477 O’zbekistonda islohotlarning yangi bosqichi davrida Oliy ta’alim hususida



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix21.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#101348
1   2   3   4   5
o-zbekistonda-islohotlarning-yangi-bosqichi-davrida-oliy-ta-alim-hususida

479 
Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Harakatlar 
strategiyasinig to’rtinchi yo’nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirish bo’lib, unda taʼlim va fan 
sohasini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilgan
119

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini 
belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil 
fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga 
ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan 
holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to’g’risdagi08.10.2019-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-5847-son farmoni 
tasdiqlandi
120
.Konsepsiyada bir qator muhum vazifalarni 2030-yilga qadar amalga 
oshirilishi ko’zda tutilgan. 
Respublikamizda oliy ta’limni rivojlantirish bo’yicha o’tgan 2017-2021-yillar 
mobaynida bir qator muhim o’zgarishlar yuz berdi. Xususan sirtqi,kechki ta’lim shakli 
qaytadan joriy etildi, bir qancha yangi OTMlariochildi, mahalliy oliy ta`lim muassasalari 
filiallari tashkil etildi.Dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik 
aloqalariyo’lga qo’yilib, tajriba alamashildi hamda yurtimizda xorijiy oliy ta’lim 
filiallarining soni yil sayin oshib bormoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 taoliy ta`lim muassasasi faoliyati yo’lga qo’yilgan 
bo’lib,shulardan davlat oliy ta’lim muassasasi 96 ta, nodavlat OTMlari soni 9 ta, xorijiy 
oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari 25 tani tashkil etmoqda.2015-2016-o’quv 
yilida qabul kvotasi 57907 taga yetgan bo’lsa, 2021-2022-yilga kelibbu ko’rsatkichni 
bakalavr tayyorlash bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida113530 taga,sirtqi ta’lim shaklida 
37675 taga, kechki ta’limda 6550 taga va magistrlar tayyorlash bo’yicha 12900 taga 
yetkazish ko’zda tutilgan
121

Yuqorida keltirilgan statistik raqamlardan ham ko’rinib turibdiki, 2016-2021-yillar 
mobaynida yangilanayotgan O’zbekistonda oliy ta’lim sohasida tub o’zgarishlar davom 
etmoqda, uni sifat jihadan yangi bosqichga chiqarish uchun ulkan ishlar amalga 
oshirilmoqda. Respublikada ta’lim sifatini oshirish uchun dunyoning rivojlangan 
119
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 – fevraldagi PF – 4947 – son Farmoni. // “Xalq so’zi”, 2017 yil 8 fevral// 
120
O’zbekistonda oliy ta’alim tizimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tastiqlash to’g’risidagi PF-5847 
LEX.UZ 
121
2021-2022-yil o`quv yili qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida PQ-5157 LEX.UZ 


480 
mamlakatlari bilan tajriba almashilmoqda. Yoshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan 
bahramand qilishga katta e’tibor qaratilayotir. So’nggi yillarda mamlakatimiz o‘quv 
yurtlarining chet ellardagi o‘quv markazlari bilan aloqalari ancha mustahkamlandi.Chet 
ellik o‘qituvchilar va mutaxassislarni yurtimizda xorijiy tilda mashg‘ulotlar olib borish 
uchun taklif qilish, shuningdek, chet el o‘quv va ilmiy markazlarida xodimlarning malaka 
oshirishi va talabalarining o‘qishigajiddiy ahamiyat berilmoqda. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan OTMlar 
sonini ochiqladi. Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 159 ta, shu jumladan, 
Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda 87 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Shundan: 
-universitet—28ta; 
-institut—47ta; 
-akademiya—3ta; 
-konservatoriya—1ta; 
-filial—26ta; 
-xorijiy OTMva uning filiallari—30ta; 
- nodavlat OTM — 24 ta. 
Davlat oliy ta’lim muassasalari tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga 
biriktirilgan: 
-Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta; 
-Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta; 
-Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta; 
-Madaniyat vazirligi - 9 ta; 
-Badiiy akademiya - 1 ta; 
-Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta; 
-Adliya vazirligi - 2 ta; 
-Transport vazirligi - 1 ta; 
-Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta; 
-Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta; 
-Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta; 
-Qurilish vazirligi - 2 ta; 
-Turizm va sport vazirligi - 4 ta; 
-Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta; 
-Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1 ta; 
-Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta; 
-Prezident ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta. 


481 
Ushbu ro‘yxatga harbiy va diniy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, magistratura 
mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan
122

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son farmoni 
bilan tasdiqlangan
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasining IV. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish 
yo’nalishda O’zbekistonda oliy ta’lim tizmni rivojlantirishga oloxida etibor qaratilgan 6 
ta ustovor maqsadlarni qamrab olgan bo’lib

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin