5-9 sinf o’quvchilariga voleybol to’pini boshqarish texnikasini o’rgatish. Reja: kirish


I. O’ZBEKISTONDA VOLEYBOLNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH TARIXI



Yüklə 164,63 Kb.
səhifə2/10
tarix19.12.2022
ölçüsü164,63 Kb.
#76314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Safarov Farzbek 1

I. O’ZBEKISTONDA VOLEYBOLNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH TARIXI.
1.1. Voleybol maydonining o’lchamlari
Tarixni, ajdodlarimiz merosini bilmay turib bugungi kunga baho berish, kelajak loyihasini chizish va istiqlol binosini qurishga kirishish boshi berk ko’chaga kirib qolish ehtimolidan holi emas. Shuning uchun har bir soxani joylarda vujudga kelishi va rivojlanish tarixini o’rganmay shu soxani bugungi va ertangi istiqbolini ta’minlash mushkul muammodir. Voleybol jismoniy tarbiya va sport tizimining yirik va mustaqil irmoqlaridan biri hisoblanib, O’zbekiston, uning viloyatlari va tumanlarida o’ziga xos rivojlanish tarixiga ega. Voleybol O’zbekistonda eng ommalashgan sport turlari qatoriga kirsada, respublikamizning barcha mintaqalarida u turli darajada «obro’-e’tibor» qozonib kelgan. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, vodiy shahar va qishloqlarida voleybol boshqa viloyat tumanlaridagiga nisbatan samaraliroq «hurmat»ga sazovor bo’lgan. Bunday vaziyatning sabablari deyarli shu viloyatlar tarixiy-ijtimoiy negizlari bilan bog’liq deb taxmin qilinsada, lekin masala chuqur izlanishni, mavzuga oid tarixiy ma’lumotlarni ilmiy asosda o’rganishni taqazo etadi.
Voleybol O’zbekistonda qachon, qaerda va qanday vaziyatda vujudga kelgani haqida aniq ma’lumot yo’q. Lekin ayrim taxminlarga qaraganda 1921-24 yillarda 8 voleybol o’yini Qo’qon, Toshkent va Farg’onada vujudga kela boshlagan. O’sha davrning sport veterani K.Lebedevni himoyasiga binoan 1924-25 yillarda ko’pgina yoshlarni doira shaklida joylashib bir-birlariga uzatish o’yinlari tarqala boshladi. Qiziq, mazkur davrda voleybol bo’yicha qabul qilingan xalqaro musobaqa qoidalari ancha takomillashgan bo’lib, maydoncha 9x18 m, to’p bilan faqat uch marta o’ynash mumkinligi, o’yinchilar tarkibi bir jamoada 6 kishidan iborat bo’lishi, to’rni balandligi 243 sm (erkaklar uchun), hisob 15 ochkoga etganda o’yinning bir bo’limi yakunlanishi, to’pni o’yinga kiritish – xullas barcha o’yin qoidalari zamonaviy voleybol o’yini qoidalariga o’xshash edi. Shunga qaramay o’zbekistonda voleybol qoidalari 1924-25 yillarda hali ancha sodda bo’lgan. O’sha davrning V.I. Prevoznikov degan sport ixlosmandining aytishicha, 1926 yilda Toshkent shahridagi Chernishevskiy nomli maktab o’qituvchisi Moskvadan musobaqa qoidalari, voleybol turi va to’pini birinchi bor keltirgan. 1927 yilning 26 aprelida esa aynan shu maktabning voleybol to’garagi jamoasi birinchi rasmiy musobaqa tashkil etib, unda u yuksak mahorat ko’rsatdi va musobaqa g’olibi bo’ldi.
Mazkur musobaqa voleybolni ommaviylashishi va shakllanishida katta burilish kashf etdi. 1927 yilning yoz oylaridan birida voleybol bo’yicha Toshkent shahar birinchiligi o’tkazilib, unda 9 ta voleybol jamoasi ishtirok etdi. Chernishevskiy nomli maktab voleybol jamoasi bu musobaqada ham g’oliblikni qo’ldan bermadi.
Voleybolni keng ommaviylasha borishiga KIM stadionida o’tkazilib kelgan musobaqalar katta ta’sir ko’rsatdi.
1927 yilda Toshkentda 6 ta voleybol maydonchasi mavjud bo’lib, ular Chernishevskiy va KIM nomli maktablarda, Mexanika texnikumida (2 ta), «Metallist» sport to’garagi qoshida va Profintern yozgi sport klubida joylashgan edi.
1928 yilda Toshkentda kuzgi voleybol musobaqalari bo’lib o’tdi unda 10 ta erkaklar va 4 ta ayollar jamoalari qatnashgan edi. 1929 yildan boshlab voleybol bo’yicha Toshkent shaxar birinchiligi muntazam o’tkazila boshladi. O voleybol , shuningdek, voleybol yoki voleybol deb ataladi, XIX asrda yaratilgan amerikaliklarning sportidir. Olimpiya o’yinlari va Pan-amerika o’yinlari singari ko’plab tadbirlarda va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib, dunyodagi ko’pchilikka ma’lum va mashhurdir.
Ochiq va yopiq sudlarda, shuningdek, sport bilan shug’ullanadigan erkaklar va ayollar soni deyarli teng.

O’yinning maqsadi:


Ko’pgina sportlarda bo’lgani kabi, asosiy maqsad ballar to’plashdir, ammo uning farqlari to’pni kesib o’tadigan joyga tushib, nuqtani belgilashdir.

Yüklə 164,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin