Abdullaxon Bandi
Abdullaxon Bandi – XVI-asrning 80-yillarida Buxoro hukmdori Abdullaxon II (1557-1598) qurdirgan qadimgi suv ombori. Bu inshoot qoldiqlari Samarqand viloyati Nurota tumanidan 65 km sharqda, Eski Oqchob qishlog’i yaqinidagi Beklarsoy darasida hozirgacha saqlangan.
1957-1962-yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va Arxeologiya insituti Maxondaryo arxeolog otryadi tomonidan tekshirilgan. Abdullaxon bandining toʻgʻoni slanes toshlardan qurilib, tosh palaxsalari, suvga chidamli maxsus ganch qorishmasi – qir bilan biriktirilgan. To’g’onning uzunligi asosida 73m, yuqorida 85m, balandligi 14, 5m, Abdullaxon bandi zinapoya shaklida qurilgan. Bunda suv bosimi hamda uning kuchli hisobga olingan holda toʻgʻon asosini qalinligi 15, 3m, ustki qismi 4, 5m, qilinib zinapoya shaklida qurilgan.
Toʻgʻon oldida hosil boʻlgan suv taxminan 1,2mln kubometr suv to’plangan. Inshootdan quyida joy-lashgan Kamar, Oqchob, Oʻrganjiy, Ravot, Jilontamgali va Soykechar qishloqlari atrofi sugʻorilib obod etilgan. 16-asrda [1]. Abdullaxon bandi suvning oqib chiqishi uchun kerakli inshootlar konplekti bilan ta’minlangan.
Toʻgʻon Markaziy Osiyo gidrotexnikasi uchun muhim bosqich boʻlib, 2008-yil 18-yanvarda Madaniy yoʻnalish boʻyicha YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
XULOSA.
Shayboniylar memorchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar. Turli maqsadga mo`ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada nafaqat sulola namoyandalari, balki o`z davrining ko`zga ko`ringan katta moddiy imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko`kaldosh nomi bilan bog`liq madrasalar, Buxoroda shahar devorining tamirlanishi, Mir Arab. Abdulloxon, Modarixon, Juybor, Fatxulla Qushbesh madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Abdullaxon, Chorbakir masjidlari, Toshkentda Ko`kaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi va ko`plab mana shunday madrasa-yu, masjidlar turli shaharlarda qurilgan karvonsaroylar, bozorlar va boshqa qurilish ishlari bajarilganlar.
Foydalangan adabiyotlar.
Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.
Muhammad Solih, Shayboniynoma, T., 1989;
.www.google.uz
.O'zbekiston tarixi
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |