«Audit» fanidan Sirtqi bo’lim kurs ishi



Yüklə 109,69 Kb.
səhifə1/11
tarix17.05.2023
ölçüsü109,69 Kb.
#114877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BANK KREDITLARI BO’YICHA HISOB – KITOBLAR AUDITI HBA 60 2 Sharipov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


«Bank ishi» kafedrasi


«Audit» fanidan

Sirtqi bo’lim


KURS ISHI
Mavzu: “Bank kreditlari bo’yicha hisob – kitoblar auditi


Bajardi: BI-55 -2 guruh
talabasi Qodirov R.
Ilmiy rahbar: _____________.

Toshkent – 2022
Bank kreditlari bo’yicha hisob – kitoblar auditi
Reja:
Kirish
1. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblar auditi
2. Bankdagi schyotlarga doir muomalalarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini tekshirish
3. Valyuta schyotlariga doir muomalalar sintetik hisobining to’g’riligi va to’liqligini tekshirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish
Respublikamizda bank tizimini rivojlantirish uchun keyingi yillarda davlat banki tizimi bilan birgalikda tijorat banklari tizimi tashkil etildi. Bizga ma’lumki, kredit nafaqat qaytib berish sharti bilan balki tegishli foiz stavkalari xisobga olingan xolda beriladi, bu esa qarzdorlar zimmasiga yuqori ma’suliyatni yuklab, kreditlarni kaytarish muddatlariga rioya kila olishlari xakida jiddiy o‘ylaganliklaridan so‘ng beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022 - 2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»1gi 2022-yil 28-yanvar, PF-60-sonli Farmoni qabul qilindi va unda aholi, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, Ko‘chmas mulkni garovga olish yo‘li bilan beriladigan ipoteka krediti tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi, banklarning kredit portfelini kreditning turlari bo‘yicha diversifikatsiya qilishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi, mamlakatda turar-joy muammosini xal etishning dolzarb moliyaviy yo‘nalishi hisoblanadi. Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida ipotekali kreditlash amaliyoti shakllanish bosqichidadir.
Bu borada Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoev Oliy Majlisning qo‘shma yig‘ilishida ham “Ma’lumki, aholimizni, ayniqsa, budjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelardi. Bu og‘ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e’tibor bermay kelganimiz ham bor gap. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, biz keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurishni boshladik. 2022-yil yanvar—mart oylarida O‘zbekiston bo‘yicha umumiy maydoni 2,8 mln kvadrat metr bo‘lgan turar joylar ishga tushirildi. Unga ko‘ra, 2021-yildan boshlab ipoteka kreditlari bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr joriy etildi, shaharlarda esa dastlabki to‘lov 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. Ishlab chiquvchilarga pandemiya davrida taqdim etilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi.2
Bank kreditlari va qarzlar hisobini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad korxonaning olingan kreditlar va boshqa qarz mablag‘larini aks ettiruvchi hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligi to‘g‘risida yetarli dalil-isbotlarga ega bo‘lishdan iborat.
Bank kreditlari va qarzlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalaniladi:
Bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hisobini va soliqqa tortish muomalalarini tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar;
Bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha muomalalarni rasmiylashtirish va hisobda aks ettirishga doir shartnomalar va dastlabki hujjatlar. Bularga: kredit shartnomalari va qarz shartnomalari, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining o‘zgarishi to‘g‘risida kredit shartnomalariga qo‘shimcha qilinadigan bitimlar, kreditni qaytarish muddatlari, kredit shartnomalari-ning boshqa shartlari, korxona shaxsiy schyotlarining kredit va qarzlar harakatiga doir bank ko‘chirmalari, kredit shartnomasiga muvofiq qaytari-ladigan kredit va foiz summalarining akseptsiz (roziliksiz) hisobdan o‘chi-rilishini tasdiqlaydigan memorial-orderlar kiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan muomalalarni hisobda aks ettirishga doir sintetik va analitik hisob registrlari hamda buxgalteriya hisobotlari puxta tekshiruvdan o‘tkaziladi.
№ 21 - BHMS ga muvofiq kredit va qarzlardan foydalanganlik uchun to‘lanadigan foiz to‘lovlari moliyaviy faoliyatga doir chiqimlar tarkibida hisobga olinishi, ya’ni moliyaviy natijalarga - 9610 «Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar» schyotining debetiga olib borilishi, soliqqa tortish maqsadida esa foyda solig‘i bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinishi lozim. Kredit va qarzlarni hisobga olishning tashkil etilishini tekshirishda auditor olingan kreditlar bo‘yicha qoldiqlar qanday baholanayotganligini ham aniqlashi zarur.
Shuningdek, auditor kreditlarning turlari bo‘yicha schyotlar rejasining to‘g‘ri qo‘llanilishini, ushbu schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob-ning qanday tashkil etilganligini, analitik hisob ma’lumotlarining sintetik hisob registrlari va Bosh daftar ma’lumotlariga mosligini tekshiradi.

Yüklə 109,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin