaruvchi maxsus dasturlarga yullanma. Ular quyidagicha:
- maxsus papka yordamida sizning kompyuteringizda joylashgan disklar, papkalar va ular ichidagi fayllarni ko’rish va ular bilan ishlash (xar xil amallar bajarish) imkoniyat yaratadi.
- maxsus papkada siz tomonimizdan ish jarayonida yaratilgan matn , rasm, jadval va boshqa fayllar saqlanadi. Bu belgi yordamida esa shu papkaga tezkor o’tishimiz mumkin va ular bilan ishlash imkoniyat yaratiladi)
- maxsus papka yordamida sizning kompyuteringizga Tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi fayl, papka va disklar bilan ishlash imkoniyat yaratadi.
- maxsus papkada siz tomoningizdan yaqinda o’chirilgan fayl va papkalarni ro’yhati joylashadi. Bu belgi yordamida esa shu papkaga tezkor o’tishingiz va ro’yhat yordamida ularni qayta joyiga tiklashingiz mumkin bo’ladi.
Windowsning maxsus papkalar quyidagi qismlardan iborat: Nom satri, Menyu satri, Yordamchi qurollar tugmalari satri, Ish soha, Ma`lumotlar satri, Oyna chegaralari va Ko’rib chiqish chizgichlari. Ushbu qismlar bilan biz o’tgan mavzuda tanishganmiz. Ush bu papkalarning hammasida yordamchi qurollar (asboblar) tugmalari satri bir xil bo’lib ular yordamida biz eng asosiy amallar va harakatlarni bajarishimiz mumkin. Shu tugmalar bilan yaqinroq tanishaylik.
1. - oynaning oldingi ko’rinishiga o’tish,
2. -oynaning keyingi ko’rinishiga o’tish,
- yuqoridagi papkaga chiqish
- fayl, papka, kompyuterni, Internet saxifani qidirish
- ish sohani chap tomondagi qismda papkalar ro’yhatini ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik
6. - ish sohani chap tamondagi qismda oxirgi ochilgan va ko’rilgan internet saxifalar ro’yhatini ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik
7. - tanlangan ob`ektni boshqa joyga ko’chirib olish
8. - tanlangan ob`ekt nusxasini boshqa siz ko’rsatgan joyga ko’chirib olish
9. - tanlangan ob`ektni o’chirish
Dostları ilə paylaş: |