4-variant Demografiya va inson kapitali fanining rivojlanish tarixi


Aholi migratsiyasi va uning demografiyaga ta’siri



Yüklə 21,06 Kb.
səhifə3/4
tarix13.01.2023
ölçüsü21,06 Kb.
#79125
1   2   3   4
Boʻronboyev Alimardon

3.Aholi migratsiyasi va uning demografiyaga ta’siri
Aholining yashash joyini o’zgartirishi bilan bog’liq ko’chishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri bo’lib, o'nta kishilarning oddiy mexanik ko’chish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ko’p tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. Aholini joylashishi, yerni xo’jalik jihatdan o’zlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo bo’lishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bog’liq. I.CH.NI joylashtirishdagi o’zgarishlar bevosita mehnat resurslarini hududiy qayta taqsimlash ehtiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.
Yo’nalishiga ko’ra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlar aro yashash joyining o’zgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar – migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud – migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud migrantlar o’rnashuvchi Region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining ko’chib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan maʼlum mamlakatga aholining ko’chib kelishi im migratsiya, unda ishtirok etganlar im migrantlar (kelgindilar) deyiladi.
Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil o’zgartirish), vaqtincha (shartnoma asosida ma’lum muddatga ishga, o’qishga va boshqa sabablar bilan mamlakatdagi bir ma’muriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoqlari – qishloq xo’jalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga ko’ra ko’chish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, o’qishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migratsiyaga turlari bo’ladi. Ma’lum vaqt davomida hududga ko’chib kelgan va ko’chib ketgan kishilar soni o’rtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Ba’zan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni o’zgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas.
Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining to’xtovsiz o’sib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan ma’lum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan to’la qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab bo’ladi.

Yüklə 21,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin