5.222. 6,6 g vodorod o’z hajmi ikki baravar ortguncha izobarik kengayadi. Bunday kengayishda entropiyaning o’zgarishi topilsin.
5.223. 8 g geliyning V1=10 lhajmda V2=20 l hajmgacha izobarik kengayishida entropiyaning o’zgarishi topilsin.
5.224. 6 g vodorodning 105 N/m2 bosimdan 0,5·105 N/m2 bosimgacha izotermik kengayishida entropiya o’zgarishi topilsin.
5.225. 10,5 g azot V1=2 l hajmdan V2=5 l hajmgacha izotermik kengaygan. Bu jarayonda entropiyaning o’zgarishi topilsin.
5.226. 10 g kislorod t1= 50oC dan t2=150oC gacha isitilgan. Agar isitish 1) izoxorik va 2) izobarik bo’lsa, entropiyaning o’zgarishi topilsin.
5.227. 1 kmol 2 atomli gaz isitilganda uning absolyut harorati 1,5 marta oshgan. Agar gaz 1) izoxorik va 2) izobarik isitilsa, entropiyaning o’zgarishi topilsin.
5.228. 22 g azot isitilish natijasida uning absolyut harorati 1,2 marta organ, entropiyasi esa 4,19 J/grad ga ortgan bo’lsa, u qanday sharoitda isitilgan (o’zgarmas hajmdami yoki o’zgarmas bosimdami)?
5.229. Agar 5.194- masala shartidagi gaz A holatdan B holatga: 1) ACB yo’l bilan va 2) ADB yo’l bilan o’tganda entropiyaning o’zgarishi topilsin (8-rasmga qaralsin).
5.230. 0oC harorat va 2 kG/sm2 bosimda 1 kub metr havo V1 hajmdan V2=2V1 hajmgacha izotermik kengayadi. Bu jarayonda entropiyaning o’zgarishi topilsin.
5.231. Karno siklidagi ikkita adiabatalarning orasidagi qismda entropiyaning o’zgarishi 1 kkal/grad ga teng. Ikkita izotermalarning orasidagi haroratlarning farqi 100oC ga teng. Bu siklda qancha miqdor issiqlik ishga aylanadi?