MASAL HAQIDA TUSHUNCH4 «Masal» so'zi arab tilida namuna, misol degan ma'noni anglatadi. Biz biror-bir fikrn tushuntiradigan bo'lsak, masulan so'zini ishlatishi- mizning boisi ham shunda. Badiiy adabiyotda masal so'zi mustaqil adabiy janr ma'nosida keladi Masai didaktik, ya'n? axloqiy-ta'hmiy janrdir. Bu janrga mansub asarlar she'riy yoki nasriy shaklda bo'lib, kichik hajmda bitiladi. Masai majoziy, ko'chma ma'nodagi asar hisoblanib, unda jamiyat, insonlar hayotidagi voqealar. ular o'rtas-dagi munosabatlar hayvonlar, qushlar. buyumlar. o'simliklar vositasida tasvirlanadi. Bunday asarlar tan- qidiy ruhda yaratilgani uchun unda hajviy tasvir. inutoyiba kinoya ustun bo ladi. Masaldagi voqealar bayoni xuddi ertak. latitalarga o'xshasa-da. asar yakunida taM.miy xulosa chiqariladi.
Masal janri qadim tarixga ega. Uning mukammal namunalarini mi- loddan avvalgi VI-V asrlarda buyuk masalnavis Ezop ijodida uchratamiz. Sharq adabiyoumng atoqh namoyandalari Farididdin Attor, Navoiy o'z asarlarida masaldan unumli foydalanganlar.
Fransuz adibi Lafonten, ispaniyalik adib Lope de Vega, rus adiblari I. Krilov, S. Marshak, S. Mixalkovlar masallarning ajoyib namunalarini yaratganlar. Bugungi o'zbek adabiyotida Sami Abduqahhor, 01 nn Qo'ch- qorbekov, Muxtor Xudoyqulov, Yamin Qrrbon kabi masalchi shoirlarimiz ushbu janrda faol ijod qilmoqdalar.
IV.MUSTAHKAMLASH 1.«Zarbulmasal»dan keltirilgan naqllardagi odamlarning latifanamo holatini sharhlang.
2.«Zarbiilmasal» deb qanday asarga aytiladi?
3.Daftaringizga «Zarbulmasal»dagi maqol va iboralarni ko'chirib oling. Ulami hozirgi maqollar bilan taqqoslang.
V. O`quvchilarni baholash: Ishtirokiga qarab
VI. UYGA VAZIFA: __________________________________________________________________________
Muallif: D. Haydarova