5 – Ma’ruza. Kompetensiya tushunchasining pedagogic – psixologik tahlili. Kreativ, akt- kreativ kompetensiyalari. Bo’lajak o’qituvchilarning kreativ kompetentligi Reja



Yüklə 31,66 Kb.
səhifə2/2
tarix02.10.2023
ölçüsü31,66 Kb.
#151538
1   2
5 тема

Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiyhal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati

Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish; 2) o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishgaxizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya qilingan vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o‘qituvchilar uchun qo‘l keladi hamda talabalarda o‘quv fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, intilishni rivojlantiradi. Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardir:

Asosiy shakllar

Me’yoriy hujjatlar
(o‘quv fanlari bo‘yicha
DTS, o‘quv dasturi va
rejalari)ni tayyorlash

O‘quv manbalari (darslik, o‘quv-metodik va metodik qo‘llanma,
tavsiyanoma, lug‘at, ensiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish

Ta’lim jarayoni va ma’naviy ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash

O‘quv axborotlari, nazorat
hamda sinov topshiriqlarini
shakllantirish

Ta’lim jarayonini qiziqarli,
jonli, jo‘shqin tashkil etish

Ilmiy-tadqiqotlarni
muvaffaqiyatli olib boorish

Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish

Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish

Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o‘tish

Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yüklə 31,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin