41. Maktab ichki nazoratining rejasi qanday masalalarni o’z ichiga oladi?


Pedagoka tarixini o’rganish manbalari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/5
tarix23.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#120181
1   2   3   4   5
41-50 pedagogika

Pedagoka tarixini o’rganish manbalari:
1) arxeologik yodgorliklar;
2) qo’lyozmalar;
3) xalq og’zaki ijodi;
4) adabiy yodgorliklar;
5) hujjatlar;
6) badiiy adabiyot;
7) memuarlar;
8) Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.
Pedagogika tarixini davrlashtirish:

  • Eng qadimgi davrlardan O’zbekiston Respulbikasi mustaqilligigacha (1991 y) bo’lgan davrda O’zbekistonda maktab, pedagogik fikrlar tarixi.

  • O’zbekiston Respublikasi mustaqilligidan keyingi davrlarda (1991 yil, 31-avgust) ta’lim – tarbiya va pedagogik fikrlar.

  • Xorijda eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha pedagogik fikrlar rivoji.



46. “Pedagogika tarixi” fani qanday fan? U qaysi fanlar bilan uzviy aloqador?
Pedagogika tarixi fani ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondashadi. Tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma- xil bòlganligini ochib beradi. Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar bilan boğliq ,ya'ni, pedagogika , psixologiya, madaniyat tarixi, Òzbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya ,axloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqador.
Boshqa fanlar kabi pedagogika ham har bir insonning ijtimoiy kamolotga erishishiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlariga asoslanadi va o’zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli u falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika va estetika kabi fanlar bilan uzviy bog’langandir. Ma’lumki, har bir o’qituvchi - tarbiyachi, o’quvchi o’z ona yurti tarixini yaxshi bilmog‘i lozim. Ta’lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib, o’qituvchilik qilishi mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun uning o’tmishdagi taraqqiyot yo‘lini bilishi kerak. O‘qituvchi-tarbiyachi o’quvchilarga bilim berish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta’sir ko‘rsatadi. Bunda u psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ma’lum ma’noda psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin. Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo‘limi bo‘yicha m a’lumot beradi. Bu fan o’quvchining xulqi, odobi me’yorlarini aniqlash, belgilash hamda go‘zallikni chin ma’noda tushuntirish, o‘quvchi ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga mehr uyg‘otadi. Fanlarni o’qitish yo’llari ham pedagogika fanining didaktika bo’limiga aloqador. Chunki har qanday fanni o’qitish metodi shu fanning mazmuni, tizimini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Chunonchi, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va bolalar kasalliklari kabi fanlar bilan ham o‘zaro bog‘langan. Bu fanlar bir-biriga chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fani obyekti yil sayin kengayib borib uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimini tashkil etadi. Ma’lumki, turli sohada bilim oluvchi o‘quvchilarni o’qitish va tarbiyalashning nazariy hamda amaliy tomonlarini pedagogika fanining o‘zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogika fani tarmoqlari mazkur muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo‘lingan. Jumladan, umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o’quvchilarni tarbiyalash va o’qitish haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug‘ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma’rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o’rganadi), harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o’quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, harbiy qurolyarogMardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalash y o’nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir. Pedagogika faqat sog‘lom o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilangina emas, balki nogiron bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan ham shug‘ullanadi. Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga ta’limtarbiya berish), tiflopedagogika (ko‘zi ojiz bolalarni tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o’z tarixini, jumladan pedagogika tarixini o’rganish uchun keng yo‘l ochildi. 0 ‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g ‘oyalarini hayotga tadbiq etishdek ulug‘vor ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, ota-bobolarimiz yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor berganlar.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin