Tarmoqning barcha dasturiy-apparat vositalarining majmuasi ko‘p pog’onali model yordamida ta'riflab beriladi.
Har qanday tarmoqning asosi (bazasi) - bu biron bir yo‘l bilan standarlashgan komp'yuter platformasining apparat qatlami. Xozirgi paytda tarmoqlarda keng ko’lamda va muvaffaqiyat bilan xar-xil darajadagi kompyuterlar foydalanilyapti - shaxsiy mashinalardan meynfreymlar va super EHMlargacha. Tabiiyki, xisoblash tarmoqidagi komp‘yuterlarning tarkibi tarmoq bajaradigan ishga mos kelishi kerak.
Kompyuter tarmoqlari qo’llanilishi
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
malumotlardan foydalanish (misol uchun, fayllar);
apparat vositalaridan foydalanish (misol uchun, printerlar, modemlar);
dasturiy resurlardan foydalanish (misol uchun, mijoz server ko’rinishidagi dasturlar);
tarmoq tugunlarida yagona havfsizlik siyosatini ishlab chiqish (misol uchun, mahalliy tarmoq Internetga ulangan serverda ishchi stantsiyani havfsizligini yaratish);
tarmoq tugunlarini vakolatlarini chegaralash (misol uchun, korxonaning bo’linmalari orasidagi vakolatlarni taqsimlash);
foydalanuvchi ma’lumotini muhofazasini ishlab chiqarish (misol uchun, serverdan zahiraviy nusxa olish);
tarmoq tugunlari orasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlash (misol uchun, elektron pochtani ishlatishda);