Grafik ko`rinishdagi axborot deganda, ko`z oldimizga avvalo turli rasm va chizmalar keladi. Ular oq-qora yoki rangli bo`lishi mumkin. Rasm chizish qanchalik zavqli bo`lmasin, xatolikka yo`l qo`ygan bo`lsangiz uni tuzatish oson kechmaydi. Ko`pincha bining iloji ham bo`lmaydi. Bu borada kompyuter beqiyos imkoniyatlarga ega. grafik muharrirlar yordamida rasmlar osonlik bilan tahrir qilinadi.
Paint grafik muharririni uch xil usulda ishga tushirish mumkin:
Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali:
Пуск – программы – стандартные – Paint
Paint dasturida ishni tugallash uchun esa X piktogrammasini yoki fayl menyusining «Выход» - ya’ni, chiqish buyrug`ini tanlash yoki Alt + F4 klavishlarini biriga bosish yetarli.
Paint grafik muharriri quydagi asosiy quydagi asosiy qismlardan iborat:
• Menyular satri; • Uskunalar paneli;
• Ishchi maydoni; • Ranglar majmui (palitra).
Menyular satri fayllarbilan ishlash (hosil qilingan rasmni saqlash, saqlanganrasmni o`qish, …), rasm o`lchamlarini belgilash kabi amallarni o`z ichiga oladi.
Ishchi maydoni kompyuter ekranining rasm uchun ajratilgan qismi.
Uskunalar paneli rasm chizish va tahrir qilish uchun uskunalar (qalam, bo`yoq purkagich, o`chirg`ich, …), turli chiziq va shakllar majmuidan iborat.
Ranglar majmui (palitra) turli rangdagi chiziqlarni chizish va bo`yash uchun rang tanlashga mo`ljallangan.
Sarlavha satrida ishlanayotgan rasm faylining nomi ko`rinib turadi. Unga hali nom berilmagan bo`lsa, “nomsiz” (Безымянный) yozuvi turadi. Uyga vazifa: Paint grafik muharriri interfeysi.
5 –“A” “B” “V” “______”__________ 201__ yil Informatika
Mavzu: Paint uskunalar paneli va undan foydalanish.
Darsning maqsadi: O`quvchilarga Paint uskunalar paneli va undan foydalanish haqida tushuncha berish.
Ta`limiy maqsadi: Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari