41. Maktab ichki nazoratining rejasi qanday masalalarni o’z ichiga oladi?


Maktabning pedagogik kengashi qanday ishlarni amalga oshiradi?



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/5
tarix23.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#120181
1   2   3   4   5
41-50 pedagogika

42. Maktabning pedagogik kengashi qanday ishlarni amalga oshiradi?
Maktabning pedagogik kengashi maktab direktori huzuridagi maslahat kengashi bo’lib, uning qarorlari o’qituvchilar jamoasining yagona va umumiy fikrini aks ettiradi. Shuning uchun uning ta'sir kuchi katta. Pedagogik kengash qabul qilgan ayrim qarorlar maktab uchun ham, direktor uchun ham majburiy hisoblanadi. Chunonchi, o’quvchilarni sinfdan-sinfga ko’chirish masalasi, shuningdek, maktab hayotida ro’y berayotgan muhim vazifalar pedagogik kengashda hal qilinadi. Ularda pedagogik kengashda respublikamizning maktab haqida qabul qilgan qarorlari va ko’rsatmalarini amalga oshirishga doir tadbirlarni belgilash, maktab ta'lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, ilg’or o’qituvchi va tarbiyachilarning ish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish, ota-onalar jamoatchiligi bilan aloqani mustahkamlash va boshqa masalalar ko’riladi. Pedagogik kengashga qo’yiladigan masalalarni tanlash juda muhimdir. Ko’pgina maktablarda kengashda muhokama qilinadigan masala oldindan o’rganib chiqiladi. Kengash har qaysi masala bo’yicha tegishli qaror qabul qilib, ma'lum shaxslar va bajarilish muddatlarini belgilaydi. Pedagogik kengashning qarorlari maktabning ish tajribasiga, rahbar tashkilotlarning ko’rsatmalariga va pedagogika fanining yutuqlariga asoslangan bo’lishi kerak. Pedagogik kengashning qarorlari maxsus daftarga yozib boriladi, rasmiylashtiriladi, bajarilishi kuzatiladi va nazorat qilinadi, natijasi navbatdagi yig’ilishda kengash a'zolariga xabar qilinadi. Qarorlar daftari maktabning muhim hujjati bo’lgani uchun uni yuritishga alohida e'tibor beriladi. Fan komissiyalari va boshlang’ich sinf o’qituvchilarining metod birlashmalari ham maktabdagi o’quv ishlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Maktabdagi har bir fan komissiyasi aslida pedagoglar kengashining komissiyasi bo’lib, u pedagogik kengash rahbarligida ish olib boradi. Pedagogik kengash bilan hamkorlikda fan komissiyasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
a) pedagogik kengashga topshirilgan masalani ishlab chiqadi, o’zaro tajriba almashish, darslarni rejalashtirish kundalik ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarni muhokama qilish;
b) komissiya ba'zi o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganadi, umumlashtiradi va natijani pedagogik kengashga ma'lum qiladi.
c) pedagogik kengash topshirig’iga ko’ra ochiq darslar uyushtiradi va ularning natijasini kengash muhokamasiga taqdim etadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin