5.107. Qanday balandlikda havoning bosimi dengiz sathidagi bosimning 75% i ni tashkil qiladi. Harorat o’zgarmas va 00C ga teng deb hisoblansin.
5.108. Passajir samolyoti 8300 m balandlikda uchadi. Passajirlarni kislorod maskasi bilan ta’minlamaslik uchun komprressor yordamida 2700 m balandlikdagi bosimga teng doimiy bosim tutib turiladi. Kabina ichidagi va tashqarisidagi bosimlarning farqi topilsin. Tashqi havoning o’rtacha harorati 00C deb qabul qilinsin.
5.109. Oldingi masalada tashqi havoning harorati –20oC va kabinaning ichki harorati +20oC bo’lsa bu holda kabinadagi havoning zichligi tashqi havoning zichligidan necha marta katta bo’ladi.
5.110. 1m3 havoning; 1)Yerning sirtida 2)Yer sirtidan 4km balandlikda og’irligi qancha? Havoning haroratini o’zgarmas va 0oCga teng deb olinsin. Yer sirtida havoning bosimi 105 N/m2 ga teng.
5.111. Qanday balandlikda gaz dengiz sathidagi zichligining 50% zichligidek zichlika ega bo’ladi? Haroratni o’zgarmas va 0oC ga teng deb hisoblansin. Masalani: 1) havo va 2) vodorod uchun yeching.
5.112. Perren mikroskop yordamida muallaq gummigut zarrachalar konsentratsiyasining balandlikka qarab o’zgarishini kuzatadi va barometrik formulani qo’llab eksperimental ravishda Avagadro soning qiymatini topdi. Perren tajribalaridan birida qatlamlarning orasi 100 mkm bo’lganda pastki qatlamdagi muallaq gummigut zarrachalarning soni yuqori qatlamdagidan ikki marta ko’p ekanligini aniqladi. Gummigutning harorati 20oC. 0,3·104sm diametrli gummigut zarrachalari zichligi zarrachalar zichligidan 0,2 g/sm3 ga kam bo’lgan suyuqlikga aralashtirgan. Bu berilganlarga asosan Avagadro soni topilsin.
5.113. 100oC harorat va 0,1 mm sim. ust bosimda karbonat angidridning molekulalarining o’rtacha erkin yugurish yo’li aniqlansin. Karbonat angidrid molekulasining diametri 3,2·108sm ga teng deb olinsin.
5.114. Yer uchinchi yo’ldoshi o’rnatilgan ionizatsion manometr yordamida yer sirtidan 300 km balandlikdagi atmosferaning 1sm3 hajmida 1 milliardga yaqin gaz zarrachalari borligi aniqlandi. Shu balandlikdagi gaz zarrachalarining o’rtacha erkin yugurish yo’li topilsin. Zarrachalarng diametrini 2·10-10 m ga teng deb olinsin.
5.115. Normal sharoitda havo molekulasining o’rtacha erkin yugurish yo’li topilsin. Havo molekulasining diametri shartli holda 3·108 sm teng deb olinsin.
5.116. Agar 100oC haroratda karbonat angdirid molekulasining o’rtacha erkin yugurish yo’li 8,7·102 sm ga teng bo’lsa molekulalarning bir sek dagi o’rtacha to’qnashishlari soni topilsin.