5-§. Qobiq dasturlar va ular bilan ishlash


Ko‘p ishlatiladigan tugmalar



Yüklə 176,22 Kb.
səhifə4/5
tarix11.05.2023
ölçüsü176,22 Kb.
#110977
1   2   3   4   5
5-§. Qobiq dasturlar va ular bilan ishlash

Ko‘p ishlatiladigan tugmalar.
Buyruqlarni nusxalash
Ko‘pincha, terminalga ayrim matn nusxalarini ko‘chirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Ctrl+C tugmalar birikmasi yordamida misol uchun veb-sahifadan nusxa ko‘chirilgan matn Ctrl+V tugmalar birikmasini bosganda terminalga qo‘yilmasligi mumkin. Linuxda matnni terminalga joylashtirishning uchta usuli bor: Ctrl+Shift+V tugmalar birikmasi yordamida, sichqonchaning o‘rta tugmachasini yoki sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosib,ochiladigan kontekstli menyudan «Вставить» buyrug‘ini tanlash bilan.
Terminalda ishlatiladigan ayrim buyruqlar va tugmalar birikmasi quyidagi jadvalda keltirilgan:

 yoki Ctrl+P

oxirgi ishlatilgan buyruqlarni yuqoriga siljib ko‘rish

 или Ctrl+N

oxirgi ishlatilgan buyruqlarni pastga siljib ko‘rish

Enter

Tanlangan,terilgan buyruqni bajarish

Tab

buyruqlar va fayl nomlarini avtomatik to‘ldirish xususiyati. Agar tanlangan belgilar bilan faqat bitta buyruq boshlansa, u avtomatik almashtiriladi va agar bir nechta buyruqlar variantlari bo‘lsa, bu tugmani ikki marta bosish orqali barcha mumkin bo‘lgan variantlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

Ctrl+R

ilgari kiritilgan buyruqlar ichidan qidirish. Agar uzun yoziladigan va murakkab buyruqni qayta bajarishin kerak bo‘lsa, uning faqat bir qismini kiritish va bu tugmalar birikmasi yordamida butun buyruqni to‘laligicha topish mumkin bo‘ladi.

History

history buyrug‘i foydalanuvchi kiritgan barcha buyruqlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Har bir buyruqga raqam beriladi.” x” raqamli buyruqni bajarish uchun "!x" yozuvini kiritish kerak bo‘ladi. Agar buyruqlar ro‘yxati juda uzun bo‘lsa, «history I less»ni yozish mumkin, bu buyruqlar ro‘yxatni siljitib ko‘rish imkonini yaratadi.

Terminalda sichqoncha ishlamaydi. Satrlar bo‘ylab harakatlanish uchun klaviaturadagi chap/o‘ng tugmalarni ishlatish kerak. Belgilar klaviatura orqali kiritiladi bunda oldin mavjud matn o‘chirilmaydi.


Yüklə 176,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin