Microsoft Word 143.Ñàèäîâ À++



Yüklə 120,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü120,44 Kb.
#178194
1   2   3
8961-Текст статьи-21536-1-10-20230528

1. Oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlarimizdan, ya’ni ertak, maqol, rivoyat va 
hadis ilmidan yetarlicha foydalanilmayotganlik holati. 
2. Oilada bolalar tarbiyasida qariyalarning ishtirok etmasligi holati ham 
bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
.
3. Bolalar va o‘smirlarda g‘ayriaxloqiy xulqning kelib chiqishiga sabab 
bo‘luvchi oilaviy tarbiyaga bog‘liq bo‘lgan omillardan yana biri oilaviy tarbiyada 
primetiv (eskirgan, noma’qul) usullardan foydalanishdir.
4. Oilalarda farzandlar uchun imkon qadar moddiy va maishiy sharoitning 
yaratib berilmasligi holati ular xulqida og‘ishlarning kelib chiqishiga sabab 
bo‘lishi mumkin.
5. Ayrim oilalarda farzandlarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini ota-ona 
va oilaning boshqa a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi holati.

6. Ayrim ota-onalarning oilada farzandlari bilan qilayotgan muomala-
munosabatlari bolalar va o‘smirlarda g‘ayriaxloqiy xulqning kelib chiqishiga 
sabab bo‘lishi holati.
7. 
Ota-onalarning farzandlari hayoti va faoliyati bilan jiddiy qiziqmasliklari, 
ularni nazoratsiz qoldirishlari, ko‘pincha o‘smirni g‘ayriqonuniy xulq-atvorga ega 
bo‘lgan bolalar va o‘smirlar safiga qo‘shilib ketishga olib keladi.
8. Oilaviy tarbiyada qo‘pollik, andishasizlik, haqorat, do‘q-po‘pisa va 
jismoniy jazolash singari usullardan foydalanish holati ko‘pincha bolalar va 
o‘smirlarning uydan qochishiga, biron ish qilib qo‘yib ota-onasidan qo‘rqqanidan 
ko‘chalarda daydisirab yurishiga, qaerlardadir tunab qolishiga olib keladi.
9. 
Oilalarda ota-ona hamda farzand o‘rtasidagi munosabatlarda o‘ziga xos 
samarasiz usullardan foydalanilanish holati.
10. Ota-onalarning rad etish, ta’qiqlash, ruxsat etmaslik asosidagi 


tarbiyalash usuli ba’zan bolalar va o‘smirlarda tarbiya buzilishiga olib keladi.

11. 
O‘zbek 
oilalarida 
ota-onalarning 
farzandlarni 
tarbiyalashdagi 
kamchiliklaridan yana biri bolalarning tarbiyasiga yoshligidan e’tibor 
berilmaslikdir.
12. Oilalarda farzandlarni jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, ma’nan barkamol 
etib tarbiyalash borasidagi e’tiborsizlik. 
Ma’lumki, sog‘lom avlodning shakllanishida oilaning, oila muhitining o‘rni 
katta. Oiladagi o‘zaro sog‘lom munosabatlar, psixologik muhit va sog‘lom 
turmush tarzi har tomonlama barkamol avlodlarni voyaga yetkazishda bosh omil 
hisoblanadi. Shu boisdan, eng avvalo oilada sog‘lom turmush tarzi muhitini, 
psixologiyasini shakllantirish muhimdir. Ammo kuzatishlarimizga qaraganda
ko‘pchilik oilalarda sog‘lom turmush tarzi psixologiyasini shakllantirish 
masalasida o‘zi bo‘larchilik holati uchraydi. Bu esa oilalarda voyaga yetayotgan 
farzandlar ongida, dunyoqarashida sog‘lom turmush tarziga nisbatan nosog‘lom 
munosabatning paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘zbek xalqining ma’naviy va 
milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari oila va oilaviy munosabatlarda, jumladan 
bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Jismonan baquvvat, ma’nan barkamol, 
aqlan yetuk farzandlarni voyaga yetkazish tamoyili Sharq ijtimoiy tafakkurining va 
mentalitetining asosiy mazmunini tashkil etadi. Chunki, bolani tarbiyalash orqali 
mehr-muruvvat tuyg‘ulari shakllangan barkamol insonni voyaga yetkaziladi. Bola 
qadriyati – bu o‘zbek xalqi turmush tarzi, ruhiyati, bolajonlik odatlari, 
serfarzandlik va ayni paytda sog‘lom, baquvvat, ma’naviy va jismoniy yetuk avlod 
yetishtirish an’analari, tafakkur tarzidir.
Shuni aytib o‘tish joizki, miliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar oilada 
bizgacha yetib keladi. Shu muhitda o‘sayotgan millatimiz kelajagi merosxo‘rlari 
farzandlarimizni milliy urf-odatlarga xos qilib tarbiyalash lozimdir. Nazarimizda 
oilaviy tarbiya bo‘yicha milliy qadriyatlarimiz va udumlarimizga eskilik sarqiti 
deb qarash noto‘g‘ridir.
Boy va rang-barang madaniyatimiz, urf-odat va 
an’analarimiz barcha qadriyatlarimiz milatimizning ma’naviy, ruhiy boyliklarini 
tashkil etadi. Uni chuqur o‘rganib, o‘zlashtirib olgan inson oldiga qo‘yilgan har 
qanday maqsadga erisha oladi. Chunki madaniyatimiz axloq-odob, urf-odat 
me’yorlaridan xabardor inson hech qachon ko‘r-ko‘rona ish qilmaydi.
Demakki, barcha milliy tarbiya bo‘yicha urf-odatlarimiz zamirida ezgulik 
yotadi. Ularda faqat ozodalik, yaxshilik, odamiylik kasb etadi. Milliy urf-
odatlarimiz asnosida tarbiyalangan shaxs yuksak ma’naviyati boy inson bo‘lib 
shakllanadi. Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o‘z ota-bobolariga, 
o‘z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an’nalariga sodiq bo‘lib kamol 
topishsin. 

Yüklə 120,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin