403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar


Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə8/16
tarix02.01.2022
ölçüsü52,21 Kb.
#35279
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Sintaksis. Sitora Maxammadiyeva

Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap

Ergash gaplarni bosh gapga bog’lanishi



To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). 
Ketma-ket ergash gap. 
To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lansa, birgalik ergash gap deyiladi. Bunday gaplardagi ergash gaplar

1) bir xil ergash gaplar (uyushgan) bo‘ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi; 

2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lganda ham, juda xunuk gap-ku!

Ketma-ket ergash gap.

Har bir ergash gap to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lanmasdan, biri ikkinchisiga ketma-ket bog‘lansa, ketma-ket ergashish deyiladi. Bunday gaplar tarkibida turli xil ergash gaplar qatnashadi: Bahorda havo noqulay kelib, g‘o’zaning parvarishi kechikkan bo‘lsa ham, hosil mo‘l bo‘ldi.
7. Sodda gaplar grammatik asosiga(ega va kesim ishtirokiga) ko’ra ikki xil bo’ladi; ikki bosh bo’lakli gap va bir bosh bo’lakli gap.

1.Ikki bosh bo’lakli gap. Gapning grammatik asosida ikki xil bosh bo’lak, ya’ni ega va kesim ishtirok etsa, bunday sodda gap ikki bosh bo’lakli hisoblanadi.

Gap bo’laklari gapdagi vazifasi, o’rniga qarab bosh bo’laklar (ega va kesim) va ikkinchi darajali bo’laklar (to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol ) ga ajratiladi. Ega va kesim ikki bosh bo’lakli gapning grammatik asosini tashkil etadi.

Ega. Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo’laklarga grammatik tobe bo’lmagan bo’lak egadir. Ega kim?, nima?, qaer? so’roqlarini oladi. Ega bosh kelishikda bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:

a) ot bilan: Daraxt shoxlari egildi.

b) olmosh bilan: U menga yoqmaydi.

v) otlashgan so’zlar bilan:To’g’ri o’zadi, egri to’zadi.

g) ibora bilan: Qildan qiyiq axtarish uning odati bo’lib kelgan.

Kesim. Ega haqidagi xabarni bildirib, unga grammatik tobe bo’lgan bo’lak kesim deyiladi. Kesim quyidagicha ifodalanadi:

a) fe’l bilan: Mehnat insonni ulug’laydi.

b) sifat bilan: Voqeadan hamma xabardor.

v) ot, son, olmosh, ravish bilan: Mening akam student; Ikki o’n besh-bir o’ttiz. Bularning bari sizniki. Dangasaning vaji ko’p.

Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga qarab ikki xil bo’ladi: fe’l-kesim, ot-kesim.

Fe’l-kesim fe’l yoki uning sifatdosh, ravishdosh shakllari bilan ifodalanadi, fe’l-kesim tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda fe’l-kesim , murakkab fe’l-kesim. Sodda fe’l- kesimlar sof fe’l shakllari bilan ifodalanadi: Maktabni tugatdik. Murakkab fe’l-kesim ikki so’zdan iborat bo’ladi: xatni yoza oladi. Mevalar pisha boshladi.Bu fikrni hammaning oldida aytdi-qo’ydi.

Ot-kesim fe’l bo’lmagan so’zning kesim vazifasida kelishidir. Ot-kesim ham sodda va murakkabga ajratiladi. Bir so’z bilan ifodalangan kesim sodda ot-kesim deyiladi: Yoshlik-inson umrining oltin davri.

Murakkab ot-kesim quyidagicha tuziladi: a) ot,sifat, son, olmosh, ravish hamda bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Mehnatning noni shirin bo’ladi. Uning maqsadi shu edi.



b) yo’q, bor, oz,ko’p, zarur, lozim, kerak kabi so’zlar hamda bo’lmoq fe’li yoki to’liqsiz fe’ldan iborat bo’ladi: Sharpa bir zumda yo’q bo’ldi. Suyanadigan hech kimi yo’q edi.

v) Harakat nomi hamda kerak, zarur kabi so’zlardan iborat bo’ladi: O’quvchi intizomli bo’lishi kerak.




Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin