5 – mavzu Tarmoq texnologiyalari va ma\'lumotlarni uzatish vosit
Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlariga haq to‘lash 18. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari uchun tariflar qonun hujjatlariga muvofiq tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilaniladi.
19. Hisob-kitoblar shakli va tartibi qonun hujjatlariga muvofiq, operator yoki provayderning texnologik imkoniyatlardan kelib chiqib abonent bilan kelishilgan holda operator yoki provayder tomonidan belgilanadi hamda shartnomada aks ettiriladi va hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
20. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari uchun tariflar milliy valyutada belgilanadi va barcha to‘lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi.
21. Operator yoki provayder avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlari yordamida abonentga ko‘rsatilgan xizmatlar (ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek abonent pul mablag‘larining harakati va boshqalar) to‘g‘risidagi axborot hisobini yuritadi.
22. Operator yoki provayder shartnoma asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash to‘g‘risida abonentga axborot taqdim etadi. Bunda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
operator yoki provayder rekvizitlari va murojaat uchun telefon raqamlari;
hisob-kitob davri;
bajarilgan ishlar narxi;
taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati, har bir xizmat uchun hisob-kitob davri va ular uchun to‘lanadigan summa;
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi (agar undirilsa);
umumiy to‘lanadigan summa;
hisob taqdim etilgan sana;
haq to‘lash muddati.
23. Operator yoki provayder tomonidan abonentning hisob varag‘i yuritilgan taqdirda, to‘lov to‘g‘risida ko‘rsatilgan axborot operator yoki provayder va abonent o‘rtasidagi shartnoma shartlarining o‘zgarishlari bilan bog‘liq abonentning hisobvarag‘i bo‘yicha balans tuzatishlarini, shuningdek kelib tushgan va abonentning hisobvarag‘ida aks ettirilgan oldingi hisob-kitob davridagi xizmatlar uchun abonentning to‘lovlari to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga olishi kerak.