SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali
42
AGROTURIZMNING TURIZM TURLARIDA O’ZIGA XOS
O’RNI VA TASNIFLANISHI
Nazarova Dinara Anvarovna
Arxitektura bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Yusubova Sharqiyaxon San'at qizi
Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada turizm sohasining yangi va hozirgi kunda rivojlanib
borayotgan turlaridan biri - agroturizmning turizm tizimidagi o’ziga xos o’rni va uning
tasniflanishi haqida so’z yuritiladi. Agroturizmning asosiy maqsadlaridan biri- qishloq
hududlarini barqaror rivojlantirishda ularning turistik imkoniyatlaridan keng foydalanishni
tashkil etishdan iborat ekanligi ta’kidlanadi.
Kalit so’zlar:
Zamonaviy turizm, agroturizm, turizm turlari, rekreatsiya, funksiya,
texnologiya, klassifikatsiya, mavsum, agrotur.
Butunjahon turistik tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, yevropaliklarning 70 foizi
tabiiy va qishloq turizmiga, shundan 32 foizi aynan qishloq turizmiga, 28 foizi qishloq
joylari va tabiat qo’ynida dam olishga, 10 foizi esa tabiiy turizmga qiziqish bildiradilar.
Bundan ko’rinadiki, turizm turlari ichida turistlarning qishloq turizmiga talabi yuqori
hisoblanadi. Ammo agroturizmning turizm yo’nalishlarida tutgan o’rni turli
tadqiqotlarda turlicha ifodalangan. Masalan, qozog’istonlik olim S.R.Yerdavletov
agroturizmni rekreatsiyaning sport-sog’lomlashtirish turiga kiritgan.
, 2000).
Zamonaviy turizm tasnifi (S.R.Yerdavletov
Mazkur ko’rinishda agroturizmning o’ziga xos xususiyatlari
yetarli hisobga
olinmagan. Rekretasiya so’zi polyakcha rekreatio (lot.) – tiklash, recreation (frans.) –
ko’ngilochish, dam olish degan ma’nolarni anglatadi. Shaharsozlikda har ikkala ibora
REKREATSIYA
Ko’ngilochar
tomosha
Sport-sog’lomlashtirish
Kurort-davolanish
Agroturizm
Yugurish-
yurish
Speleo-turizm
Parus-eshkak
eshish
Deltaplanda
uchish
Velosipedda
uchish
Otda yurish
Mototsiklda
uchish