477 O’zbekistonda islohotlarning yangi bosqichi davrida Oliy ta’alim hususida


Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix21.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#101348
1   2   3   4   5
o-zbekistonda-islohotlarning-yangi-bosqichi-davrida-oliy-ta-alim-hususida

Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish. 
Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini 2022-yilda 
oshirish. 
2022-yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish. 
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim 
muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etish. 
2026-yilda qabul ko‘rsatkichini kamida 250 mingga yetkazish. 
Davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, shu 
jumladan ular tomonidan mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov-kontrakt miqdori 
va ta’lim shaklini mustaqil belgilash amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 
Davlat oliy ta’lim muassasalarining tegishli huquq va vakolatlarini aniq belgilash. 
2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro 
reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash. 
Oliy ta’lim muassasalarining QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishi uchun 
maqsadli dasturni ishlab chiqish. 
10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini tanlash. 
Salohiyati va o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, xalqaro reytinglarga kiritish 
bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 
Qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish. 
Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishda loyihalarni 
moliyalashtirishning maqbul usullarini yo‘lga qo‘yish. 
2022-yilda 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar joylarini barpo etish. 
122
http://www.erasmusplus.uz/uz/Higher-education/HEI/index.htm 


482 
2026-yilga qadar 72 400 o‘rinli 181 ta talabalar turar joylarini barpo etish 
natijasida talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash darajasini 60 foizdan oshirish. 
2026-yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish. 
2022-yilda Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va 
Toshkent shahrida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish orqali 
ularning jami sonini 34 taga yetkazish. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta nufuzli mahalliy va xorijiy oliygohlarning 
filiallarini hamda Toshkent viloyatida 5 ming nafar talabaga mo‘ljallangan Nurafshon 
davlat universitetini tashkil etish. 
Andijon viloyatida 4 ta xususiy oliygoh tashkil etish. Natijada hududdagi yoshlarni 
oliy ta’lim bilan qamrovini 23 foizdan 50 foizga yetkazish. 
Namanganda kelgusi 5 yilda 7 ta oliygoh tashkil etib, jami oliy o‘quv yurtlari soni 
10 taga yetkazish. 
Samarqand shahrida 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan “Yoshlar 
shaharchasi”ni barpo etib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetning filial va kampuslarini 
joylashtirish. Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda 
Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish. 
Urganch davlat universiteti qoshida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro 
matematika markazi va jamg‘armasini, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 
Urganch filiali va uning qoshida Urganch boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatini 
tashkil etish. 
2026-yilga qadar respublika hududlarida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim 
tashkilotlarini tashkil etish orqali ularning sonini 50 taga yetkazish. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin