MOY KOMPYUTER Windowsning maxsus papkalaridan asosiy bo’lib u yordamida biz xoxlagan diskda joylashgan papka va fayllar bilan ishlashimiz mumkin. Ushbu papkani ochganimizdan keyin biz uning oynasida quyidagi belgilarni ko’rishingiz mumkin.
Bulardan
-yumshoqdisketalarbelgisi.Ushbubelgiyordamidabizyumshoqdisketalardagima`lumotlarni ko’rishimiz va ularni o’qishimiz mumkin.
- qattiq disklar. Ush bu belgi yordamida biz qattiq disklardagi (vinchesterlardagi)ma`lumotlarni ko’rishimiz va ularni o’qishimiz mumkin. Ushbu disklar kompyuterning ichida joylashadi va ular doimiy xotira ham deb nomlanadi.
-kompaktdisklar.Ushbubelgiyordamidabizkompakt(lazerli)disklardagima`lumotlarni ko’rishimiz va ularni o’qishimiz mumkin.
- papkalar (kataloglar). Ush bu belgi yordamida biz yumshoq, qattiq yoki kompakt disklardagi ma`lumotlarni saralaymiz. har bir papka ichida boshqa papkalar yoki fayllar joylanishi mumkin. papkani ochib ularni ko’rishimiz va o’qishimiz mumkin.
- belgilari bilan esa har xil fayllarbelgilanadi.
MOY KOMPYUTERning ish sohasiga sichqoncha bilan ko’rsatib bir marta o’ng tugma bilan bosganimizda kontekst menyu hosil qilinadi.
Shu kontekst menyu orqali biz quyidagi amallarni bajarishimiz mumkin.
- oynadagi belgilar ko’rinishini o’zgartirish (katta belgilar, kichik belgilar, ro’yhat ko’rinishida, jadval ko’rinishida yoki eskiz ko’rinishida)
- oynadagi belgilarni saralash (nomi bo’yicha, turi bo’yicha,
hajmi bo’yicha, yaratilgan kuni bo’yicha yoki avtomatik ravishda) - oynadagi belgilarni ekranda tartiblash.
- oynadagi ma`lumotlarni va o’zgarishlarni yangilash.
- oynaning tashqi ko’rinishini (orqa rangni, izohni, matn turini, uning rangini va ishlash holatlarini) sozlash.
- xotirada joylashgan ob`ektni shu oynaga qo’yish.
- xotirada joylashgan ob`ektgacha yorliqni shu oynaga qo’yish.
- oxirgi harakatni bekor qilish.
- shu oynada yangi papka, yorliq yoki har xil yangi faylni
yaratish.
- tanlangan disk, papka, fayl yoki yorliqning xususiyatlarini ko’rish.