So`z birikmalari, tobe qismning sintaktik vazifasiga ko`ra, quyidagi turlarga bo`linadi: 1) aniqlovchili birikma; 2) to`ldiruvchili birikma; 3) holli birikma.
1. Aniqlovchili birikma. Bunday birikmalarning tobe qismi aniqlovchining barcha turlari vazifasini bajaradi. SHunga ko`ra ularni: 1) sifatlovchili birikma, 2) qaratuvchili birikma, 3) izohlovchili birikmalarga ajratish mumkin. Masalan: yozma ish, ilmiy maqola, beshta kitob, allaqanday ovozlar – sifatlovchili birikma; iqtisodiyotning taraqqiyoti, maktab hovlisi - qaratuvchili birikma; o`qituvchi Salimova, professor Qodirov - izohlovchili birikma.
Aniqlovchili birikma bitishuv va boshqaruv yo`li bilan tuziladi.