4. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Monopoliya va mukammal raqobat


-rasm. Sof monopoliyada firmaning mahsulotiga talab



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə4/6
tarix22.09.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#146944
1   2   3   4   5   6
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI MINIMALLASHTIRISH SHARTLARI VA KORXONANING ZARARSIZ ISHLASH YO’LLARINI HISOBLASH YO’LLARI

1-rasm. Sof monopoliyada firmaning mahsulotiga talab,
uning chekli va umumiy daromadi
Talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismida chekli daromad manfiy, ya`ni MR<0 bo`lgani uchun, talab chizig`ining ushbu qismida ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy daromadni kamaytiradi. Shuning uchun ham monopolist talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismidan qochishga harakat qiladi. Agar monopolistning talab chizig`i raqobatlashgan bozordagi singari gorizontal bo`lganda edi, u tovar hajmini o`zgartirishi bilan narxga ta`sir qila olmas edi. Monopollashgan bozorda taklif chizig`i ma`noga ega emas. Nima uchun deganda, ishlab chiqariladigan mahsulot (taklif) miqdori bilan narx o`rtasida proportsional bog`liqlik yo`q. Monopolistning qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi nafaqat chekli xarajatga bog`liq, balki talab chizig`ining shakliga ham bog`liq bo`ladi.
Monopol bozorda talabning o`zgarishi narxning va taklifning raqobatlashgan bozordagiday proportsional o`zgarishiga olib kelmaydi. Monopolist, talab o`zgarganda mahsulot hajmini o`zgartirmasdan narxni o`zgartirishi yoki narxni o`zgartirmasdan mahsulot hajmini yoki bir vaqtning o`zida narxni hamda mahsulot miqdorini o`zgartirish mumkin.
Monopolistning maqsadi maksimal foyda olish bo`lsa, u Tovar narxini xohlagancha oshira olmaydi. Narx oshishi bilan mahsulotga talab kamayib boradi, narx oshishi ma`lum darajaga etganda umumiy daromad umumiy xarajatni qoplamaydi. Monopolist qanday narx strategiyasini tutishini bilish uchun daromadning narxga ko`ra talab elastikligi bilan qanday bog`liqligini eslash zarur bo`ladi. Talab chizig`ining elastic bo`lgan qismida (Ep>1) narxning pasayishi umumiy daromadni o`sishiga olib keladi (MR>0), elastiklik birga teng bo`lganda (Ep=1)umumiy daromad maksimumga erishadi (MR=0), elastik bo`lmagan qismida narxning pasayishi umumiy daromadni pasayishiga olib keladi (MR<0).
Shu sababli monopolist talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismida harakat qilmaydi. Monopolist ham raqobatlashgan bozordagi firma kabi chekli harakat bilan chekli daromadni tengligini ta`minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsagina maksimal foyda olishi mumkin (14.2-rasm).


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin