Internet tarmog‘ining funksional va mantiqiy tashkil etilishini ifodalash
Ma’lumot uzatish tizimlari va tarmoqlari tashkil etilishining umumiy tamoyillari
Ma’lumot uzatish tizimlari va tarmoqlari
Ma’lumot uzatish tarmoqlari - bu tarmoq resurslariga qulay va ishonchli kirishni amalga oshirish orqali foydalanuvchilarga turli xil axborot va hisoblash xizmatlarini samarali ta'minlashni amalga oshiradigan ma'lumotlar uzatish kanallari bilan bog‘langan tugunlar majmui.
Kompyuter (ing . computer — hisoblagich), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi bilan bir xildagi atama) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi.
Kompyuter tarmog'i - bu tarmoq tugunlarida joylashgan yoki ular tomonidan taqdim etilgan resurslarni almashish maqsadida raqamli o'zaro ulanishlar orqali umumiy aloqa protokollari to'plamidan foydalanadigan kompyuterlar/qurilmalar (tugunlar) guruhi.
Tarmoqlar tashkillashtirilganda bir biriga mos kelishi (har hil texnologiyali asbob-uskanalarni, yoki har hil tipdagi operasion sistemalarni) eng muhim muammolardan biri bo‘lib qoladi.