42 agroturizmning turizm turlarida o’ziga xos o’rni va tasniflanishi


SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI



Yüklə 445,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix14.12.2023
ölçüsü445,18 Kb.
#180130
1   2   3   4   5   6
Nazarova Dinara Anvarovna

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
44 
iqtisodiy harajatlar talab etilmaydi, chunki uni tashkil etishda sayyohlik obyekti 
sifatida qishloq aholisining turmush tarzi, urf-odatlaridan ham foydalanish mumkin. 3) 
agroturizmni tarixiy, ziyorat, sport, etnografik va shu kabi turizm yo’nalishlari bilan 
birgalikda olib borish samarali hisoblanadi. Zero sanab o’tilgan turizm turlari qadimdan 
aynan qishloq joylarida rivojlangan. Bunda turistlarni bir vaqtning o’zida qishloq 
joylarining tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy jihatlari bilan tanishtirish imkonin 
yaratadi. 4)insonlarning tabiatga texnogen bosimi va ekologik talablarni inobatga 
olmasligi qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan agroturizm 
ekoturizm singari o’zining rivojlanishi yo’nalishida qishloq xo’jaligida tabbiy 
resurslardan oqilona foydalanish, agrolandshaftlarni muhofaza qilish va buzilgan 
yerlarni qayta tiklashga bevosita va bilvositayordam beradigan vazifalarni ham 
bajaradi.
Yuqorida sanab o’tilgan holatlar agroturizmning asosiy maqsadlaridan biri- 
qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishda ularning turistik imkoniyatlaridan keng 
foydalanishni tashkil etishdan iborat deyishga asos bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, hozirgi paytda turizmning barcha e’tirof etgan 
aniq klassifikatsiyasi (tasnifi) mavjud emas. Buni tadqiqotchilar turizm yo’nalishida 
yagona to’xtamga olib keluvchi aniq shakl va turlarni ajratish amaliy jihatdan mushkul 
ekanligi bilan tushuntiradilar. Turizm geografiyasida mamlakat turizmining rivojlanish 
darajasiga ko’ra tasniflash masalalariga turlicha yondashuv mavjud. Vaholanki, turizm 
tasnifi uni hududiy tashkil etish va muayyan maqsad sari rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Turizm obyektlari, ulardan foydalanish usullari, sayyohlarning yoshi, kasbi, 
qiziqishi, jismoniy imkoniyatlari, marshrutlarining uzoq yoki yaqinligi, murakkabligi, 
va moddiy qiymatiga qarab mutaxassislar tomonidan turlicha tasniflangan. Masalan, 
S.R.Yerdavletov turizmni tasniflashda quyidagi omillarga e’tibor berish lozimligin 
uqtiradi: bo’sh vaqtning mavjudligi va davomiyligi; sayohatchilarning yoshi, jinsi, 
salomatligi, ma’naviy-madaniy darajasi, shaxsiy hoxishi va moddiy ta’minlanganligi; 
tabiat sharoitining xilma-xilligi va mavsumiyligi; harakat qilish vositasining mavjudligi 
va h.k. U turizmning maqsadi, sharoiti, yo’nalishi va ko’lamiga qarab shakl, sinf (klass), 
tur va ko’rinishiga ajratgan. 
Turizm o’zining funksiyasi va texnologiyasiga ko’ra sog’lomlashtirish, dam olish, 
tabiiy, ziyorat, sport, davolash, bilish, o’rganish kabi insonlarning jismoniy va ma’naviy 
tiklanishi hamda rivojlanishiga xizmat qiladi. Olimlar A.S.Soliyev va M.R.Usmonovlar 
Samarqand viloyati misolida turizmning ichki (mahalliy) va tashqi (xalqaro) turlariga 
bo’lgan va ushbu turlarni o’z navbatida kasbiy, sport, sog’lomlashtirish, sog’liqni 
tiklash, ziyorat, tanishuv, sayohat kabi ko’rinishlarga ajratgan. 
Turizm xususan agroturizmdan amaliyotda foydalanish bo’yicha xorijda olib 
borilgan tasniflash ishlari yuksak ilmiy qiymatga ega bo’lib, bu borada Italiya, 
Germaiya, Fransiya tajribalari muhim hamiyat kasb etadi . Masalan, Italiyada turistik 



Yüklə 445,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin