2- rasm. MC =MR bo`lganda foydani maksimallashtirish grafigi Rasmda monopolistning o`rtacha daromad chizig`i bipor talabi chizig`ini beradi. Mahsulot narxi shu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq funktsiya. Grafikdan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi * Q ga teng bo`lganda chekli xarajat chekli daromadga teng bo`ladi. Talab chizig`idan foydalanib mahsulot hajmi * Q ga mos bo`lgan bir birlik mahsulotning monopol narxi * P ni aniqlaymiz. Ushbu * Q ga teng bo`lgan mahsulot hajmida foyda maksimal bo`lishini ko`rsatamiz. Ma`lumki, raqobatlashgan bozorda muvozanatlik E nuqtada erishiladi. Grafikda E nuqta muvozanat nuqta va unga mos keladigan ishlab chiqarish hajmi Qe va narx Pe.
Monopol sharoitda narx bеlgilash va monopol hokimiyat ko`rsatkichlari Biz ko`rdikki, monopol bozorda narx chekli daromaddan yuqori bo`ladi (P>MR). Chekli daromad MR ni quyidagicha o`zgartirib yozamiz:
bu qo`shimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarish natijasida olingan qo`shimcha daromad bo`lib, u ikki xususiyatga ega. (1) - tenglikni quyidagicha yozish mumkin:
1) Bir birlik qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarib (Q=1), uni P narxda sotganimizda P(1) =P narxga teng bo`lgan daromad olamiz (Q=0);
2) Monopol firma mahsulotiga bo`lgan talab chizig`i pastga yotiq bo`lgani uchun qo`shimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarib, uni sotilishi, narxni kichik miqdorga kamaytiradi.
Endi chekli daromad bilan talab chizig`i yotiqligi o`rtasidagi bog`liqlikni chekli daromad bilan narxga ko`ra talab elastikligi koeffitsienti o`rtasidagi bog`liqlikka aylantiramiz. Ma`lumki, talabning narxga ko`ra elastiklik koeffitsienti
(4) - tenglama chekli daromadni har qanday ishlab chiqarish hajmida tovar narxidan va talabning narxga ko`ra elastikligidan bog`liq ekanligini ko`rsatadi. Ikkinchidan, MR
Ushbu formula monopol narx belgilashda «Bosh barmoq» qoidasi nomi bilan yuritiladi (esdan chiqarmaslik kerak E<0 , demak (5)- ifodaning o`ng tomoni har doim musbat).
Raqobatlashgan bozorda P=MC bo`lganini ko`rgan edik. Monopolist narxni chekli xarajatdan yuqori belgilaydi (P>MC) va bu farq miqdor bo`yicha talab elastikligiga teskari proportsional bo`ladi (5). (5)-tenglamadan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar talabning narx bo`yicha elastikligi qancha yuqori bo`lsa, mahsulot narxi shuncha chekli xarajatga (MC ga) yaqinlashadi. Narx qanchalik chekli xarajatga yaqin bo`lsa, monopol bozor raqobatlashgan bozorga shunchalik yaqin bo`ladi. Demak, talab yuqori darajada elastik bo`lsa, monopolist oladigan
qo`shimcha foyda shuncha kichik bo`ladi.
Raqobatlashgan bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta’sir qilaolmaydi, narxni bozorning o‘zi talab va taklifga ko‘ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko‘ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo‘lib, bu erda bitta sotuvchi va ko‘plab xaridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo‘q.
Sof monopoliya mahsulot o‘rnini bosadigan boshqa mahsulot bo‘lmagan hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi. Sof monopoliya ko‘proq mahalliy bozorlarga xos bo‘ladi. Masalan, tumandagi yagona kitob magazini, yagona telefon stansiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo‘lmasa mahalliy kommunal xo‘jaligi xizmati. Yuqorida keltirilgan sub’ektlar bozor sharoitida narxga ta’sir qilish uchun real hokimiyatga ega.
Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta’sir qiluvchi yana bir omil bu - tarmoqqa kirish to‘siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni sotishdan tushadigan iqtisodiy foyda yuqori bo‘lsa, bu raqobatlashgan bozor sharoitida boshqa firmalarni ham shu bozorga kirib kelishi uchun signal bo‘lar edi. Agar monopol firma iqtisodiy foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga undaydi. Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi bo‘lgan firmalar uchun maxsus to‘siqlar bo‘lishini taqazo qiladi. Tarmoqga kirish to‘siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini to‘xtatuvchi cheklanishlar.
Tarmoqga kirish to‘siqlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy hokimiyatlarda aholiga transport xizmati ko‘rsatish, pochta xizmati ko‘rsatish, kommunal xizmati ko‘rsatish va aloqa xizmati ko‘rsatish bo‘yicha monopol huquqlar berib, rasmiy to‘siqlar yaratadi.
2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma’lum muddatgacha kuchga ega bo‘ladi. AЈSH da patent qonuniga ko‘ra ixtirochi o‘z ixtirosiga 17 yil egalik qiladi.
3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Amerikaning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi.
Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish uchun to‘siq bo‘lishi mumkin. Masalan, avtomobil zavodi ma’lum miqdorda avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal bo‘ladi.
Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo‘ladi, qachonki u o‘zining sotadigan tovari narxiga ta’sir qilaolsa, ya’ni o‘zgartiraolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o‘rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo‘lish uchun firmaning sof monopolist bo‘lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo‘lgan talab chiziqi raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo‘lmasdan, pastga yotiq bo‘lishi kifoyadir. Agar talab chiziqi pastga yotiq bo‘lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini o‘zgartirishi mumkin.
Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo‘ladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko‘ra kam bo‘ladi, tovar narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo‘ladi (monopol narx chekli xarajatdan yuqori).
Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini ko‘paytiradi, aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nima uchun deganda, ushbu tovarni sotib oluvchilar ko‘proq pul sarflaydi, shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi. SHuning uchun ham monopoliyaga qarshi qonun, bozorlarni monopoliyaga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Xulosa Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo’ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:
sotuvchi va xaridorlar bozorda maҳsulot narxi qanday bo’lsa, shunday qabul qiladilar va ular
narxga ta’sir qila olmaydilar;
bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan;
sotuvchilar birgalikda ҳarakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi;
bozor sub’ektlari bozor to’ғrisida to’liq axborot olish imkoniyatiga ega.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor ҳisoblanadi yoki sof raqobatlashgan ҳamda raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda ҳarakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firmato’g’risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda ҳarakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz.
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ҳam xaridor ҳam ta’sir qila olmaydi:
P = const . (1)
Raqobatlashgan bozorda ҳar bir aloҳida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo’lgani uchun ҳam u tovar narxini o’zgartiraolmaydi. Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ҳam xaridorlar ҳam ko’p. Raqobatlashgan bozorni taҳlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi ҳar xil bo’ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko’ra yuqori bo’ladi).
Monopolistik raqobatdosh bozorlarning samarador emasligi manbaidan biri -chekli harajatlarning oshishi bo`lib, bu shunga olib keladiki, agar ishlab chiqarish harajatlaridan tovarnini ustun qo`yadigan iste’molchilar(lekin narxdan past) ularni sotib olishdan o`zlarini tiyadilar.Shunday qilib. Monopolistik raqobatdosh bozorlar Monopolistic narx belgilashning tipik qaytarilmas yo`qotishlari bilan xarakterlanadi.
0>