5.151. Yopiq idishda 20 g azot va 32 g kislorod bor. Bu gaz aralashmasini 270ga sovutilganda uning ichki energiyasining o’zgarishi topilsin.
5.162. 2 kilomol karbonat angidrid gazi o’zgarmas bosimda 500ga isitilgan. 1) gaz ichki energiyasining o’zgarishi 2) kengayganda bajarilgan ish 3) gazga berilgan issiqlik miqdori topilsin.
5.163. Ikki atomli gazga 500 kal issiqlik berilganda u o’zgarmas bosimda kengaygan. Gazning kengayishda bajargan ishi topilsin.
5.164. 2 atomli gaz izobarik ravishda kengayganda 16 kGm ish bajarilgan. Gazga qancha issiqlik miqdori berilgan?
5.165. 2·105 N/m2 bosim ostida berilgan 17 0C haroratli 5 l hajmni egallagan gaz isitilganda izobarik ravishda kengaygan. Bunda gazning kengayish ishi 20kGm ga teng bo’ldan. Gaz necha gradusda isitilgan?
5.166. 7 g karbonat angidrid gazi erkin kengaya olish sharoitida 100da isitilgan gazning kengayishida bajargan ishi va ichki energiyasining o’zgarishi topilsin.
5.167. Ko’p atomli 1 kilomol gaz erkin kengaya olish sharoitda 1000ga isitilgan. 1) gazga berilgan issiqlik miqdori 2) gaz ichki energiyasining o’zgarishi 3) kengayishda bajarilgan ish topilsin.
5.168. Idishdagi porshen ostida 1 g azot bor. 1) azotni 100ga isitish uchun qancha issiqlik miqdori sarf qilish kerak? 2) bunda porshen qancha ko’tarilgan? Porshenning og’irligi 1 kGm, uning ko’ndalang kesim yuzasi 10sm2. Porshen ustida normal sharoitda havo bor.
5.169. Idishdagi porshen ostida qaldiroq gaz bor. Qaldiroq gaz portlaganda uning ishki energiyasi 80,2 kal ga o’zgarganligi va porshenning 20 sm ko’tarilganligi ma’lum bo’lsa, bunda qancha issiqlik miqdori ajratilganligi topilsin. Porshenning og’irligi 2 kG, uning ko’ndalang kesim yuzasi 10 sm2. Porshen ustida normal sharoitda havo bor?
5.170. 10,5g azot -230C haroratda izotermik p1=2,5 atm bosimdan p2=1 atm bosimgacha kengayadi. Gazning kengayishda bajargan ishi topilsin.