402 guruh talabasi aliqulova Guljahonning “Ona tilini o‘qitish metodikasi”



Yüklə 117,52 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü117,52 Kb.
#202690
1   2   3   4   5
KURS ISHI.GULJAHON.

Kurs ishining maqsadi. Men o‘z oldimga mavzuni atroflicha, ilmiy-nazariy tahlillarga tayangan holda yoritib berishni, jamiyatimizdagi mavzuga doir hodisalarni chuqur o‘rgangan holda ularga munosabat bildirishni maqsad qillib qo‘ydim.
Kurs ishining vazifalari.

  • Ta’lim bosqichlarida mutq madaniyati va uslublari;

  • Adabiyot darsliklarida nutq uslublarini to‘g‘ri qo‘llashning ahamiyati;

  • Yuqori sinflarda nutq uslublarining o‘qitish metodikasi;

  • Nutq uslublarining notog‘ri qo‘llanilishi va ularning xususiyatalari;

  • Nutq uslublari modulini o‘qitishda innovatsion yondashuv metodlari;

  • Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;

  • Mavzuga oid ilmiy va badiiy adabiyotlarni tahlil qilish va ularning mavzu muammolariga yechim bera olish darajasini aniqlash.

Tadqiqot usullari: Tarixiyllik, mantiqiylik, ayrimlik, xususiylik, umumiylik, obyektivlik, sintez, qiyosiy tahlil, to‘g‘ri tizimlilik, analiz va sintez.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

I BOB. TA’LIM BOSQICHLARIDA NUTQ USLUBLARINI O‘QITISH METODIKASI

1.1. Ta’lim bosqichlarida nutq madaniyati va uslublari

Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish yo‘llari, fonеtik, lug‘aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan ko‘rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.


O‘zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So‘zlashuv uslubi
Kеng qo‘llanadigan uslublardan biri so‘zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko‘pincha adabiy til mе’yorlariga rioya qilinadi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi. So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi4.
Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog‘ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo‘ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi: O‘z lavozimini suiistе’mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e’lon qilinsin. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi: O‘z lavozimini suiistе’mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e’lon qilinsin5.
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ‘ibot ishlarni olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo‘l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta’sir ham ko‘rsatadi: O‘lkamizda fasllar kеlinchagi bo‘lmish bahor o‘z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi.
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik fani doirasida qo‘llaniladi.
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so‘zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so‘zlar uslubiy bеtaraf so‘zlar hisoblanadi: suv, tog‘, bola, xat.
Me’yor tushunchasi haqida. Nutq mаdаniyati to‘g‘risidа gаp bоrаr ekаn, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli vа o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri yoki nоto‘g‘ri dеyilgаndа, аlbаttа, mа’lum bir o‘lchоv (mеzоn) gа аsоslаnishimiz tаyin. Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn) tilshunоslikdа аdаbiy til mе’yori dеb yuritilаdi6.
Mа’lum bir hududdа tаrqаlgаn uzus imkоniyatlаri o‘shа hududdа yashоvchi аhоli uchun istisnоsiz tushunаrli bo‘lаdi, ya’ni аlоqаni yеngil аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu - tilning o‘zi mе’yordаn ibоrаtligini ko‘rsаtаdi. Mе’yor - tilning yashаsh shаklidir. Аdаbiy mе’yor аdаbiy til bilаn birgа tug‘ilаdi, bаdiiy аdаbiyotning, хаlq mаdаniyatining tаrаqqiyoti bilаn rivоjlаnib, o‘z qоnun -qоidаlаrini mustаhkаmlаb bоrаdi.
Аdаbiy mе’yor uzusdаn оlingаnligi sаbаbli hаmmа uchun tushunаrli bo‘lаdi. Shuning uchun jаmiyat tаrаqqiyotidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Jаmiyat а’zоlаrini uyushtirishdа, kаttа vаzifаlаrgа оtlаntirishdа аdаbiy til, uning mе’yorlаri jаmiyat uchun nihоyatdа zаrurdir7.


1.2. Adabiyot darsliklarida nutq uslublarini to‘g‘ri qo‘llashning ahamiyati

Adabiyot darslari o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirishda beqiyos katta imkoniyatlarga ega. Bu yerda adabiy o‘qish, ifodali o‘qish, matnni izohlash, yod olish, qayta hikoyalash, matnning rejasini tuzish, asarning ajratib olingan alohida bir qismi, nomlanmagan asarlar (xususan, klassik adabiyotimizdagi lirik asarlar)ga sarlavha topish, asar muallifi yoki qahramonlarga maktublar yozish, adabiy asar yoki adabiy-tanqidiy maqolalarga taqriz yozish singari bir-biriga o‘xshamaydigan ish turlari mavjud.Shu jihatdan nutqni biz quyidagicha turlarga bo‘lib o‘rganishimiz zarurdir.


1. Og‘zaki nutq odatdagi tovushli so‘zlashuv nutqi bo‘lib, bu nutq ko‘proq ohang va turli imo-ishoralar bilan ifodalanadi.
2.Yozma nutq harf va so‘zlarning ma’lum qonuniyat asosida o‘zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlari: abzaslar,paragraflar orqali voqelanadi.
3. Ichki nutq odamning o‘z ichida gapiradigan passiv nutqi bo‘lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi.
4. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan faol nutqdir. Inson nutq yordamida o‘zining fikrlari, his-tuyg‘ulari, istaklarini bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, istaklarini anglab yetadi.
Nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq odatdagi so‘zlashuv nutqi bo‘lib, bu nutq ko‘proq ohang va turli imo-ishoralarga aloqadordir. Unda murakkab grammatik qurilmalar, qo‘shma gaplar deyarli qo‘llanmaydi. Avvalo shuni qayd qilish lozimki, maktabda o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari o‘quvchi nutqi ustida ishlashga qaratilgan bo‘ladi. Ona tili fani esa bular orasida eng asosiy va muhim sanaladi. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri maktabda barcha fan o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqini muntazam kuzatib borishlaridan iboratdir. Tabiiyki,bu ish boshlang‘ich sinfdan boshlanadi va bunda o‘zbek tili va adabiyot o‘qituvchilari muhim rol o‘ynaydi. Turli muhit bolalarining ruhiyatiga, nutqiga kuchli ta’sir etadi. Ayrim oilada ota - onalar, bolalar bog‘chalarida tarbiyachilar, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchilar bolalar nutqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadilar -bolalar madaniy, adabiy nutq malakasini egallaydilar. Ayrim oila, bog‘cha va maktablarda bu masalaga e’tiborsizlik tufayli bola madaniy nutqni egallashdan mahrum bo‘ladi. Bu hol bolaning kamolida, madaniy yetuk kishi bo‘lib o‘sishida salbiy ta’sir etadi, albatta. Shuning uchun boladagi nutq ko‘nikmalarini kamol topdirishga uning yoshligidan boshlab katta e’tibor berish kerak.
Adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarga badiiy asar o‘qitish bilan ularning adabiy nutqini o‘stirib boradi. Adabiyot darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘qituvchi darsda o‘quvchilarda badiiy asarni o‘qish, yod olish, ifodali so‘zlash malakalarini o‘stirish orqali ularning grammatik qoidalarni, so‘z san’atining qonuniyatlarini egallab olishlariga erishadi, adabiy nutqlarini rivoj topdiradi. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini taraqqiy ettirish adabiyot o‘qitishning sifatiga bog‘liq. Shu bilan birga, nutq madaniyatini rivojlantirish darsda leksik mashqlar, qayta hikoyalash, bayon, insho kabi mashg‘ulotlarni uyushtirib turishni ham taqazo etadi. Adabiyot darslarida nutqni o‘stirish bo‘yicha uyushtiriladigan maxsus mashqlar butun adabiyot kursi jarayonida o‘tkazib boriladi. O‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq malakasini hosil qilishda faqat reja tuzish, mazmunni qisqacha yozib olish, bayon, insho yozish bilan shug‘ullanmay, ularning asarni o‘qishi va hayotiy tajribalariga ham e’tibor beriladi. O‘quvchilarning nutqini o‘stirish, bu uzoq davom etadigan jarayondir8.
Nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlarni izchil, doimiy ravishda o‘tkazib borilmasa, ta’limning yaxshi, sifatli bo‘lishiga, o‘quvchilarning madaniy nutqni egallashlariga erishib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, darsda nutq o‘stirishni takomillashtirib borish, boshlang‘ich sinflar ishini o‘rta sinflar ishi bilan, o‘rta sinflar ishini yuqori sinflarda amalga oshiriladigan ishlar bilan bog‘lagan holda davom ettirish o‘qituvchi zimmasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Nutq madaniyatini o‘stirish faqat uzoq muddatli jarayon bo‘lib qolmay, ijodiy jarayon hamdir. Bu jarayon esa, insho va og‘zaki hikoyalashga mustaqil ijodiy yondashishni talab etadi. Binobarin, o‘quvchilarda so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga qiziqish uyg‘otish yozma va og‘zaki nutq so‘zlash, savollarga javob qaytarish, bayon va insho yozish, bu sohada olgan bilimlarini, orttirgan malakalarini mustahkamlab, rivojlantirib borish, o‘z ustida mustaqil ishlash qobiliyatini o‘stirib borishni taqazo qiladi. Og‘zaki nutqni o‘rgatish negizida quyidagi tamoyillar yotadi:
a) axborotning lingvistik materialini ongli idrok etish va ijodiy takrorlashga tayanish;
• b) o‘quv predmeti sifatida hayot va adabiyot bilan bog‘liqligi;
• v) tinglash, gapirish, o‘qish va yozish munosabatlari;
• d) mantiqiy, semantik va talaffuz mazmunining uzluksizligi og‘zaki nutqning tana qismlari;
• e) o‘quvchilarning og‘zaki nutqini tabiiy nutq shakliga yaqinlashtirish va ularda ta’lim uchun zarur bo‘lgan haqiqiy nutq ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘qitishning vaziyatli usulini keng qo‘llash;
• e) yangilik nutq materiali, nutqning mazmuni va shakliga qiziqish uyg‘otish;
• g) grammatika bo‘yicha nutq bilimlarini rivojlantirishni rivojlantirish (nutqni rivojlantirish biroz oldinga boradi va shu bilan grammatikani o‘zlashtirishga tayyorgarlik ko‘radi);
• z) "tovush muhiti"ga nafaqat o‘qituvchi so‘zlarini, balki ovoz yozishning asosiy turlarini ham kiritish.
Bu tamoyillar o‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida o‘qituvchining yetakchi rolini nazarda tutadi, og‘zaki nutqni o‘rgatish mazmunini, uning materialini, o‘qitish usullarini belgilaydi, qobiliyatlarini hisobga oladi. Ona tili talabalar, bolalarning qiziqishi, zamonaviy foydalanish zarurligini ko‘rsatadi texnik vositalar, nutqning rivojlanishi talabalarning grammatika bo‘yicha bilim darajasi bilan kechiktirilmasligini talab qiladi. O‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish deganda ularni tinglash va gapirish sharoitida gapirishga o‘rgatish tushuniladi. Chet el nutqini quloq bilan idrok etish bir qator qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Ulardan biri nutq oqimini frazemalashdir, shuning uchun uning leksik birliklarini bilish ham izchil matndagi fikrni tushunishni kafolatlamaydi. Bundan tashqari, o‘qish paytida talabalarga ma’lum bo‘lgan og‘zaki material har doim ham tovush va vizual og‘zaki tasvirlardagi farqlar tufayli quloq tomonidan to‘g‘ri idrok etilishi mumkin emas.
Tinglash yoki u "tinglash, o‘qish bilan solishtirganda, ma’lumot olishning qiyinroq usuli" deb ataladi, bu fiziologik va psixologik tadqiqotlarda nutqni eshitish orqali qabul qilish xususiyatlarini aniqlaydi: tovushlarni - so‘zlarni - iboralarni qabul qilish. tinglashda turli vaqtlar, bir vaqtning o‘zida - o‘qishda; nutqni eshitish orqali qabul qilishda charchoq vizual va boshqalarga qaraganda ko‘proq. Nutqni idrok etishga uning aytilish tezligi, vizual yordamning mavjudligi yoki yo‘qligi ham ta’sir qiladi9.
Agar talaba so‘zlovchini ko‘rsa, uning artikulyatsiyasini kuzatsa, o‘quvchining nutq a’zolari o‘ziga o‘xshash tarzda mos keladigan ko‘rinadi, uning ichki nutqida eshitiladigan tovushlarni, so‘zlarni takrorlash osonroq bo‘ladi. Bu qiyinchiliklar tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun maxsus mashqlar tizimi orqali ham, tinglashdan tashqari, boshqalarni amalga oshirishda ham bartaraf etiladi. Nutq faoliyati turlari.
Aytaylik, o‘qiyotganda:
a) so‘z o‘zining grafik va tovushli tasvirlarida o‘zlashtirilsa va bir vaqtda frazemaga tushsa;
b) orfoepiyani yaxshi o‘zlashtirish amalga oshirilsa;
v) agar o‘qish tezligini oshirish, uni ta’limiy tinglash tezligiga yaqinlashtirish bo‘yicha doimiy ish bo‘lsa va ularning ikkalasi ham jonli sur’atga tobora ko‘proq mos kela boshlasa. Ma’lumki, tinglash qobiliyati nutq qobiliyatini yaratishning asosidir.
Tinglash (idrok) nafaqat nutqni tayyorlaydi, balki u bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Tinglash boshqa birovning nutqini tushunish demakdir. Ikkinchisi, psixologiya aytganidek, boshqa birovning nutqining ichki talaffuzisiz mumkin emas, ya’ni. gapirmasdan. Shuning uchun tinglashda o‘quvchilarni boshqa birovning nutqini chet tilida pichirlab takrorlash o‘quvchilar uchun nutq faoliyatining qiyin turi bo‘lishiga qaramay, qabul qilingan ma’lumotni shivirlashda mashq qilish foydalidir, chunki talaba yangi mavzu bilan shug‘ullanadi. tilning tovush xususiyatlari. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini hisobga olgan holda, o‘qituvchi ularni quloq orqali ma’lumotni idrok etishga tayyorlashning turli shakllarini o‘ylaydi: dastlabki, eshitishdan oldin, u yoki bu ma’lumotlarning rejasini yozadi (reja o‘qituvchi tomonidan beriladi) ): tinglash uchun rejalashtirilgan mavzu bo‘yicha talabalarning bilim doirasi haqida suhbat; tinglash paytida reja va ish materiallarini yozib olish (ekskursiyalarda, qiziqarli odamlar bilan uchrashganda); quloqqa olingan ma’lumotdan keyin javob berilishi kerak bo‘lgan savollarning yozuvi va boshqalar.
O‘quvchilar tomonidan quloq orqali qabul qilingan nutq mazmunini o‘zlashtirish darajasini mohirlik bilan tekshirish bir xil darajada muhimdir. Bu erda siz bolalarda eshitganlari haqida bajonidil gapirish istagini uyg‘otishingiz kerak. Buni jonli suhbatda, ba’zan dialogik nutq (taassurot almashish) shaklida qilish juda foydali. Ko‘pincha og‘zaki muhokama talabalarni insho yozishga tayyorlashga aylanadi. Tabiiyki, quloq orqali qabul qilingan materialni tushunish darajasini tekshirish orqali o‘qituvchining o‘zi talabalar tomonidan tushunarsiz yoki noto‘g‘ri tushunilgan narsalarni tushuntiradi.
Birovning nutqini eshitish orqali idrok etish bo‘yicha mashqlar ma’lum bir mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin: kirish darslarida va sinfda yozuvchining ishi, hayoti bilan dastlabki tanishish paytida, matnni tahlil qilish paytida takrorlash. Nutqni quloq orqali idrok etish qobiliyati, biz bilganimizdek, nutq sharoitida nutqni o‘zlashtirish qobiliyatiga asoslanadi.
Nutq nutqning ikki shaklini o‘z ichiga oladi - monolog dialogi. Uslubiy fanda o‘quvchilarga monolog nutqini o‘rgatish masalalari (qayta hikoyalar, xabarlar, ma’ruzalar va boshqalar) eng rivojlangan, rus va milliy maktab o‘quvchilarini dialogik nutqqa o‘rgatish jarayoni ancha kam yoritilgan. O‘zbek maktablari o‘quvchilarini og‘zaki nutqning har ikkala shaklida o‘qitish metodikasini ochib berishimiz kerak. O‘qituvchining ish uslublari qanchalik zo‘r bo‘lmasin, o‘quvchilarning og‘zaki nutqi, ularning barchasi (usullari) pirovardida maktab o‘quvchilarining mazmunli, mantiqiy izchil, leksik jihatdan boy va intonatsion ekspressiv nutqini rivojlantirishi kerak10.
Talabalarning og‘zaki nutqini baholash mezonlari esa nutqning mazmuni va izchilligini, o‘quvchilarning fonemik eshitishini, lug‘at boyligini, og‘zaki nutqining stilistik va intonatsion madaniyatini tekshirishni o‘z ichiga olishi kerak. O‘quvchilar nutqining rivojlanishi maktabning umumiy nutq uslubiga, o‘qituvchilarning o‘quvchilarni nutq faoliyatiga qanchalik faol jalb qilishiga bog‘liq11.
Og‘zaki nutq talab qiladi tezkor javob, to‘g‘ri so‘zni topish qobiliyati - uni aniqlashtirish, sinonimlarni tanlash va hk. Agar o‘quvchining faol so‘z boyligi ibtidoiy bo‘lsa, o‘z fikrini ifodalash uchun so‘z yetarli bo‘lmaydi. Uni yuqori sinflarda ham, atamalar, kitob navbatlari hisobiga ham kengaytirish kerak. Bu nafaqat so‘zlarni topish, balki ularni bog‘lash ham kerak. 4-7-sinflarda izchil nutqni rivojlantirishning asosiy shakli qayta hikoya qilishdir. Nutq har doim tinglovchiga qaratilgan. Ma’ruzachi tinglovchining reaktsiyasini oldindan bilishi va tezda javob berishi kerak. Og‘zaki taqdimotning o‘ziga xos syujeti, fikrning rivojlanishi, avj nuqtasi va xulosasi bo‘lishi kerak.


II BOB. NUTQ USLUBLARINI O‘QITISH METODIKASINI SHAKLLANTIRISH

2.1. Yuqori sinflarda nutq uslublarini o‘qitish metodikasi

Yaqin vaqtlargacha an’anaviy ta’limga tayanib o‘qitilib kelingan. Hozirda an’anaviy ta’limdan voz kechmagan holda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o‘tish yangilik bo‘lmay qolgan.


Fan, texnika va innovatsion texnologiyalarni rivojlanishi natijasida, o‘quv-tarbiya jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogic va axborot texnologiyalaridan) foydalanib,yani innovatsion yondashuv asosida ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Innovatsiya inglizcha so‘z bo‘lib, yangilash, nimanidir o‘zgartirish demakdir.
Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakillanib boradi. Kishilarning til yordamida o‘zaro so‘zlashuvi nutq deb ataladi. Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra , nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi.
Og‘zaki nutq yozma nutqdan quyidagilar bilan farq qiladi: og‘zaki nutq, tovush nutq. Yozma nutq esa, grafik nutqdir. Til esa shu vositalar yordamida vujudga keladi.
Kishilar nutq yordamida muayyan vaqtda nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmay, balki asrlar davomida insoniyat to‘plagan bilimlarni, urf -odatlarni, qadriyatlarni avloddan - avlodga etkazib beradilar. Insonlar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Albatta inson o‘z fikrini bayon qilishidan avval, nima haqida so‘zlashni o‘ylab oladi.
Fikrlash inson nutqi va tafakkuri o‘sishida muhim vositadir. Tafakkur va nutq, bir - biri bilan uzviy bog‘liqdir. Og‘zaki nutq ham, yozma nutq ham, kishilarning o‘zaro muloqot yuritishlari uchun xizmat qiladi. Og‘zaki nutq monologik va diologik nutq bo‘lishi mumkun. Monologik nutq, nomining o‘zi aytib turganidek, bitta odamning nutqidir.
Diologik ikki yoki undan ortiq kishining suhbatidir. Nutqning xar ikkala turi ham, aktiv nutq tushunchasiga kiradi.
Nutq o‘qilmaydi, balki tinglanadi. Shu bois sof muloqot qilish uchun, adabiy til normalariga qat’iy rioya qilish lozim.
So‘zlovchining nutq texnikasi qancha yuqori bo‘lsa, tinglovchi uchun bu suxbat zerikarli bo‘lmaydi. Notiq va tinglovchi o‘rtasidagi umumiy ruhiy holat, ya’ni ularning bir - birlarini tushunishi, muhim ahamiyatga ega.
Nutq texnikasi deganda, notiqning turli usullarda, adabiy til normalariga asoslanib aytiladigan nutqi tushuniladi. Bu esa tabiiy-ki, notiqning nutq madaniyatihamdir. Muloqot nutq madaniyati deyilganida esa, quyidagilar nazarda tutiladi:
1. So‘zlash san’ati.
2. Tinglash qobiliyati.
3. Suhbatdoshni to‘gri tusnunish ( obyektiv baholash).
4. Har qanday odam bilan munosabat o‘rnata olish.
Notiq ma’ruza qilar ekan, ma’ruzasi ta’sirchanligi qay darajada kechayotganini ham nazoratga olib turishi lozim. Aks holda uni tinglayotgan auditoriya zerikib qolisni mumkun. Bunday holat yuzaga kelsa, so‘zlovchi o‘z nutqini mohirona o‘zgartirib, tinglovchi diqqatini faollashtirish uchun, tinglovchini xam suxbatga tortish va turli savol - javoblar uyushtirish yahshi natija beradi.
Nutqda kommunikatsiya vositalari, iboralardan, gap tuzish qoidalaridan, so‘zlardan, intonatsiya (ohang), mimika, qo‘l harakati, pauzadan to‘g‘ri foydalanilsa, nutq ta’sirchanligi ortadi.
Notiq ma’ruza qilar ekan, nutqning tarkibiy qismlariga ahamiyat qaratishi shart. Nutq o‘z navbatida quyidagi tartibga bo‘linadi :
1. Nutqning kirish qismi.
2. Asosiy qism.
3. Xulosa.
Nutqning kirish qismida - ma’ruza yoki suxbat mavzusiga qiziqish uyg‘otiladi.Auditoriya bilan muloqot o‘rnatilib, tinglovchilarni nutqni tinglashga tayyorlaydi.
Asosiy qismda - ko‘tarilgan fikrlarga asoslanib, fikrlar izchillik bilan bayon etiladi. Ularning to‘g‘ri ekanligi isbotlanib, tinglovcnilar tegishli xulosa chiqarishlariga turtki beradi.
Xulosa qismida esa, aytilgan fiklar umulashtirilib, gaplarni axamiyati ta’kidlanib ko‘rsatiladi. Nutq texnikasi har bir notiqning ma’ruzasi darajasiga qarab belgilanadi. Yani notiqning nutqi samarador bo‘lishi uchun, quyilagi jixatlarga e’tibor qaratisni kerak.
1. Nutqning auditoriyaga mos kelisniga,( tinglovchilarning yoshi, kasbi, ma’lumoti, qiziqish doirasi, diniy e’tiqodi v. h.k.)
2. Nutqning konkret bo‘lisniga,( chunki tinglovchining xotirasida eshitgan nutqining kam qismi saqlanib qoladi, ammo konkret takliflar, aniq gaplar xotirada qoladi)
3. Nutqning ta’sirchan bo‘lishiga ( hech kimga ta’sir qilmagan nutq, havoga aytilgan bilan barobar. Chunki u o‘z vazifasini bajarmaydi. Nutq yakunida tinglovcyida qandaydir his bilan ruhlanish, ma’lum tuyg‘u uygonish notiqning nutq texnikasi yuqorilagadan dalolat beradi).
Notiqning nutq texnikasi yuqori darajadaligini ko‘rsatuvch yana bir jihat, mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarni bahs - munozaraga chorlashi va ularni faol bo‘lishga unday olishligidadir12.
Bahs - bu aqllar kurashi. Bahs deganda, biron - bir fikrni isbotlash (asoslash) jarayoni tushuniladi va uning davomida xar bir tomon muhokama etilayotgan masala bo‘yicha o‘z nuqtai - nazarini himoya qilishga va raqibning fikrlarini inkor etishga harakat qiladi. Albatta xar qanday bahs raqibga nisbatan odob -ahloq, hurmat doirasida bo‘lishini, shu bilan birga: " G‘alabaga erishishda xar qanday ish ma’qul"- degan fikrga ega bo‘ganlarga, bu yo‘l noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatish notiqning vazifasi xisoblanadi.
Notiq o‘z ma’ruzasida bir hillikdan qochishi, yani ovoz ohangi « monoton » (bir hil) bo‘lmasligi lozim. So‘zlovch ma’ruza qilish vaqtida tinglovchilarning birhillikdan zerikish holati kuzatilsa, so‘zlovchi ma’ruza o‘qish uslubini o‘zgartirishi va nutqini innavatsion uslublarga tayangan xolda davom ettirishi lozim.
Shuning uchun xam ta’lim muassasalarining o‘quv- tarbiya jarayonida zamonaviy o‘qinish uslublari, ya’ni interfaol uslublarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Texnologiyaning tavsifi.
Ushbu texnologiya orqali o‘quvchilar dars jarayonida bir so‘zdan bir necha so‘z yasashni va shu so‘zlar ishtirokida kichik hikoya tuzishi hamda gapirib berishni o‘rganishlari ko‘zda tutiladi.
Texnologiyaning maqsadi.
O‘quvchida so‘z topqirligini rivojlantirish, topgan so‘zlarini bir biriga bog‘lab hiroya tuzishni o‘rganishini rivojlantirish, so‘zlab berish asnosida nutq texnikasini rivojlantirishga e’tibor qaratish13.
*Doskaga ixtiyoriy bir so‘z yoziladi ( imkon qadar uzunroq so‘z tanlanadi).
*Tanlangan so‘zning har bir harfi yordamida, boshqa bir yangi so‘z hosil qilinadi.
* Bir harf takroran ishlatilishi xam mumkun.
* Bir so‘zdan bir necha o‘nlab so‘z hosil qilinishi mumkun va shu so‘zlar yordamida kichik hikoya tuziladi.
Bu texnologiya xam o‘zining qiziqarli topilmalari bilan o‘quvchilarni juda faolligini oshiradi. Tasavvurini boyitadi,nutqini rivojlantiradi.
Rasm chizish orqali o‘quvchining tasavvur dunyosini rivojlantirish va chizilgan rasmni ta’riflashi orqali nutqni rivojlantirish.

2.2. Nutq uslublarining notog‘ri qo‘llanilishi va ularning xususiyatlari

Mustаqillik yillari tom mа’nоdа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi ijtimоiy-iqtisоdiy vа mаdаniy tаrаqqiyoti istiqbоlini bеlgilаsh, jаhоn hаmjаmiyati mаmlаkаtlаri sаfidаn munоsib o‘rin egаllаshgа intilish yo‘lidаgi kеng ko‘kmli islоhоtlаrni аmаlgа оshirish bikn kеchmоqdа. Jаhоnning rivоjlаngаn mаmlаkаtlаri tаjribаlаrini o‘rnish, mаhаlliy shаrt-shаrоit, iqtisоdiy vа resurslarni inоbаtgа оlgan hоldа jаmiyat hаyotining bаrchа sоhаlаridа tub islоhоtlаrning аmаlgа оshirilаyotgаnligi yangidаn-yangi yutuqlarga erishishni tа’minlаmоqdа.


Turli sohalarda yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda.
Inson husni chiroyli bo‘lishi go‘zallikni to‘liq ta’minlab bera olmaydi. Chiroyli talaffuz, nutqning ravonligi ham ko‘rk aslida. Lekin mana shu ko‘rkka ziyon yetkazuvchi va zararlovchi omil bu - nutq buzilishidir. Dunyo miqyosidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra nutq nuqsonlarining soni ko‘payib bormoqda, shuning uchun bolalar va o‘smirlarda nutq kamchiliklarini oldini olish dolzarb muammo bo‘lib qolgan. Bizning mamlakatimizda nutq kamchiliklariga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy va pedagogik ishga katta e’tibor qaratilmoqda. Nutq kamchiliklarini erta aniqlash, korreksion ta’lim va tarbiyani tashkil qilish va ta’lim-tarbiyaning uslublari masalasini hal qilish bo‘yicha ma’lum miqdorda yutuqiarga erishilgan. Ko‘p hollarda maxsus ta’sir etish yo‘llari orqali bolalardagi turli xil nutq patologiyalarini oldini olishga erishilmoqda. Bolalardagi nutq kamchiliklarini o ‘z vaqtida oldini olish nerv- psixik kasalliklami oldini olish bilan uzviy bog‘liqdir. Bu davolash, pedagogik va ijtimoiy ta’sirlami o‘z ichiga olgan kompleks tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Nutqning normal shakllanishi uchun miya yarim korteksining ma’lum bir yetuklikka erishishi, artikulyar apparatning shakllanishi va eshitishning saqlanib qolishi kerak. Yana bir ajralmas shart - bu bolaning hayotining birinchi kunlaridan boshlab to‘liq huquqli nutq muhiti. 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan nutqni rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan .
Nutq buzilishi bo‘lgan bolalar - bu normal eshitish va buzilmagan aql bilan nutq rivojlanishida og‘ish bo‘lgan bolalar. Nutq buzilishlari xilma-xil bo‘lib, ular talaffuzning buzilishi, nutqning grammatik tuzilishi, lug‘atning kambag‘alligi, shuningdek, nutq tezligi va ravonligining buzilishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Og‘irlik darajasiga ko‘ra, nutq buzilishlarini davlat maktabida o‘qishga to‘sqinlik qilmaydiganlarga va maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan og‘ir kasalliklarga bo‘lish mumkin. "Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, aslida boMmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-irodaviy sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi salbiy faziiatiar (tortinchoqlik, qat’iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nom ukam m allik tuyg‘usi)ning rivojlanishi uchun yo‘l ochib berishi mumkin". Bularning barch
Biroq, ommaviy bolalar muassasalarida nutqi buzilgan bolalar ham alohida yordamga muhtoj. Ko‘pgina "umumiy ta’lim" bolalar bog‘chalarida nutq terapiyasi guruhlari mavjud bo‘lib, ularda bolalarga nutq terapevti va maxsus ta’limga ega o‘qituvchilar yordam beradi. Nutqni tuzatishdan tashqari, bolalar xotira, diqqat, fikrlash, umumiy va nozik motorli ko‘nikmalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadilar, savodxonlik va matematikani o‘rgatadilar. Umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya markazlarida maktab yoshidagi bolalarga yordam ko‘rsatilmoqda. Nutq markazlariga talaffuzida nuqsoni bor, nutqi rivojlanmaganligi sababli yozishda nuqsoni bor, duduqlangan bolalar yuboriladi. Maktabdagi nutq terapiyasi mashg‘ulotlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan oilaning to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini mustahkamlashga qanchalik hissa qo‘shishiga bog‘liq.
"Og‘ir nutq buzilishlarida bolalarni ommaviy bolalar muassasalarida o‘qitish mumkin emas, shuning uchun og‘ir nutq buzilishi bo‘lgan bolalar uchun maxsus bolalar bog‘chalari va maktablar mavjud. Og‘ir nutq buzilishining asosiy belgisi - bu oddiy eshitish va buzilmagan aql bilan og‘zaki aloqa vositalarining aniq cheklanishi. Bunday kasalliklardan aziyat chekadigan bolalarda nutq zaxirasi kam, ba’zilari esa umuman gapirmaydi. Bu holatda boshqalar bilan muloqot juda cheklangan. Ushbu bolalarning aksariyati ularga aytilgan nutqni tushunishga qodir bo‘lishiga qaramay, ularning o‘zlari boshqalar bilan og‘zaki muloqot qilish imkoniyatidan mahrum. Bu bolalarning jamoadagi qiyin pozitsiyasiga olib keladi: ular tengdoshlari bilan o‘yinlarda, ijtimoiy faoliyatda ishtirok etish imkoniyatidan to‘liq yoki qisman mahrum"[2, 45]. Bunday sharoitlarda muloqotning rivojlanayotgan ta’siri minimaldir. Shu sababli, aqliy rivojlanish uchun yetarli imkoniyatlarga qaramay, bunday bolalar ikkilamchi aqliy zaiflikni boshdan kechirishadi, bu ba’zida ularni noto‘g‘ri intellektual jihatdan past deb hisoblashga asos beradi. Bu taassurot savodxonlikni o‘zlashtirishda, arifmetik masalalarni tushunishda kechikish bilan kuchayadi.
Og‘ir nutq buzilishlari uchun xarakterli xususiyat uning umumiy rivojlanmaganligi bo‘lib, u nutqning tovush va leksik, grammatik jihatlarining pastligida namoyon bo‘ladi. Natijada og‘ir nutq buzilishi bo‘lgan bolalarning aksariyatida fikrlash, nutqni umumlashtirish, o‘qish va yozishda qiyinchiliklar mavjud. Bularning barchasi aqliy rivojlanishning birlamchi saqlanishiga qaramay, fan asoslarini o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.
Muloqotga urinishda o‘zining pastligi va kuchsizligini anglash ko‘pincha xarakterdagi o‘zgarishlarga olib keladi: izolyatsiya, negativizm, zo‘ravon hissiy buzilishlar. Ba’zi hollarda apatiya, befarqlik, letargiya, e’tiborning beqarorligi mavjud. Bunday reaktsiyalarning zo‘ravonligi bolaning joylashgan sharoitlariga bog‘liq. Agar uning nuqsoniga e’tibor qaratilmasa, nutqining noto‘g‘riligi beozor so‘zlar bilan ta’kidlanmasa, ular uni tushunishga va jamiyatdagi qiyin vaziyatni engillashtirishga har tomonlama harakat qiladilar, bolaning shaxsiyatida reaktiv qatlamlar kamroq bo‘ladi. Odatda, to‘g‘ri pedagogik yondashuv bilan bolalar og‘zaki va yozma nutqni o‘zlashtiradilar, maktab bilimlarining zarur miqdorini o‘rganadilar. Nutqning rivojlanishi bilan birga, qoida tariqasida, psixikadagi ikkilamchi o‘zgarishlar ham yo‘qoladi14.
Nutq buzilishlari orasida eng ko‘p tarqalgan kamchilik bu - dislaliyadir.Dislaliya grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis-buzilish,laliya-nutq degan ma’nolarni anglatadi.Bu kasallik yengil formadagi nutq buzilishi hisoblanib, uni vaqtida to‘g‘ri tashxislash va davolash orqali bartaraf etish mumkin.Har qanday bola dislaliyadan aziyat chekishi mumkin,ammo tilni rivojlantirish va o‘zlashtirishga ta’sir qiluvchi xavf omillari mavjud.
Dislaliya quyidagi alomatlarga ega bolalarda uchrash ehtimoli ko‘proq:
* o‘qishda nuqsonlari yoki alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalar;
* haddan tashqari stimulatsiya yoki demotivatsiyaga uchragan bolalar;
* iqtisodiy resurslarga ega bo‘lmagan,oila qaramog‘isiz yoki ziddiyatli muhitli oilada o‘ sgan bolalar;
* agressiv bolalar yoki g‘azabni nazorat qilish muammolari bo‘lgan bolalar. Dislaliya kelib chiqishi va namoyon bo‘lishiga ko‘ra bir qancha turlari mavjud. Shulardan biri fiziologik dislaliya bo‘lib, dislaliyaning eng ko‘p tarqalgan turlaridan biridir.Bu nutq apparati organlarining yetuk emasligi bilan tavsiflanadi..Agar bola 4 yoshga to‘lgunga qadar bu bosqichdan o‘tmasa,shubhasiz,yanada jiddiy patalogiya kelib chiqishi mumkin.Fiziologik yoki evalutsion dislaliya vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi,lekin o‘z-o‘zidan emas.
Hamma dislaliyalar nutq apparatidagi muammolarning natijasi emas.Audiogenik dislaliya odamning eshitish tizimida muammolarga duch kelganida paydo boladi.Bu esa og'zaki lingvistik kodni egallashga salbiy ta’sir korsatadi.Bolada eshitish idrokida muammolar paydo bo‘lganda,u talaffuzida muammolarga duch keladi.

2.3. Nutq uslublari modulini o‘qitishda innovatsion yondashuv metodlari

Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, belgilansin, o‘tkazilsin, tayinlansin kabi so‘z va so‘z birikmalari ko‘plab uchraydi.


Rasmiy- idoraviy uslubning boshqa uslublardan asosiy farqlaridan biri lug‘aviy va grammatik xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Ushbu uslub leksikasi, asosan, kitobiy va xolis so‘zlardan iborat bo‘lishi bilan birga shu uslub bo‘yog‘iga ega bo‘lgan yuqorida ko‘rsatilgan, quydagi imzo chekuvchilar yo‘llanadi, qabul qilib oluvchi mazkur kabi so‘z va turg‘un birikmalarini ham o‘z ichiga oladi. Rasmiy - idoraviy uslubi leksikasining yana bir xususiyati unda proffisional yuridik, diplomatik, ma’muriy terminologiyaning mavjudligidir. Akt, guvohnoma, qaror, hal qiluv qarori, qidirish, elchixona muxtor elchi, ishonchli vakil, shartnoma, bayonot. Mazkur uslubdagi ko‘plab ma’muriy va adliya sohalarida qo‘llanilgani uchun u ko‘p janrli uslub sanaladi. Rasmiy-idoraviy uslubda eskirgan so‘z va iboralar o‘rni bilan ishlatilishi mumkin15.
Ushbu uslubning yozma va og‘zaki ko‘rinishlari mavjud bo‘lsa ham, qat’iy qonun-qoidalarga amal qiladi, binobarin, o‘zining til me’yorlariga rioya qiladi. Shulardan biri aniqlikdir. Bu uslubning boshqa uslublardan ahamiyatli jihatlaridan yana biri rasmiy matnlarda noaniqliklarga, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Fikr va mazmun soda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi lozim: Men, Salimov Karim Olimovich, 1980-yil 15-sentyabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim.
Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi: K.S.Hotamov Toshkentda 2 oylik malaka oshirish kursida bo‘lishi davrida korxonaning bosh mutaxassislik vazifasi muhandis Mamatov Rahmonali Abduxoliq o‘g‘liga Yuklatilsin. Iqtisod bo‘limning katta mutaxassisi A.Saidbekova 2019-yil 10-maydan o‘z roziligi bilan shu bo‘limning yetakchi mutaxassisi lavozimiga O‘tkazilsin.5 Rasmiy uslub hozirgi o‘zbek tilining davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo‘ladigan ko‘rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar ta’kidlaganimizdek ana shu uslubda shakllanadi. Ushbu uslubning yozma va og‘zaki ko‘rinishlari mavjud bo‘lsa ham, qat’iy qonun-qoidalarga amal qiladi, binobarin, o‘zining til me’yorlariga rioya qiladi. Shulardan biri aniqlikdir. Bu uslubning boshqa uslublardan ahamiyatli jihatlaridan yana biri rasmiy matnlarda noaniqliklarga, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Fikr va mazmun soda, aniq va tushunarli tilda bayon qilinishi lozim:
Men, Salimov Karim Olimovich, 1980-yil 15-sentyabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam-Salimov Olim Oripovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi, onam-Rahimova Gulnora Azimovna 122 - bolalar bog‘chasida bosh tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar.
Badiiy, so‘zlashuv, publitsistik uslublarda so‘zlarni qolipga solmay, nutq sharoitiga qarab erkin foydalansa bo‘ladi. Rasmiy-idoraviy uslubda fikr-mulohaza, bayon asosan bir qolipda ifodalanadi. Masalan, 1-ilovadagi ishonchnoma shakliga e’tiborimizni qaratsak:
Men, Andijon davlat universiteti Filologiya fakultetining 1-bosqich talabasi Muhammadjonova Fayzixon Xursandbek qizi, kursimiz talabasi Abdurahmonova Sitoraxon Inomjon qiziga (AB seriyadagi 1192670 raqamli pasportga ega) universitet g‘aznasidan menga tegishli 2021-yil iyun oyi stipendiyasini olish uchun ishonch bildiraman.
(imzo) F. Muhammadjonova
2021-yil 2-iyul
F. Muhammadjonovaning imzosini tasdiqlayman.
Filologiya fakultetining dekani (imzo) U. Rahimov
(muhr)_2021-yil 2- iyul_
Yuqoridagi qolipga ko‘ra, shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo‘lda yoziladi, unda, albatta quyidagi zaruriy qismlar bo‘lishi kerak:
1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma).
2. Ishonch bildiruvchining to‘liq nomi (ismi, familyasi, otasining ismi).
3. Ishonchli shaxs (ishonchnoma berilgan shaxs)ning to‘liq nomi.
4. Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalarni aniq ko‘rsatish).
5. Topshirilgan vazifalarni amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasaning nomi.
6. Ishonch bildiruvchining imzosi.
7. Berilgan (yozilgan) vaqti.
8. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi.
9. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va muhr.
Shu tarzda ariza, ishonchnoma, bildirishnoma, tabriknoma, ma’lumotnoma, shartnoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning o‘ziga xos bayon etish qolipi mavjud.
Leksik-semantik-stilistik jihatdan olib qaraganda esa rasmiy uslubga oid matnlarda badiiy uslubga xos bo‘lgan, voqelikni, inson hissiyoti, fikri va harakatlarini obrazli tasvirlashga yo‘naltirilgan badiiy tasvir vositalari uchramasligi, binobarin, o‘xshatish, epitet, jonlantirish, metafora, mubolag‘a, litota va boshqa vositalar, poetik leksika elementlari deyarli uchramasligini ko‘rish mumkin16.
Ayni paytda, ularning har birining so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, huquqiy hujjatlar matniga ko‘z yugurtirsak, ularda boshqa uslublarda deyarli uchramaydigan atamalar qo‘llaniladi: ma’muriy javobgarlik, fuqarolik majburyati, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jamoat kafilligi jabrlanuvhi bilan yarashuv va boshqalar. Bu kabi atamalarga duch kelishimizning o‘zi ham rasmiy idoraviy uslubning uslublar ichidagi o‘ziga xos o‘rnini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ish qog‘ozlari va ish hujjatlarining xilma-xilligiga qarab ularga oid atamalarning me’yorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun diplomatik munosabatalar doirasidagi so‘z va iboralarga ko‘z yugurtiraylik: ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, ishonchli vakil, nota, ratifikatsiya, shartnoma, bayonot, qo‘shma bayonot, deklaratsiya, tashrif, qarorgoh kabilar.
Ushbu uslub uchun oddiy so‘zlashuv uslubiga oid bo‘lgan so‘zlar, jargonlar, ekspress-emotsional bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘zlarning ham ishlatilishi me’yor sanalamaydi. Shu jihatlari bilan ham rasmiy-idoraviy uslub boshqa uslublardan keskin farqlanadi. Masalan, girgitton, o‘rgilay, haligi, mullaka, baraka topgur, miyasi g‘ovlab ketdi, churq etmaslik kabi.
Rasmiy-idoraviy uslubning boshqa uslublardan farqli jihatlari bilan bir qatorda o‘xshash tomonlari ham mavjuddir. Muloqot vaziyati va sharoitga muvofiq ilmiy, badiiy, publitsistik va rasmiy-idoraviy uslublar nutqning yozma shakliga mansubdir. Bu uslublar, asosan, yozma nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, bu uslublarda yozma shakl yetakchilik qilsa ham, nutqning og‘zaki shaklini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Badiiy uslubga tegishli, sahna uchun mo‘ljallangan asarlarda og‘zakilik bo‘lsa, ilmiy uslubga doir bo‘lgan ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda namoyon bo‘ladi, lekin rasmiy uslubga tegishli bo‘lgan ish qog‘ozlari faqat yozma nutq orqali yuzaga chiqadi. Bu ham rasmiy-idoraviy uslubning boshqa uslublar ichida yana bir o‘ziga xos xususiyatidir17.
Rasmiy uslub grammatik jihatdan ko‘p hollarda ilmiy uslubga o‘xshab ketadi, lekin boshqa uslublardan farqlanib turadi. Masalan, ko‘plik qo‘shimchasi (-lar) ilmiy va qisman rasmiy uslublardan tashqari boshqa uslublarda umumlashtirish, hurmat, taxminlash, kuchaytiruv-ta’kidlash kabi uslubiy ma’nolarni ham qo‘llashda ishlatiladi: Ahmadlar keldi (umumlashtirish); Buvimlar keldi (hurmat); Soat o‘nlarda uchrashamiz (taxminlash); Qalbim quvonchlarga to‘ldi.
Subyektiv baho ifodalovchi -cha; -choq; -loq; -toy; -gina (-kina;-qina) kabi bir qancha qo‘shimchalar bo‘lib, ular kichraytirish-erkalash shakllari deb ham yuritiladi. Bu qo‘shimchalar ot va sifatlarga qo‘shilib, shu so‘zlar ifodalagan narsa va tushunchaga so‘zlochi (yozuvchi)ning subyektiv (salbiy va ijobiy) munosabatini bildiradi: Masalan, Bu shirin qizcha kun bo‘yi nimalarni o‘ylab o‘tirar ekan; Toychoq onasiga ergashib yugurib ketdi; Sho‘rpeshonaginam! Shuncha sinovlarga chidadi;

Yüklə 117,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin