Allel bo‘lmagan genlar o‘zaro, asosan komplementar, epistaz, polimer ta’sir qiladi. Genotipda allel bo‘lmagan genlarning o‘zaro ta’siri natijasida organizmda yangi belgining rivojlanishiga olib kelishi genlarning komplementar, ya’ni to‘ldiruvchi ta’siri deb ataladi. Genlarning bunday ta’siri xushbo‘y hidli, oq gulli no‘xatni o‘zaro chatishtirishda ham aniq namoyon bo‘ladi. Olingan birinchi bo‘g‘in duragaylar qizil rangda bo‘ladi.

Birinchi bo‘g‘in duragaylar o‘zaro chatishtirilganda ikkinchi bo‘g‘in o‘simliklarda ajralish 9:7 nisbatda, ya’ni bir fenotipik sinf (9/16) qizil, ikkinchisi (7/16) oq bo‘ladi, demak, natijaviy nisbat 9:7. Otaona o‘simlik larning genotipi — AAbb va aaBB bo‘lib, ularning har biri bittadan dominant (A yoki B) genga ega. Bu dominant genlar alohidaalohida holda gulga qizil rang bera olmaydi, shuning uchun otaona no‘xat o‘simliklarining guli oq bo‘ladi.

Genlarning polimer ta’siri. Allel bo‘lmagan bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi genlarning polimer ta’siri deyiladi. Genlarning polimer ta’siri organizmlarning miqdoriy belgilarida uchraydi. Masalan, hayvonlarning vazni, o‘sishi, o‘simliklarning bo‘yi, tovuqlarning tuxum qilishi, qoramol sutining miqdori va yog‘liligi, o‘simliklar tarkibidagi vitaminlar miqdori va boshqalar. Miqdor belgilarning rivojlanish darajasi unga ta’sir etuvchi polimer genlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Polimer hodisasini dastavval shved olimi Nilson Ele o‘rgandi. U bug‘doyning qizil (A1A1A2A2) va oq (a1a1a2a2) navlarini o‘zaro chatishtirib F1 o‘simliklarni oldi