Tafakkurning mantiqiy shakllari. Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odatda nutq tafakkur jarayonida hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Shuning uchun hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar tafakkurning spetsifik shakllari deb ataladi.
Tafakkur shakli: Tushuncha, juz’iy, taxminiy, shartli, tasdiqlovchi, yakka, konkret, umumiy, abstrakt, xususiy, to‘planma, induktiv, deduktiv, analogik
Narsa va hodisalarda, voqelikda haqiqatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan belgilar (alomatlar) hukmlarda ham bog‘liq ravishda ko‘rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsa (tomon) hukmlarda ham ajratib ko‘rsatilsa — bu chin hukm deb ataladi. Masalan, «Metallar — elektr tokini o‘tkazuvchidir», «Metallar qizdirilgandan kengayadi», degan chin hukmlardir. CHunki elektr tokini o‘tkazish, qizdirilganda kengayish metallarga xos xususiyatlardir, bu hukmda u yoki bu holat faqat tasdiqlanib aytilayotir.
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa hukmda bog‘liq qilib ko‘rsatilsa, bunday hukm xato (yolg‘on) hukm deb ataladi. CHunki bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga aslo muvofiq kelmaydi. Masalan, «Atom — moddaning bo‘linmas zarrachasidir», degan noto‘g‘ri hukmdir. Atom murakkab moddiy tizimga ega bo‘lib, u yadro va elektronlarga bo‘linadi. Atomning yadrosi ham bo‘linadi, bu yadro protonlardan va neytronlardan iboratdir, degan hukmlardir. «Yer quyosh atrofida aylanmaydi», degan misol ham chin bo‘lmagan hukmlar doirasiga kiradi. Allaqachonlar inson tomonidan kashf qilingan geliotsentr nazariyasi mavjud bo‘lib, ana shu nazariyaga asoslangan holda mazkur qonun hukm surmoqsa. Demak, hukmning chinligi, ya’ni voqelikni to‘g‘ri aks ettirishi — uning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Borlikdagi narsalar, hodisalar va voqelikning miqdoriga, ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:
1) tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm. Hukmlarning ushbu asoslarga tayanib bo‘linishi sifatga qarab bo‘linishi deb ataladi;
2) yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukmga ajratilishi mumkin. Hukmlarning bunday belgilarga binoan bo‘linishi miqsorga qarab bo‘linishi deyiladi;
3) shartli, ayiruvchi va qat’iy hukm singari ko‘rinishlar mavjud bo‘lib, u hukmlarning munosabatga qarab bo‘linishi deb ataladi;
4) hukm taxminiy ko‘rinishga ega bo‘lishi ham mumkin. Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechog‘lik muhim bo‘linishiga yoki voqelikka mos kelishmasligiga bog‘liq. Masalan, «Ertaga yomg‘ir yog‘ish mumkin», «Paxta rejasi to‘lib qolsa kerak».
Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar hukmning mazmunini tashkil qiladi.
Narsa bilan belgining aloqasi (borliqligi) aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hukm deb ataladi. Masalan, «Alisher Navoiy buyuk o‘zbek shoiri va mugafakkiridir», «Tinchlik imperializm uchun dahshatli quroldir», «O‘zbekiston qorako‘li bilan jaxrnga mashhurdir», «1977 yil Toshkent metrosi ishga tushgan sanadir» va hokazo.
Narsa bilan belgi o‘rtasidagi biror bog‘lanish yo‘qligini aks ettiruvchi hukm inkor hukm deb ataladi. Masalan: O‘zbekistonda paxta ekilmaydi.
Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka (yolg‘iz) narsa va hodisa to‘g‘risidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Misol uchun: «Alisher Navoiy nomli katta opera va balet teatri respublika faxridir». «Toshkent — O‘zbekiston Respublikasi poytaxtidir» Amudaryo sersuv daryolardan biridir».
Belgining biror turkumigagina taalluqli tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm juz’iy hukm deb ataladi. Masalan: «Ba’zi metallar elektr tokini o‘tkazmaydilar, «Qarzdor talabalar sessiyaga qo‘yilmaydi». Bir turkumdagi narsa va hodisalarning hammasi to‘g‘risida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi.
Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan: «Agar quyosh nuri uch burchakli prizmadan o‘tkazilsa, ekranda spektr hosil bo‘ladi», «Agar talaba sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u «yaxshi» va «a’lo» baholar oladi», «Agar o‘quvchi diqqat qilmasa, yangi materialni o‘zlashrtira olmaydi», «Agar paxtakor bahorda yerga yaxshi ishlov bermasa, kuzda hosil cho‘g‘i kam bo‘ladi».
Hukmda narsalar va hodisalarga bir necha belgi nisbatan berilib, shu belgilardan farq bittasi unga tegishli bo‘lsa, bunday hukmga ayiruvchi hukm deb ataladi. Misol uchun: «Jismlar yo qattiq yoki suyuq, gazsimon holda bo‘ladi», «Yer yuzasi fasllarning o‘zgarishiga qarab goh qattiq isib ketadi, goh ilib qoladi, goho keskin soviydi». Narsa bilan belgi o‘rtasidagi aloqaning bor yoki yo‘qligi qat’iy shaklda aks ettirilsa qat’iy hukm deb ataladi. Masalan: «Neft zaxirasi jihatidan dunyodagi boshqa davlatlar o‘rtasida yetakchi o‘rinlardan birida turadi», «Yonish kimyoviy jarayondir», «Yozgi ta’til davrida talaba mehnat otryadlari tuziladi», «Bahorda barcha joylarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi» va hokazo.
Narsa va xrdisalar bilan ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa bo‘lishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson o‘z fikrini quyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin: «Ehtimol, Marsda organik hayot bordir». «Yigirma birinchi asr boshlarida fan va tsxnika progressi hozirgi davrdagidan taxminan uch baravar ortishi mumkin», «Zaxirdagi foydali qazilmalar zaxirasi yana bir yuz ellik ikki yuz yilga yetsa kerak» va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik hukmlari deb ataladi. Narsa bilan xususiyat o‘rtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatda aniq bilganimizda biz o‘z fikrimizni mana bunday shaklda izhor qilamiz: «Bizning Milliy universitet Markaziy Osiyoda eng keksa oliy o‘quv yurti maskanidir», «Maktabimizda fizika kabineti judayaxshi uskunalar bilan jihozlangan», «Maktab kutubxonasida ko‘p yangi kitoblar bor». Bunday hukmlar voqelik (assertorik) hukmlari deb ataladi.
Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan orgiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan: «Har qanday harakat materiya harakatidir». «Issiqlik harakat shaklidir», degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan «Demak, issiqlik materiya harakatidir», degan yangi hukm chiqariladi. Yoinki ushbu misolni olib qaraylik: «Barcha sayyoralar harakatlanadi. Oy — sayyora. Demak, Oy harakatlanadi». Bunda har qanday harakat materiya harakatidir (umumiy yoki katta asos). Issiqlik harakat shaklidir (juz’iy yoki kichik asos) deb yuritiladi. Ikkinchi misolda esa: «Barcha sayyoralar harakatlanadi (umumiy yoki katta asos), Oy — sayyora (juz’iy yoki kichik asos)» deyiladi.
Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Induktiv xulosa chiqarish — bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usuldirki, bunda bir necha yakka yoki ayrim hukmlardan umumiy hukmga o‘tiladi yoki ayrim fakt va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masalan: «Temir elektr tokini o‘tkazadi». «Mis elektr tokini o‘tkazadi». «Kumushda ham elektr tokini o‘tkazuvchanlik qobiliyati, xususiyati bor» va hokazo. Inson yuqoridagi hukmlardan yangi umumiy hukm (xulosa) chiqarib, demak, «Metallarning hammasi elektr tokini o‘tkazadi», degan yangi hukm chiqariladi.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun: «Har qanday metall — element. Vismut metall». Demak, vismut — element.
Ta’lim jarayonida maktab o‘quvchilari umumiy qoida va qonunlarni yakka yoki juz’iy xrllarga tatbiq etish orqali hamma vaqt deduktiv yo‘l bilan fikr yuritadilar. Masalan, o‘quvchilar umumiy grammatik qoidalarni bilganliklari sababli o‘zbek tili darslarida qaratqich, tushum kelishiklarini differensiatsiya qila bilib, yozgan paytlarida grammatik xatolarga aslo yo‘l qo‘ymaydilar.
Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba’zi bir belgilari o‘xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb, narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytamiz. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolg‘on bo‘lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli ko‘pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz’iy ikki yakka hukmlarga asoslanib juz’iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Bog‘cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi: «Dadam darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg‘a olib kelgan bo‘lsalar kerak». Bu bolaning mulohazasini analiz qilib ko‘rsak, uning fikr yuritishning mana bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bo‘lamiz. «O‘tgan galda dadam ismimni aytib chaqirib kelgan edilar. O‘shanda ular menga sovg‘a olib kelgan edilar. Yana chaqirayotirlar. Albatta, dadam menga sovg‘a olib kelganlar», deb xulosa chiqaradi.
Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Odatda, tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan: stol, divan, qayrag‘och, traktor, holva va hokazo. Moddiy borliqdagi narslardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat, sifat holatlarga, shuningdek, narsalar o‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan: oqlik, uzunlik, balandlik, kenglik, harakat, yorug‘lik, qiymat haqidagi tushunchalar va hokazo.
Tushunchalar ko‘lami jihatidan uch turga bo‘linadi: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to‘planma tushunchalar. Yakka tushunchalar, yakka narsa va hodisa haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga Alisher Navoiy, general Sobir Rahimov, Toshkent, Amudaryo, Himolay, Tinch okean to‘g‘risidagi tushunchalarni misol qilib keltirsa bo‘ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo‘lgan ko‘p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan: kitob, maktab, yulduz, talaba, o‘spirin, hosil, tog‘ va yer va boshqalar.
To‘planma tushunchalar bir jinsda bo‘lgan narsa va hodisalar to‘plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan: paxtazor, kutubxona, yig‘ilish va hokazolar. Tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to‘planma tushunchalar bo‘ladi. Masalan: Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat kutubxonasi tushunchasi yakka to‘mlanma tushunchaga oidsir. Guruh, sinf, kollektiv, polk, xalq, olomon va boshqalar umumiy to‘planma tushunchasiga misol bo‘la oladi. Yetti og‘ayni yulduzlar to‘plami, Bolgariya ishchilar sinfi, Toshkent pochtamti xizmatchilari jamoasi kabilar yakka to‘planma tushunchalar jumlasiga kiradi.
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o‘zining individual xususiyatlariga ega bo‘lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi Odatda, tafakkurning individual xususiyatlariga (sifatlpriga) bilish faoliyatining mazmundorlik, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlari kiritiladi.
Tafakkur mazmundorligi deganda insonning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to‘g’risida ongida qay miqdorda (ko‘lamda) mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab o‘tilgan xarakterdagi g‘oyalar to‘lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo‘ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan tafovutlanadilar.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda, moddiy dunyodagi narsahodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari, ularning o‘zaro bog‘lanishlari, munosabatlari tafakkurimizda to‘liq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur arsenalida joylashgan narsalarning qay yo‘sinda sistemalashganligiga qarab (to‘g’ri va ratsional yo‘l nazarda tutiladi), u yoki bu shaxsning tafakkuri chuqurligi to‘g‘risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin.
Tafakkurning kengligi o‘zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Insondagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi va xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, o‘tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to‘g‘risidagi mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng, bilim saviyasi yuqori, serg’oya, ijodiy izlanishdagi kishilarni aql-zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi, mulohazadorligi uning tafakkuri kengligidan dalolat berar ekan.
Inson tafakkuri o‘zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda, kishining shaxsiy tashabbusi bilan o‘z oldiga konkret maqsad, hamda vazifalar qo‘ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy harakatchanligi harakat (gipoteza) qilishi, natijani ko‘z oldiga keltira olishi, ko‘pincha vazifani hech kimning ko‘magisiz, ko‘rsatmasisiz, o‘zining aqliy izlanishi tufayli turli yo‘l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqpiy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi ia tanqidiyligidan namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda, insonning o‘z oldida yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishini, ana shularning barchasini amalga oshirishda, pixikasiga yetkazishda, yechimni qidirishda usul va vositalarni shaxs o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taalluqli qo‘shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo‘lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yechish paytida yangi usul va vositalarni tez izlab topishda, ularni saralashda, ana shu usullar va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda, trafaretga aylangan, eski yo‘l hamda usullardan forig‘ bo‘lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi
Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash o‘z-o‘zini baxrlash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to‘g‘ri ochilishiga (ba’zan etalonga) asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi (samaradorligi) bilan uzviy bog‘langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqg ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, goyalar, tavsiyanomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig‘ida bajarilgan ish ko‘lami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini o‘lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
Tafakkurning ixchamligi deganda, muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi (plani) mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo‘lsa, hech ikkilanmay elastik ravishda o‘zgartishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmog’imiz shart. Fikrning operativ jihatdan, tezkorlik bilan o‘zgartishdan va to‘g‘ri yo‘nalishiga yo‘llab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, «Talaba sinovda avval g‘oyani noto‘g‘ri yoritayotib, o‘z-o‘ziga «birdaniga» xatosini anglab, to‘g‘ri javob bera boshlashi» kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, informatsiyalarni tinglovchilarga xato va kamchiliksiz yetkazib berish garovidir.
Tafakkurning tezligi qo‘yilgan savolga va muammoga to‘liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator faktorlarga: jumladan, fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog‘lanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, tafakkurning tezligi boshqa shartlarga: insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko‘nikma va malakalariga ham bog‘liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
Fikrlarning tezligi talabalar va o‘quvchilarga juda zarur psixologik qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Mashhur olim K.Yung insonlarni fikrlashlariga ko’ra asosan ikki toifaga bo‘lgan edi: