4Mavzu: Kasallanish. Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar guruhi uchun talablar


IV. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etish



Yüklə 37,54 Kb.
səhifə5/12
tarix02.01.2022
ölçüsü37,54 Kb.
#39142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Gigiena4taza

IV. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etish

26. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

ta’lim-tarbiyaning nuqsonlarni tuzatish (korreksiya)ga yo‘naltirilganligi;

ta’lim va tarbiya jarayonida tashxisning qo‘yilishiga maxsus yondashuv;

o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish.

27. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish va tarbiyalash jarayoni o‘quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. O‘quvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, belgilangan tartibda baholanadi.

Ta’lim-tarbiya jarayoni umumiy o‘rta ta’limning davlat standartiga muvofiq holda belgilanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, o‘quv rejalari va dasturlari asosida, maxsus korreksion tuzatish uslublaridan foydalanilgan holda olib boriladi.

28. O‘qish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat va dam olishni ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirishni ta’minlovchi kun tartibi bolalarning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida yashashini hisobga olgan holda tashkil etiladi.

29. Nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) va ular bilan bog‘liq bola rivojlanishining o‘ziga xosliklarini bartaraf etish ta’lim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi.

30. O‘quv xonalari zarur maxsus jihozlar bilan ta’minlanadi.

31. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida butun guruh bilan va yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boriladi.

32. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida eshitishida, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va maktab ta’limiga yetarlicha tayyorgarlikka ega bo‘lmagan bolalar uchun tegishli tayyorlov sinflari tashkil etiladi.

33. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida rivojlanishida murakkab nuqsonli (2 ta va undan ko‘p nuqsoni bor bo‘lgan) bolalar uchun maxsus tuzatuvchi (korreksion) guruhlar (sinflar) ochilishi mumkin. Ushbu guruhlarga ta’lim oluvchilar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi va bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan joylashtiriladi.

34. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarning soni, eng avvalo, ta’lim jarayoni uchun sanitariya me’yor va qoidalari talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasa turiga, undagi o‘quvchilar kontingenti va sinflarning to‘ldirilishiga ko‘ra belgilanadi:




Yüklə 37,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin