«Audit» fanidan Sirtqi bo’lim kurs ishi


a). Bank kreditlari bo‘yicha hisob-kitoblar auditi



Yüklə 109,69 Kb.
səhifə3/11
tarix17.05.2023
ölçüsü109,69 Kb.
#114877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BANK KREDITLARI BO’YICHA HISOB – KITOBLAR AUDITI HBA 60 2 Sharipov

a). Bank kreditlari bo‘yicha hisob-kitoblar auditi.
Bank kreditlarini jalb qilish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha manbalaridan hisoblanadi.
Korxonalar bilan bank o‘rtasidagi kredit munosabatlari tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va mas’uliyatlarini belgilaydigan, kredit shartnomalariga asosan tartibga solinadi.
Tekshiruv chog‘ida auditor kredit shartnomalarining haqiqatda mav-judligini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning talablariga javob berishini aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq kredit shartnomalari kredit munosabatlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari bilan tuziladi.
Auditor shartnomalarni tahlil qilib, ularda quyidagi masalalar o‘z aksini topganligini aniqlaydi:

  1. kredit berishning maqsadi;

  2. kredit muddatlari;

  3. kreditni berish va qaytarish tartibi hamda shartlari;

  4. majburiyatlarni ta’minlash shartlari;

  5. foiz stavkalari, foizlarni to‘lash tartibi va muddatlari;

  6. kreditni berish va qaytarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va mas’uliyatlari;

  7. bankka taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxati va taqdim qilish mud-datlari;

  8. boshqa shartlar.

Auditor kreditlarning maqsadga muvofiq sarflanishini va ssuda qarzlarini qaytarish tartibini (pul mablag‘lari ko‘rinishida, veksel berish yo‘li bilan, o‘zaro qarz surishish orqali) aniqlashi kerak. Kreditlarni qaytarishning to‘liqligi va o‘z vaqtidaligini auditor bank ko‘chirmalari bo‘yicha tekshiradi.
7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo‘yicha uzoq muddatli kreditlarning qaytarilishigacha 12 oy to‘lmasdan, hisobot tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz tarkibida ko‘rsatiladi.
Auditor kreditlar bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar mavjudligini tekshiradi, o‘z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini va ularni qaytarish uchun qanday choralar ko‘rilayotganligini aniqlaydi. Bunda bank ssudalari bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar mavjud bo‘lganida kreditlar uchun foiz stavkalarining qanday ko‘tarilib borganini aniqlashi zarur. Chunki bu korxona daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlari bo‘yicha 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» bilan bog‘langan debet yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini tekshiradi.
Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha marta o‘zaytirilganligini uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va ko‘rilgan zararlar-ning hajmi to‘g‘risida fikr bildirishi lozim.
Auditor kreditlarning qaytarilishi ta’minlanganligi masalalariga ham e’tibor qaratishi zarur. Kafillik, kafolat xati, qimmatli qog‘ozlar, tovarlar va boshqa mulklarni garovga qo‘yish kredit ta’minotining asosiy turlaridir. Shulardan garov to‘g‘risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda quyida-gilarni tekshirish zarur: garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqqoniyligi, uning yuzaki tuzilmaganligi, unda garovga qo‘yilgan mulklarning qancha-lik aniq ko‘rsatilganligi va hokazo.
Kreditlar hisob-kitob schyoti yoki valuta schyotidan pul o‘tkazish hamda qimmatli qog‘ozlarni berish yo‘li bilan qaytarilishi mumkin.
Auditor kreditlardan foydalanganlik uchun foiz summalarining qanday schyotlarda aks ettirilganligi yoki qaysi manbalar - moliyaviy natijalar yoki boshqa manbalar hisobidan qoplanganligini tekshiradi.
Foizlar to‘lanishini tekshirishda ular tannarxga qo‘shilganligini aniqlash zarur. Umuman olganda bu moliyaviy natijani buzib ko‘rsatmaydi, lekin uslubiyatdan chetga chiqishga olib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl)da aks ettirilgan, foyda tarkibi shakllanishini, bunday summalar katta bo‘lganida esa «To‘langan foizlar» moddasi ko‘rsatkichlarining buzib ko‘rsatilishiga olib keladi. Qoidabuzarliklarning bunday turini aniqlash va yetarli darajada auditorlik dalillariga ega bo‘lish uchun hujjatlarni tekshirish va kredit uchun foiz summalarining arifmetik hisob-kitobi kabi usullardan foydalanish maqsad-ga muvofiqdir. Tekshiruvda axborot manbalari sifatida kredit shartnoma-lari, analitik hisob registrlari va hisob-kitoblar hamda foizlarni aks ettirish bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalaridan foydalanish zarur.
Korxonalar amaliyotida qarz mablag‘lar hisobidan sotib olingan mulklarni baholashda xatolarga yo‘l qo‘yish hollari uchrab turadi.
Auditor tomonidan aniqlangan, baholash tamoyillarining buzilish hollari uzoq muddatli aktivlar(asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va shunga o‘xshashlar)ni sotib olish qiymatiga, kapital mablag‘ bilan ta’minlashga olingan kreditlar uchun foizlar, ushbu obyektlar balansga qabul qilinganidan so‘ng qo‘shilgan hollarda yuzaga keladi.
Me’yoriy hujjatlarda kapital xarajatlarni amalga oshirishda kreditlarning foiz to‘lovlarini obyektlarning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shishga, ular balansga qabul qilinishiga qadar amalga oshirishga ruxsat etilgan. Obyektlar balansga qabul qilinganidan so‘ng to‘langan kredit uchun foizlar dastlabki qiymatga qo‘shilmaydi, balki moliyaviy natijalarga olib boriladi.

Yüklə 109,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin