5.144. Kislorodning ichki ishqalanish koeffitsiyenti azotning ichki ishqalanish koeffitsiyentidan necha marta katta? Gazlarning haroratlari bir xil.
5.145. Ma’lum bir sharoitda vodorodning diffuziya va ishki ishqalanish koeffitsiyentlari mos ravishda D=1,42 sm2/sek va η=8,5·10-6N·sek/m2ga teng. Shunday sharoitda 1 m3 hajmdagi vodorod molekulalarining soni topilsin.
5.146. Kislorodning diffuziya va ishki ishqalanish koeffitsiyentlari mos ravishda D=1,22·105 m2/sek va η=1,95·10-5kg/m·sek ga teng. Shunday sharoitda 1) kislorodning zichligi, 2) kislorod molekulalarining o’rtacha erkin yugurish yo’li va 3) molekulalarining o’rtacha arifmetik tezligi topilsin.
5.147. 0,3 mm diametrli yomg’ir tomchisi qanday eng katta tezlikka erisha oladi? Havo molekulasining diametric 3·10-10 m ga, havoning harorati – 00C ga teng deb olinsin. Yomg’ir tomchisi uchun Stoks qonuni o’rinli deb hisoblansin.
5.148. Samolyot 360 km/soat tezlik bilan uchmoqda. Yopishqoqlik tufayli samolyot qanoti sirtidan 4 sm naridagi havo qatlami samolyotga ergashmaydi deb hisoblab, qanot sirtining har bir kvadrat metriga ta’sir qiluvchi urunma kuch topilsin. Havo molekulalarining diametrini 3·10-8sm ga havoning haroratini 00C ga teng deb olinsin.
5.149. Ikkita koaksial silindrning oralig’idagi fazo gaz bilan to’ldirilgan. Silindrning radiuslari mos ravishda r=5sm va R=5,2 sm ga teng. Ichki silindrning balandligi esa h=25 sm ga teng. Tashqi slindr v=360 ayl/sek chastotaga mos tezlik bilan aylanadi. Ichki silindrning harakatsiz qolishligi uchun unga urunma ravishda F=1,38·10-9 N kuch qo’yilishi kerak. Birinchi yaqinlashishda bu holni yassi plastinkalar kabi qarab, tajribada berilaganlarga asosan silindrlar orasidagi gazning yopishqoqlik koeffitsiyenti topilsin.
5.150. Vodorodning ichki ishqalanish koeffitsiyentining 8,6·10-6N·sek/m2 ga tengligi ma’lum bo’lsa, shunday sharoitda uning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti topilsin.
5.151. 10 0C haroratda va 105 N/m2 bosimda havoning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti topilsin. Havo molekulasining diametrini 3·10-8 sm ga teng deb olinsin.
5.152. Vodorod issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyentining haroratga bog’lanish grafigi 1000K≤ T≤6000K intervalda 1000dan oralatib chizilsin.
5.153. V=2 l hajmli idishda ikki atomli gazning N=4·1022 ta molekulasi bor. Gazning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti K=0,014 Vt/m·grad ga teng shunday sharoitda gazning difuziya koeffitsiyenti topilsin.
5.154. Bir xil harorat va bosimda karbonat angidrid gazi va azot berilgan. Bu gazlar uchun: 1) diffuziya 2) ichki ishqalanish va 3) issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyentlari nisbatlari topilsin. Bu gazlar molekulasining diametrlari bir xil deb hisoblansin.
5.155. D’yuar idishining devorlari orasidagi masofa 8 mm ga teng. Havosi so’rib olinayotganda qanday bosimdan boshlab, d’yuar idishining devorlari orasidagi havoning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti kamayib boradi. Havoning haroratini 170C ga, havo molekulasining diametrini 3·10-7 mm ga teng deb olinsin.
5.156. Tashqi raduisi r2=10 sm ichki radiusi r1=9 sm va balandligi h=20 sm bo’lgan silindrik termos muz bilan to’ldirilgan. Muzning harorati 00C, tashqaridagi havoning harorati 20 0C teng. 1) termosning ichki devori orasidagi havoning bosimi eng ko’pi bilan qanday bo’lganda issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyyenti bosimga bog’liq bo’lib qolaveradi. Havo molekulasining diametrini 3·10-8 sm ga teng. Termos devorlari orasidagi havoning haroratini esa muz va tashqi muhit haroratlarining o’rtacha arifmetik qiymatiga teng deb olinsin.2) Bosim: a) 760 mm sim. ust. va b) 10-4 mm sim.ust. ga teng bo’lganda termos devorlari orasidagi havoning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti topilsin. (μ=29 kg/kilomol). 3) issiqlik o’tkazuvchanlik tufayli 9,5 sm o’rtacha radiusli termos yon sirtidan 1 min davomida qancha issiqlik miqdori o’tadi. Masala: a) 760sim. ust. va b) 10-4sim. ust. bosimlar uchun yechilsin.
5.157. Deraza romlari orasidagi havoning issiqlik o’takazuvchanligi tufayli deraza orqali har bir soatda qancha issiqlik miqdori sarf bo’la boradi. Har bitta romning yuzi 4m2ga romlarning oralig’i esa 30sm ga teng. Binodagi harorat 180C tashqi muhitdagi harorat – 200C. Havo molekulalarining diametri 3·10-8sm ga teng. Romlar orasidagi havoning haroratini binodagi va tashqi muhitdagi haroratning o’rtacha arifmetik qiymatiga teng deb olinsin. Bosim 760 mm sim.ustga teng.
5.158. Bir-biridan 1mm oraliqda bo’ldan ikkita plastinkalar orasida havo bor. Plastinkalar orasida haroratlar farqi doimiy saqlanadi. Har bitta plastinkaning yuzi S=100 sm2 ga teng. Issiqlik o’tkazuchanlik tufayli birinchi plastinkadan ikkinchisiga 10min davomida qancha issiqlik miqdori o’tadi. Havo normal sharoitda deb hisoblansin. Havo molekulalarning diametri 3·10-10 m ga teng.
5.159. 3.105 N/m2 bosimda bo’lgan 100C haroratli 10g kislorodni o’zgarmas bosimda isitish natijasida u kengayib, 10 l hajmni egallaydi. 1) gazning olgan issiqlik miqdori 2) gaz ichki energiyasining o’zgarishi 3) gaz kengayishida bajarilgan ish topilsin.
5.160. Harorati 27 0C bo’lgan 6,5 g vodorod p=const bosimda tashqaridan berilayotgan issiqlik hisobiga ikki marta kengaygan. 1) gazning kegayish ishi 2) gazning ichki energiyasining o’zgarish 3) gazga berilgan issiqlik miqdori topilsin.