4-variant Demografiya va inson kapitali fanining rivojlanish tarixi


Demografik tendensiyalar va ularning mehnat ta’siri



Yüklə 21,06 Kb.
səhifə2/4
tarix13.01.2023
ölçüsü21,06 Kb.
#79125
1   2   3   4
Boʻronboyev Alimardon

2.Demografik tendensiyalar va ularning mehnat ta’siri.
Demografik omilning o‘zgarib borishi global muammo bo‘lib, u ko‘p jihatdan jamiyatning holati va rivojlanishini belgilaydi. Mehnat iqtisodiyoti mehnat munosabatlarining qatnashchisi bo‘lgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga alohida e’tibor beradi.
Dunyo aholisi yiliga 80 mln dan ziyod kishiga ko‘payish jarayoni davom etmoqda. Dunyo aholisi 1804 yilda bir mlrd. Kishiga etgan bo‘lsa, atigi 125 yildan so‘ngyanabirmlrd.kishigako‘paydi,uchinchimlrd.33yilda,to‘rtinchisi14yilda, beshinchisi 13 yilda qo‘shildi. Aholining rekord darajada – o‘rta hisobda 87 mln. Kishi miqdorida yillik ko‘payishi 1980 yillarda kuzatildi. Dunyo aholisi soni 1950- 2010yillardaoshishining deyarli uchdan ikki qismini Osiyo qit’asi ta’minlamoqda. Uning ulushi oshib, 56,8 dan 61,0 %ga etdi. Aholi ko‘payishining hajmi jihatidan Afrika ikkinchi bo‘lib qoldi, uning ulushi oshib 9,0dan 13,0 %ga etdi.
2010yilgakelib,sayyoraaholisiningsoni6,5mlrd.kishidanoshdivako‘payish sur’ati bir muncha qisqarayotganiga qaramay, uning o‘sish jarayoni davom etmoqda va 2050 yilga borib, chamasi 10,2 mlrd. Kishiga etishi mo‘ljallanmoqda.
Dunyo olimlarining tahliliga ko‘ra, havo va suv bulg‘anishi, yashash sifati pasayishi, elatlar aro va millatlar aro nizolar, cheklangan tabiiy resurslar uchun kurash zo‘rayishi kabi jiddiy muammolar aholining ko‘payib borayotganligi bilan bog‘liq. Aholining ko‘payish jarayoni rivojlangan mamlakatlar bilan sust taraqqiy etayotgan mamlakatlar va ular o‘rtasida ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tafovutlar saqlanib kelayotganligi ayrim muammolarni keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda.
Aholining keksayishi Fransiyada XVIII asrning oxirlarida boshlanib, keyinchalikasta-sekinbarcharivojlanganmamlakatlargatarqalgan.Lekinavvallari hech qachon yoshi o‘tgan kishilarning ulushi hozirgidek tez va ko’lamdor oshmagan.2000yildayoshio‘tgankishilarulushiGermaniyada15,0%,Angliyada 16,0 %, Fransiyada 15,0 %, AQSHda 13,0 %, Yaponiyada 13,0 % ni tashkil etdi.
Aholi keksayishining sababi ikki xildir. Bir tomondan, bu tug‘ilish kamayishi bo‘lib, buning oqibatida bolalar va yoshlar ulushi qisqaradi. Ikkinchi tomondan, bu umr uzunligining oshishidir.
Dunyoda aholining keksayishi bir qator ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
O‘zbekistonda bir onadan farzandlar tug’ilishidagi vaqt oralig‘ini uzaytirish, oilada farzandlarning sonini emas, balki mamlakatning kelajagini ta’minlay oladigan sog‘lom, ilmli insonlarni tarbiyalash maqsadida, sog‘lom millat genafondi shakllantirish borasida olib borilayotgan oqilona siyosatni yanada rivojlantirish lozim. Shu munosabat bilan mamlakatda olib borilayotgan Sog‘lom avlod dasturini, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amaliyligini ta’minlash, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va madaniy hayotidagi xotin-qizlar roli va maqomini, ommaviy jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, jamiyat va oilaning umumiy madaniyatini yuksaltirish kabi bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Yüklə 21,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin