Yuqorida ko‘rib chiqilgan ranglar tizimlari tabiatda uchraydigan ranglar- ning barchasini ham ko‘rsatib bera olmaydi.
Apparatlarga bog'liq bo‘lmagan va ranglarni qamrab olishi eng katta bo‘lgan tizim ishlab chiqilgan bo‘lib, u Lab deb ataladi.
Ulardan birinchisi rangning yorug‘ligini (ingliz tilidagi Lightless so‘zidan olingan) anglatadi. Ikkinchi parametr a esa rangning qizildan yashilgacha, uchinchi parametr b rangning sariqdan ko‘k ranggacha bo’lgan o‘zgarishini aniqlaydi.
PhotoShopda bu tizimdan yuqorida keltirilgan bir tizimdan ikkinchisiga o‘tishda foydalaniladi. Ya’ni bir tizimdan olingan rang avval Lab tizimiga o‘tkaziladi, so‘ng undan boshqa tizimga o'giriladi.
PhotoShopda eng ko‘p bajariladigan amallardan biri bu ranglarni tanlashdir.
Ranglarni tanlashning bir necha usullari bo‘lib, ulardan biri Палитра цветов (Ranglar palitrasi) dan foydalanishdir.
O‘ng tomonda bu sohadagi ranglar ancha batafsil ko‘rsatiladi. Undan kerakli rangni sichqonchaning chap tugmasini bosib tanlash mumkin.
Rang tanlashning ikkinchi yo‘li palitralar sohasidagi Цвет (Rang) palitrasidan foydalanishdir.
Uning sarlavhasining o‘ng tomonidagi yashirin menyudan kerakli ranglar tizimini tanlab olish mumkin.
Bu palitra bilan birga Образец (Namunalar) nomli palitra joylashgan. Bu palitrada avvaldan tanlab qo‘yilgan bir qator ranglar bo‘lib, ularni sichqoncha yordamida tanlash mumkin:
Bu palitraning yashirin menyusida avvaldan aniqlab qo‘yilgan namunalarning boshqa to‘plamlarini tanlash, yaratilgan to‘plamni yangi nom bilan saqlash, saqlab qo‘yilgan to'plamlami qaytadan yuklab olish, palitra oynasining ko‘rinishini o‘zgartirish kabi amallami bajarish mumkin.
Indekslangan ranglardan nashriyotlarda, animatsiya yaratishda va Internet tarmog‘ida, shu jumladan web sahifalarda keng foydalaniladi.
Oq-qora suratlarni saqlashda yarim tusli (kulrangning turli tuslaridan) foydalaniladi.
Bunda har bir piksel uchun bir bayt ajratiladi va piksel kulrangning 256 ta tusidan biri ko‘rinishida bo’lishi mumkin.