double x = 1;
for (; ;) {
if (x > 100.000001)
break;
cout< x += 0.01;
}
break operatorining ishlatishga misollardan biri berilgan sonning tub yoki tub emasligini aniqlaydigan dastur yozish.
Sonning tub ekanligini aniqlash uchun uni 2 dan gacha bo’lgan sonlarga bo’linishini tekshiramiz. Agar ulardan biriga qoldiqsiz bo’linadigan bo’lsa, u holda bu son tub emas. 103 sonining tub ekanligini aniqlash uchun 2,3,4,5,6,7,8,9 va 10 sonlariga bo’linishini tekshiramiz.
#include using namespace std;
int main() {
int n;
cin>>n;
bool is_prime = true;
for (int i = 2; i*i <= n; i++) {
if (n % i==0) {
is_prime = false;
break;
}
}
if (n==1)
is_prime = false; if (is_prime)
cout<<"Tub";
else cout<<"Tub emas";
}
Dastur kodini taxlil qilib chiqamiz. cin>>n – n sonini kiritish. is_prime o’zgaruvchisi - berilgan sonning tub ekanligining rost yoki yolg’onligini saqlovchi qiymat. Dastlab sonni tub deb tasavvur qilamiz(is_prime = true). 2 dan gacha sonlarni ko’rib chiqish uchun for (int i=2; i<=sqrt(n); i++) ko’rinishida siklni amalga oshirish lozim. i<=sqrt(n) shartning ikkala tamonini kvadratga ko’tarib, uning o’rniga i*i <= n shartni yozish mumkin.
n soni i ga qoldiqsiz bo’linishi uchun n ni i ga bo’lgandagi qoldiq qiymati nolga teng bo’lishi kerak(if (n % i==0)). Agar bunday shart bajarilsa, u holda tekshiilayotgan son tub emas degan xulosaga kelinadi, ya’ni uning 1 dan kata va o’ziga teng bo’lmagan birorta bo’luvchisi bor. Endi qolgan sonlarga bo’linishini tekshirishning zaruriyati yo’q, siklni to’xtatish mumkin. Berilgan son tub emas degan xulosaga kelamiz(is_prime = false) va siklni to’xtatamiz(break).
Agar n=1 bo’lsa n soni 2 dan boshlab hech bir songa bo’linmaydi va is_prime true qiymatini saqlab qoladi.Buni alohida tekshirish lozim: agar n birga teng bo’lsa u holda u tub emas. Agar berilgan son tub bo’lsa is_prime o’zgaruvchisi true qiymatni saqlab qoladi.