Microsoft Word 143.Ñàèäîâ À++



Yüklə 120,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü120,44 Kb.
#178194
  1   2   3
8961-Текст статьи-21536-1-10-20230528



O‘ZBEK OILALARIDA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA 
SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILANING 
O‘RNI 
Saidov Azamat Ismoilovich, ps.f.d. prof.v.b 
Samrqand davlat chet tillar instituti
saidovazamat@bk.ru
 
 
 
Annotatsiya:
Maqolada o‘zbek oilalarida milliy qadriyatlar asosida sog‘lom 
va barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rni va ahamiyati haqida fikr 
yuritilgan. Shuningdek, bugungi kunda milliy qadriyatlar asosida o‘zbek oilalarida 
farzandlarni tarbiyalash borasida yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar to‘g‘risida 
mulohazalar bayon etilgan.
 
Tayanch so‘zlar:
sog‘lom avlod, milliy qadriyatlar, millat, tarbiya, ijtimoiy 
muhit, oila, urf-odatlar, nizoli vaziyatlar, xulq-atvor.
 
Oilaning mustahkamligi, undagi ma’naviy muhitning barqarorligi yoshlarning 
salomatligiga, sog‘lom turmush tarzi malakalariga ega ekanligiga ham bog‘liq. 
Bunda ota-onaning, yaqin qarindosh-urug‘larning umuman sog‘lom turmush tarzi 
haqidagi tasavvurlari va ularning kundalik turmushda salomatlikni asrash 
ko‘rikmalariga ega ekanliklari katta ahamiyat kasb etadi.
Oilada sog‘lom turmush tarzining shakllanishi va bir umrga ana shu 
ko‘nikmalarga rioya qilishi ko‘p jihatdan har bir oila a’zosining aqliy, axloqiy, 
irodaviy tarbiyasiga bog‘liq va insonning birinchi navbatda, o‘z-o‘ziga bo‘lgan 
talabchanligidan kelib chiqadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kishilarning o‘z 
sog‘liqlari to‘g‘risidagi qayg‘urishlari, ularning turmush darajasi, sifati, har bir 
shaxsning yashash tartibi (stiliga) va mazkur mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
salohiyatiga ham bog‘liq. Shu boisdan ham, mamlakatimizda bugun aynan 
xalqimiz faravonligini yanada ko‘tarish, jamiyatda har bir kishining xohlagan 
turdagi jismoniy tarbiya va sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini 
yaratish va eng asosiysi, odamlarni, ayniqsa, yoshlarni jismoniy madaniyatli va 
sport bilan shug‘ullanish, har bir fuqaro turmush tarzining ajralmas bir bo‘lagiga 
aylantirish va ijtimoiy odat sifatida ongiga singdirish bugunning eng dolzarb 
muammolaridan biri hisoblanadi. 
Oila har xil jinsli shaxslarning roziligi, kelishuvi asosida o‘zlarining ijtimoiy-
iqtisodiy faoliyatlarini birgalikda olib borish va o‘zlaridan nasl qoldirish 
maqsadida tuziladigan jamiyatdir. Oila qurgandan keyin odamning asosiy hayoti 
va faoliyati oilada o‘tadi va u inson holatiga va sog‘lig‘iga o‘zining ijobiy yoki 
salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Odatda, bu omillarning ko‘pchiligini ijtimoiy-
iqtisodiy yoki ijtimoiy-psixologik omillar deb ham yuritiladi. 
Oilada ana shu muammolarning yoki quvonchlarning ko‘proq yoki aksining 
bo‘lishi, ko‘p jihatdan oilada shakllangan ijtimoiy-psixologik me’yorlarga, 
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga, oila a’zolarining aqliy, axloqiy, nafosat va boshqa 
tarbiyalarning qanchalik shakllanganlik darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.


Odam hayoti, sog‘lig‘i - eng katga ijtimoiy boyliqdir. Bu oila, maktab va 
inson tarbiyasi, kamoloti bilan shug‘ullanuvchi boshqa maskanlar oldiga sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirish masalasini ko‘ndalang qo‘yadi. Millat sog‘lig‘i ham 
tabiiy ravishda, sog‘lom turmush tarzi orqali hal etiladi. Shu boisdan, yoshlarni 
komil inson sifatida tarbiyalash ajdodlarimizning azaliy orzu niyati bo‘lib
kelgan.
Tarbiya bu insonning o‘zi va o‘z xulqi haqidagi tasavvurining to‘g‘ri va xolis 
bo‘lishini ta’minlovchi murakkab jarayon hisoblanadi. Buyuk ma’rifatparvar 
Abdulla Avloniy tarbiya haqida “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot 
– yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir,”- degan fikrni aytib o‘tgan. 
Uning bu fikrini keng mushohada qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda yoshlar 
tarbiyasiga alohida e’tibor bilan yondoshish zarurligi ayon bo‘ladi. Shuni ta’kidlab
o‘tish lozimki, millatga xos bo‘lgan an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar shaxs 
ma’naviyati, kamolotini shakllantiradi [1].
Xalqimizda “Vatan ostonadan boshlanadi” degan dono hikmat mavjud. 
Ostona oiladan boshlanib, u ma’naviyat, tarbiya o‘chog‘i, jamiyatning asosiy
bo‘g‘ini hisoblanadi. Oilaning asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan muqaddas 
an’analari orqali yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, iymon-e’tiqod, 
mas’uliyat, 
insonparvarlik 
kabi
ezgu 
g‘oyalar
joy
oladi. 
Oila bilan birgalikda yosh avlodni tarbiyalashda mahallaning o‘rni ham
beqiyosdir. Mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va an’analariga 
tayangan holda ulkan tarbiyaviy vazifani amalga oshiradi. Mahalla, maktab va 
jamoatchilikning avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tib kelayotgan milliy 
qadriyatlarga tayangan holda ish ko‘rishi farzandlar tarbiyasida ijobiy natijalarga 
olib kelishi shubhasizdir. Mamlakatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalashda oila-
mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish samaralar garovidir. Bu 
borada hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan yo‘nalishlar quyidagilardan 
iborat: 
- oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligini ta’minlashning huquqiy 
bazasini takomillashtirish, hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan uslubiy 
ta’minotni mustahkamlash; 
- oilada yoshlar va ota-onalarning ijtimoiy faolligini oshirish; 
- oilalarda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish; 
- har bir oila a’zolarining ongida sog‘lom turmush tarzi tushunchasi va 
munosabatini shakllantirish; 
- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash; 
- barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni 
mazmunan takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish; 
- sog‘lom avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 
Yoshlar o‘rtasidagi sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi tasavvurlarni 
shakllantirish – bu faol mehnat, kuchli jismoniy va ruhiy holat, ko‘tarinki kayfiyat, 
o‘ta xavfli va zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni yenga oladigan, yetuklikka 
intiluvchan shaxsning shakllanish jarayonidir. Shundan kelib chiqib, bugungi 
kunda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-


siyosiy, ijtimoiy-psixologik, tibbiy-psixologik va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot 
ishlarini samarali hamda ta’sirchan uslubda amalga oshirish maqsadida har bir 
ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiena, oila ma’naviyati, 
zararli illatlarning sog‘lom bola tug‘ilishiga salbiy ta’siri haqidagi tibbiy 
bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulotlari, davra suhbatlari keng joriy 
etilmoqda. Bu yoshlarimiz ongida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini singdirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar avvalo 
yoshlarni har jihatdan yetuk qilib tarbiyalashga yo‘naltirilmoqda. Xususan, 
mamlakatimizda “oila-mahalla-maktab hamkorligi konsepsiyasi”-ning tadbiq 
etilishi barkamol avlod tarbiyasi islohotlarining yangicha yondashuvlarga 
asoslangan modeli bo‘lib hizmat qilmoqda. Bu masalaning bugungi kundagi 
ahamiyati va dolzarbligi shundaki, yoshlarning xususan, talabalar ijtimoiy-siyosiy 
faolligi, barkamol avlod bo‘lib yetishishi, har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lishida, 
ularning sog‘lom turmush tarziga amal qilib voyaga etishida oila va mahalla 
institutlari hamkorligining yangi imkoniyatlarini kengaytirish dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Har bir inson o‘z oilasining fayzli, farovon va mustahkam bo‘lishini istaydi. 
Ammo oila qurib, yurtparvar, aqlli, solih farzandlar o‘stirib, kamolga etkazish 
g‘oyat mushkul ish ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Hech bir shubhasiz aytish 
mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasidir. Chunki bu muqaddas 
dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u ma’nan va aqlan tarbiya topadi. 
Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa jamiyat ham shunchalik barqaror bo‘ladi va tez 
rivojlanadi. Inson o‘zini o‘rab turgan dunyo haqidagi bilimlarini ma’naviyat va 
axloq haqidagi ilk tushunchalarni yaxshilik va yomonlik to‘g‘risidagi boshlang‘ich 
tasavvurlarni oiladan oladi. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda asosan profilaktik tekshirish, uzoq 
muddatli kasalliklarni aniqlash va davolash, sog‘lom turmush tarzini amalga 
oshirish, shu bilan birga zararli ko‘nikmalar bo‘lgan chekish, ichish va 
giyohvandlik, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, OITSning oldini olish 
bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Ma’lumki, oila qurishdan maqsad nafaqat ikki yoshning baxtli va birga hayot 
kechirishi, balki sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirish va mustahkam oila barpo 
etishdir. Vaholanki, sog‘lom muhitni tashkil etishda ko‘plab tarkib va birikmalar, 
shu bilan birga, ikki yoshning salomatligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – 
mamlakat barqarordir. Mahalla – insonni jamiyat bilan uyg‘unlashti-radigan hamda 
shu ruhda tarbiyalaydigan eng katta sahovatli go‘sha va beqiyos Vatandir. 
Mustaqillik sharofati tufayli qo‘shnichilik va mahallachilik an’analari yangi ruhda 
shakllanib, oilaviy maishiy munosabatlarni mustahkamlovchi hamda barcha to‘y-
hashamlarda, ma’rakalarda hamdard, kamarbasta bo‘lib, o‘zaro yordam berib 
qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynamoqda. Mahallachilik katta-kichikni hurmat 
qilish, yoshi ulug‘larni e’zozlash, oilaviy munosabatlarda ahillikni saqlash kabi 
fazilatlarni nazorat qilishda yetakchi o‘rinda turadi. Zero, har bir o‘zbek farzandi 
dastlabki tarbiyani mahalladan oladi.


Tarbiya borasidagi milliy qadriyatlarimiz bo‘yicha mahalla ahli, ayniqsa 
keksalar ko‘chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o‘tib 
ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib ularni to‘g‘ri yo‘lga chaqirgan. Bolalarning 
odobli bo‘lib ulg‘ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta 
ibrat maktabidir Yoshlarning har tomonlama chiroyli, odobli, go‘zal xulqli 
bo‘lishida oila va qo‘ni-qo‘shnilarning o‘rni borasida muqaddas dinimizda ham 
katta ahamiyat beriladi.“Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb bejiz aytmagan 
xalqimiz. Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, 
muomalasi, boshqalar bilan o‘zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta 
bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. 
Shuning uchun uning atrofdagilari o‘z odatlari bilan ba’zan o‘zlari sezmagan holda 
ularga ta’sir qiladilar. Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, 
yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog‘lom muhitni 
keltirib chiqaradi. 
Oilada farzandlarni ma’naviy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ularni 
ma’nan yetuk, axloqan pok, aqlan zukko va sog‘lom avlod bo‘lib yetishishlarida 
muhim o‘rin tutadi. Ammo, bugungi kunda ayrim oilalarda bu masalada qator 
kamchiliklar ham ko‘zga tashlanmoqda. Quyida o‘zbek oilalarida milliy 
qadriyatlar asosida farzandlarni tarbiyalash borasida yo‘l qo‘yilayotgan ayrim 
kamchiliklar to‘g‘risida fikr yuritishga harakat qilamiz. 

Yüklə 120,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin