5-amaliy mashg’ulot iqtisodiy axborotlarni tahlil qilish uchun ma’lumotlarni vizuallashtirish vositalaridan foydalanish. Mashgʻulotning maqsadi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə2/2
tarix18.09.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#145100
1   2
5 amaliy

1-Topshiriq. Quyidagi amallarni bajaring:

  1. Grafik yoki diagramma yaratishdan oldin, avvalo, buning uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bilan jadval yaratishingiz kerak. So‘ngra “Вставка” lentasining “Диаграммы” guruhidan kerakli diagrammalardan birortasi tanlanadi.
    Masalan, “Рекомендуемые диаграммы”ni tanlasak, natijada diagrammalar turlari tasvirlangan “Вставка диаграммы” oynasi ochiladi. Oynada gistogrammala, grafiklar hamda aylana, chiziqli, sohaviy, nuqtali, birja, yuzadagi, yaproqli diagrammalar singari guruhlari mavjud. Har bir guruhda diagrammalarning turli ko‘rinishlari tavsiya qilinadi. Oynadan ma’lumotlarni qulay shaklda tasvirlovchi digrammasi tanlanadi.



  1. Hosil bo‘lgan diagrammani tahrirlash uchun sichqoncha ko‘rsatkichini diagramma ustiga olib kelib, uni kerakli joyga joylashtirishimiz, nomini o‘zgartirishimiz mumkin.



  1. Diagrammani belgilab, bir joydan ikkinchi joyga surish, o‘lchamini o‘zgartirish yoki asboblar panelidagi “Вырезить”, “Копировать”, “Вставить” tugmalari yordamida
    diagrammalarni boshqa fayl va sahifalarga o‘tkazish mumkin.

Eng avvalo yaratgan diagrammaga nom qo‘yish lozim. Buning uchun “Название
диaграммы” so‘zi ustida sichqoncha tugmasi ikki marta bosilsa, so‘zni tahrirlash rejimiga o‘tiladi. Kerakli so‘z kiritilgach, uning shriftini, o‘lchamini va rangini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, diagramma sohasi rangi, chiziqlari va diagramma obyektlari rangini ham o‘zgartirish mumkin.
Excel diagrammasi ishchi jadval sahifasining ma‘lumotlari bilan bevosita bog‘liq. Ishchi jadval sahifasidagi ma’lumotlar o‘zgartirilsa, tezda ularga bog‘liq bo‘lgan diagramma chiziqlari o‘zgaradi. Diagrammalarning bir necha xil turlari mavjud:

  • chiziqli;

  • doiraviy;

  • grafikli;

  • halqasimon;

  • dumaloq;

  • va boshqalar.


Excelda diagrammalarning ixtiyoriy turini tuzish mumkin. Ayrim diagrammalar juda
murakkab shakllarni aks ettiradi. Masalan, konusli, silindrli piramidali va h-zo.
Diagrammalar hosil qilingandan keyin u o‘zgarmas holatda bo‘lmaydi, balki har doim uning shaklini o‘zgartirib turish va maxsus bichimlash atributlarini qo‘shish, yangi ma’lumotlar to‘plami bilan to‘ldirish, mavjud ma’lumotlar to‘plamini boshqa soha kataklardan foydalaniladigan qilib ma’lumotlarni o‘zgartirish mumkin. Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. Agar bir necha diagramma tuzmoqchi bo‘lsangiz, unda har birini alohida sahifalarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning “ko‘rinarlilik darajasi” saqlanadi. Buning uchun diagramma kontekst menyusi chaqiriladi.


  1. Diagramma sahifalari. Alohida sahifada joylashgan diagramma sahifani to‘lig‘icha egallaydi. Agar diagrammaning o‘zini alohida sahifada chop etmoqchi bo‘linsa, uni alohida sahifaga joylashtirgan ma’qul. Agar ko‘p diagramma foydalanilsa va ularni har birini alohida sahifada joylashtirgan ma’qul. Bu holda diagrammalar bir-biriga kirishib ketmaydi.

  2. Diagrammalarda matn. Diagrammalar tuzishda ikki turdagi, bog‘liq va erkin matnlar tavsiya etiladi. Bog‘liq matn - bu diagramma elementlarining sarlavhasi, erkin matnlarni o‘z xohishga ko‘ra kiritish mumkin. Matn maydonidagi ramka o`lchamini hamda shrift o`lchamini, uning qalin yoki kursiv ko`rinishlarini tanlash va rangini o`zgartirish mumkin.

  3. Funksiyalarning grafiklarini qurish va tabulyatsiyalash. Grafiklarni yasash ham diagramma yasashdek. Faqat “Вставка диaграммы” oynasidan grafika soha tanlanishi lozim.





NAZORAT SAVOLLARI




  1. Funksiyalar bilan ishlashni tavsiflab bering?

  2. Formulalarni yaratishni namoyish qiling?

  3. Yachеyka o‘lchami qanday o‘zgartiriladi?

  4. Funksiyaga ta’rif bering.

  5. Funksiyani ishga tushirish usullarini ko‘rsating.

  6. Statistik funksiyalarni sanab o‘ting.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin