Tayanch iboralar: Texnik qo’mitalar, mahsulotning yangi namunalari loyihalarida standartlashtirishning maqbul darajasini o’rnatish na ta'miinlash bo’yicha ishlarni olib borish, mahsulotga me'yoriy hujjatlarda keltirilgan ko’rsatkichlar va me'yorlarning amaldagi standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini o’rnatish maqsadida ushbu me'yoriy hujjatlarni muttasil ravishda tekshiruvlarni o’tkazish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo’yicha rejalarni va chora-tadbirlarni ishlab chiqishda korxonalar va tashkilotlarga uslubiy yordam ko’rsatish kiradi; standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlar belgilangan vazifalar va ishlarning bajarilishiga mas'ul bo’ladi, Xalqaro elektrotexnik komissiya, Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) rasmiy ravishda 1906-yilda Londonda 13 mamlakat vakillarining konferentsiyasida tuzildi, Xalqaro elektrotexnik komissiya texnik idoralarining tuzilmasi ISO dagi kabi texnik qo’mitalar (TQ), kichik qo’mitalar (KQ) va ishchi guruhlar (IG) dan iborat.
Nazorat savollari: 1. Standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlar qanday tashkilot?
2. Standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
3. O’zbekiston Respublikasida nechta standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi?
4. Standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkilotlar belgilangan vazifalarning bajarilishida qanday ishlar olib boradi?
5. Elektrotexnika sohasida xalqaro hamkorlik bo’yicha ishlar qachon boshlangan?
6. IEC qachon tuzildi?
7. ISO nima bilan shug’ullanadi?
8. IEC qanday vazifalarni bajaradi?