5- mavzu: standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitalar reja



Yüklə 26,02 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü26,02 Kb.
#169437
  1   2
Стандарт а. 5-мавзу


5- MAVZU: STANDARTLASHTIRISH BO’YICHA TEXNIK QO’MITALAR
Reja:
1. Texnik qo’mitalar to’grisida umumiy ma’lumot.
2. Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik.


Bir turdagi mahsulot va tarmoqlararo foydalaniladigai mahsulot uchun me'yoriy hujjatlarni yaratish bo’yicha faoliyat ishchi idoralar- standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitalar (TQ) tomonidan olib boriladi. Bunday amaliyot xalqaro tashkilotlar ishida qo’llaniladi. Jumladan, ISO o’z vazifalarini 200 dan ortiq texnik qo’mitalar, 2000 yordamchi qo’mitalar va ishchi guruhlar orqali bajaradi. Xalqaro elektrotexnika komissiya (IEC) ham 100 ga yaqin texnik qo’mitalar, 1000 dan ortiq yordamchi ko’mita va ishchi guruhlar tuzgan. Mazkur turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda etakchi bo’lgan har bir mamlakat-xalqaro tashkilot a'zosi texnik qo’mitalarni boshqaradi. Xalqaro tashkilotlarning texnik qo’mitalari har yili o’rtacha 500-800 nomli standartlarni, qo’llanmalarni, qoida va me'yorlarni ishlab chiqadi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Davlatlararo kengash qatnashchi-mamlakat boshqaradigan davlatlararo texnik qo’mitalar tuzgan.
Xalqaro va Davlatlararo texnik ko’mitalarni bunday olib borish amaliyoti davlatlarning savdo-iqtisodiy o’zaro hamkorligidagi savdo va texnik to’siqlarni bartaraf etishga ko’maklashadi.
Vazirlar Maxkamasining qaroriga muvofiq «O’zstandart» agentligining asosiy vazifalaridan biri sifatida bir turdagi mahsulot standartlarini ishlab chiqish bo’yicha tarmoq tuzilmalarini tashkillashtirishga ko’maklashish, ularning faoliyati ustidan ilmiy-uslubiy rahbarlikni ta'minlash va tekshirish vazifasi yuklatilgan «O’zstandart» agentligiga iqtisodiyot tarmoqlari bilan birga standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitalarni belgilangan tartibda shakllantirishda qatnashish vazifasi qo’yilgan.
O’z RH 51-013:1993 «Tipovoe polojenie o texnicheskom komiteti po standartizatsii» da standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitalarning umumiy qoidalari, asosiy vazifalari, shuningdek ularning tuzilmasi va tarkibi belgilangan.
Texnik qo’mitalar manfaatdor tomonlarning mutaxassislari vakolatlangan vakillaridan iborat bo’lib, mahsulotning ma'lum turlari, texnologiyalar va standartlashtirishning boshqa ob'ektlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan va davlat hamda mahsulot (xizmatlar) iste'molchilari (buyurtmachilari)ning manfaatlarida davlat, tarmoq, dav­latlararo va xalqaro standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ishlarni olib borish uchun eng yuqori ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega tashkilotlar asosida tuziladi.
Mahsulotning asosiy iste'molchilari (buyurtmachilari) - kor­xonalar, mahsulotni ishlab chiquvchi va tayyorlovchilar-korxonalar, jamoat birlashmalari, davlat nazorati idoralari va manfaatdor boshqa korxonalar texnik qo’mitalarga a'zo bo’lishlari mumkin. Bunda texnik qo’mitalar tarkibiga asosiy iste'molchi (buyurtmachi), «O’zstandart» agentligi, Davlat arxitektura qurilish, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasining sog’liqni saqlash vazirligi (biriktirilgan faoliyat sohalari bo’yicha) vakillarining kirishi majburiydir.
Texnik qo’mitalarni rais boshkaradi. Rais tashkilotlar, korxonalarning pahbarlari yoki ularning muovinlari, bosh instruktorlar, bosh texnologlar, tashkilot bo’linmalarining rahbarlari, texnik qo’mitalar tarkibiga kirgan etakchi olimlar va mutaxassislar ichidan saylanadi. Texnik qo’mitalar raisining muovinlari etib asosiy iste'molchi va «O’zstandart» agentligi (davlat arxitektura qurilish, Sog’liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining vakolatlari doirasida) vakillari tayinlanadi.
Texnik qo’mitalar o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi hududida amaldagi standartlashtirish bo’yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
-davlatlararo, davlat va tarmoq yangi standartlarini ishlab chikadi, qayta ko’rib chiqadi yoki amaldagilariga o’zgartirishlar kiritadi;
-standartlashtirish bo’yicha xalqaro va hududiy tashkilotlarning texnik qo’mitalarning ishlarida qatnashadi;
-davlatlararo, davlat va tarmoq standartlashtirish dasturlariga takliflarni ishlab chiqadi;
-standartlashtirish bo’yicha xalqaro, davlatlararo, hududiy tashkilotlarda ovoz berish uchun O’zbekiston fikrini tayyorlaydi;
-barcha darajalardagi me'yoriy hujjatlarning ilmiy-texnikaviy ekspertizasini bajaradi.
Texnik qo’mitalar ta'sis etuvchilar korxonalarning birgalikdagi buyrug’i, shuningdek «O’zstandart» agentligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Davlat arxitektura qurilish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasiiing sog’liqni saqlash vazir­ligi (biriktirilgan faoliyat sohalari bo’yicha) buyrug’i bilan tuziladi.
Texnik qo’mitalarning faoliyat sohasi juda keng bo’lib, tarmoq va davlat standarlashtirishdan boshlab, xalqaro va davlatlararo standartlashtirishgacha boradi.
Texnik qo’mitalar tarkibida yordamchi qo’mitalar va ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
Texnik qo’mitalarning standartlashtirish bo’yicha faoliyatini takomillashtirish va vakolatlarini kengaytirish uchun belgilanganki, texnik qo’mitalar faoliyati natijalari bo’yicha qabul qilingan bayonnoma qarori hujjat (loyiha) ning texnik qo’mitalarga a'zo barcha tashkilotlar bilan kelishilganligini tasdiqlaydi.
Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik bo’yicha ishlar 1881 - yilda boshlangan. Bunda elektr bo’yicha birinchi xalqaro kongress tuzildi. 1904-yilda Sent-Luisda (AQSh) hukumat vakillarining epektr bo’yicha xalqaro kongressi majlisida elektr mashinalar atamalarini va parametrlarini standartlashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi maxsus idora tuzish zarurligi to’g’risida qaror kabul qilindi.
Bunday idora-Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) rasmiy ravishda 1906-yilda Londonda 13 mamlakat vakillarining konferentsiyasida tuzildi.
1946-yilda ISO tuzildi va unga Xalqaro elektrotexnik komissiya o’zining moliyaviy va tashkiliy masalalarda mustaqilligini saqlagan holda alohida huquqlar bilan qo’shildi.
Bu tashkilotlarning sekretariatlari hududiy jihatdan bir binoda Jenevada joylashgan.
ISO va Xalqaro elektrotexnik komissiyaning faoliyat sohalari aniq chegaralangan-Xalqaro elektrotexnik komissiya elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohasida, ISO esa qolgan barcha sohalarda standartlashtirish bilan shug’ullanadi.
Mamlakatlar o’zlarining milliy ko’mitalari bilan Xalqaro elektrotexnik komissiyada qatnashadi. Milliy qo’mitalar sanoatning barcha sohalari manfaatlarini ifodalaydi. Ko’pchilik mamlakatlarda bunday milliy tashkilotlar qatnashadi. Bu bilan bir qatorda ba'zi mamlakatlarning Xalqaro elektrotexnik komissiyada qatnashuvchi milliy qo’mitalar standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlardan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi (masalan bunday mamlakatlarga Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya va boshqalar kiradi).
Hozirgi vaqtda 41 milliy qo’mita Xalqaro elektrotexnik komissiya a'zosidir. Bu mamlakatlarda jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 95 % ni iste'mol qiluvchi er sharining 80 % aholisi yashaydi. Bular asosan sanoati rivojlangan mamlakatlar. Shuningdek sanoat tarmoqlariga ega bo’lgan rivojlanib kelayotgan qator mamlakatlardan iborat. Xalqaro elektrotexnik komissiyaning rasmiy tili-inglizcha, frantsuzcha va ruscha.
Xalqaro elektrotexnik komissiyaning asosiy vazifasi yuqorida nomi keltirilgan sohalarda Xalqaro standartlarni yaratishdan iborat.
Xalqaro elektrotexnik komissiyaning oliy rahbar idorasi Kengash bo’lib, bunda mamlakatlarning barcha milliy qo’mitalari qatnashadi. Saylanuvchi lavozimli shaxslarga prezident uch yillik muhlatga saylanadi, vitseprezident, xaznachi va bosh sekretar kiradi.
Xalqaro elektrotexnik komissiya texnik idoralarining tuzilmasi ISO dagi kabi texnik qo’mitalar (TQ), kichik qo’mitalar (KQ) va ishchi guruhlar (IG) dan iborat. Umuman, Xalqaro elektrotexnik komissiyada 80 dan ortik texnik qo’mitalar bor bo’lib, bularning bir qismi xalqaro umumtexnik va tarmoqlararo xarakterdagi standart­larni (masalan, atamalar bo’yicha, grafik tasvirlar, standart kuchlanishlar va chastotalar, iqlim sinovlari va boshqalar), boshqa qismi esa, mahsulotning muayyan turlari uchun (tarnsformatorlar, elektron tex­nik buyumlari, maishiy radioelektron apparatlari va boshqalar) stan­dartlarni ishlab chiqadi.
Xalqaro elektrotexnik komissiya standartlarini yaratish protsedurasi uning Ustavi, Pro­tsedura qoidalari va texnik ishlar bo’yicha Umumiy direktivalar tomonidan belgilanadi. Har 1-1,5 yilda texnik qo’mitalar kichik qo’mitalar majlislarda o’z ishlarining dasturlarini tuzadi (yoki to’g’rilaydi). Har yili Xalqaro elektrotexnik komissiya dasturiga 500 gacha va bundan ham ortiq yangi, xalqaro standartlarni yaratishni ko’zda tutuvchi mavzular kiritiladi. IEC/ISO ishlab chiqqan va 1990 yil 1 fevraldan amalga kiritilgan Direktivalarga muvofiq amaldagi standartni qayta ko’rib chiqish yangi mavzuni ishlab chiqish kabi qaraladi.
ISO kabi, 1972 yilda Xalqaro elektrotexnik komissiya o’z tavsiyanomalarini xalqaro standartlar deb nomladi.
Hozirgi vaqtda 2 mingdan ortiq Xalqaro elektrotexnik komissiya standartlari yaratilgan, bunda Xalqaro elektrotexnik komissiya standartlari o’zlarida mahsulotga va mahsulotni sinash metodlariga texnik talablarning mavjudligi nuqtai nazardan ISO standartlariga nisbatan ancha to’liq tuzilgan bo’ladi. Buni, bir tomondan, Xalqaro elektrotexnik komissiyaning faoliyat sohasiga kirgan mahsulotga talablarda xavfsizlikka oid talablar asosiy hisoblanishi bilan tushuntirish mumkin, boshqa tomondan esa, ko’p o’n yilliklar davomida to’plangan ish tajribasi standartlashtirish masalalarini ancha to’liq hal qilishga imkon beradi.

Yüklə 26,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin