4Mavzu: Kasallanish. Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar guruhi uchun talablar


III. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi



Yüklə 37,54 Kb.
səhifə4/12
tarix02.01.2022
ölçüsü37,54 Kb.
#39142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Gigiena4taza

III. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi

16. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan maktab yoshidagi, tayyorlov guruhlariga esa — ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamagan — maktabgacha yoshdagi bolalar qabul qilinadi.

17. Bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda psixologik-tibbiy- pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.

18. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshdan boshlab, tayyorlov guruhlariga esa — 5—7 yoshdagilar qabul qilinadi.

Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan yosh me’yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.

19. Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

20. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun – vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.

Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi:

1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;

2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni;

3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

4) ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;

5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;

6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:

pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;

psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;

otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun — so‘zlashuv nutq va shivirlab aytilgan so‘zlarni idrok etish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlari, audiogramma ma’lumotlari);

oftalmologning ko‘rish organiga tavsifi (ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun- batafsil tashxisi);

ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun);

Oldingi tahrirga qarang.

(20-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)

21. Ta’lim muassasalarida o‘qimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 20-bandi 4 va 5-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.

22. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan chin yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yig‘majildida mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham bo‘lishi kerak:

tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni ta’lim muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusxasi;

ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining yo‘qligi yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar);

Oldingi tahrirga qarang.

(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo‘lsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan mulk ro‘yxati;



Oldingi tahrirga qarang.

turar joyni bolaning nomiga o‘tkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turar joy rejasi, tuman (shahar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan turar joy egasi va xususiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxalari);



(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)

pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrug‘i nusxasi (yoki aliment to‘lash haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusxasi), jamg‘arma daftarchasi.

23. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:

eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik kar bo‘lgan bolalar);

ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rlar, zaif ko‘ruvchilar, keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar);

nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);

tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining yetishmovchiligi — pakanalik);

psixik rivojlanishi sust bolalar;

aqli zaif bolalar;

murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p yetishmovchilik bo‘lgan bolalar).

24. Murakkab nuqsonli bolalarni (agar hamroh nuqsonlardan biri aqliy zaiflik bo‘lgan hollarda) qabul qilish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi asosida, ota-onalari yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan, o‘quv-tarbiya jarayonida bolalar bilan bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida uning o‘zlashtirmasligi oligrofreniya darajasidagi aqli zaiflik bilan bog‘liqligi aniqlangan holda amalga oshiriladi.

25. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:

a) aqli o‘ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);

b) xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo‘lgan bolalar;

v) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar;

g) ko‘r-kar-soqov bolalar;

d) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;

e) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.



Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu toifadagi bolalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasalariga yo‘llanadi yoki ularga yakka tartibda uyida o‘qitish tashkil etiladi.



(25-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori o‘quvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.




Yüklə 37,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin