Bir necha rasm bo`laklarini birlashtirish, yangi mazmundagi rasm hosil qilish mumkin. Buning uchun avval rasmlarning kerakli qismlarini ajratib olib, alohida fayllarda saqlash maqsadga muvofiq. Aksariyat grafik muharrirlaridagi kabi Paintda ham rasmning istalgan qismini belgilab olib, biror nom bilan saqlab qo`yish imkoniyati mavjud. Bu vazifa quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Rasmning kerakli qismi uskunalar panelining yoki uskunasi yordamida belgilanadi.
3. Fayl nomi kiritilib (masalan, “epizod 1”), Saqlash (soxranit) tugmasi tanlanadi yoki “ENTER” klavishi bosiladi.
4. Natijada “epizod 1 “ faylida kiyikning oq fonli ko`rinishi hosil bo`ladi. Bir nechta rasmdan yangi rasm hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallar bajariladi: Paint grafik muharriri ishga tushiriladi.
Tahrir menyusining Fayldan olib qo`yish bo`limiga kiriladi .
Kerakli fayl tanlanib ochish tugmasi tanlanadi yoki ‘Enter” klavishi bosiladi.
Ochilgan rasmni ishchi maydonning kerakli joyiga joylashtiriladi va o`lchami zaruratga qarab o`zgartiriladi.
Xuddi birinchi rasm kabi ikkinchi rasm fayldan ochiladi.
Keyingi joylashtirilgan rasmlarning oq foni avval joylashtirilgan rasmlarning bir qismini to`sib qo`yadi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun Rasm menyusining Shaffof bo`lmagan fon amali inkor etiladi. Natijada oq fon shaffof fonga o`tadi
7. Hosil bo`lgan shaffof fonli rasmni ishchi maydonning kerakli joyiga joylashtirib, kerakli, o`lchamga keltiriladi va saqlab qo`yiladi.
Uyga vazifa: Rasmlar muhokamasi
5 –“A” “B” “V” “______”__________ 201__ yil Informatika
Mavzu: Paintda amaliy vazifalar bajarish.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsadi: O’quvchilarga Paintda amaliy vazifalar bajarishni o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni informatika faniga bo’lgan qiziqishini oshirish
Rivojlantiruvchi maqsadi: Mavzuga doir amaliy ishlar bajarish.
Dars turi: Savol – javob.
Metodlari: Munozara
Darsning jihozi: Plakat, texnika vositasi, (kompyuter), chizmalar,
Asosiy tushunchalar
Paint uskunalar paneli, Paintda amaliy vazifalar bajarish
Dars tafsilotlari
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
5 –“A” “B” “V” “______”__________ 201__ yil Informatika Mavzu:Kompyuter o’yinlari haqida.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsadi: O’quvchilarga Kompyuter o’yinlari haqida o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni informatika faniga bo’lgan qiziqishini oshirish
Rivojlantiruvchi maqsadi: Mavzuga doir amaliy ishlar bajarish.
Dars turi: Savol – javob.
Metodlari: Munozara
Darsning jihozi: Plakat, texnika vositasi, (kompyuter), chizmalar,
Asosiy tushunchalar
Kompyuter o’yinlari haqida
Dars tafsilotlari
Tashkiliy qism: (3 - minut) O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni
O’yinlar juda qadim zamonlardan odamlarga hamroh bo’lib kelgan. Jlar insonning bo’sh vaqtini maroqli o’tkazish bilan birga jismoniy va iqliy rivojlanishiga yordam beradi. Qadimda o’yinlar yoshlarda jamoa
bo’lib ov qtlish, o’zini dushmanlardan himoya qila olish kabi qobiliyatlarni shakllantirgan. o’yinlar vaqt o’tishi bilan takomillashib, zamon talabiga moslashib bordi. Kompyuterlar yaratilishi bilan o’yinlarning yangi turi — kompyuter o’yinlari vujudga keldi.
Kompyuterlarning rivojlanishi bilan kompyuter o’yinlari ham takomillashib bordi. Hozirgi kunda kompyuter o’yinlari turli-tuman va ularning son-sanog’i yo’q. Shunga qaramasdan kompyuter o’yinlarini bir nechta turlarga ajratish mumkin. Misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.