O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SINF JURNALI
I-XI - sinflar uchun
5-“B” sinf
Maktab 13-maktab
Viloyat Surxondaryo
Shahar, tuman Termiz tuman
2018-2019 o’quv yili
SINF JURNALINI YURITISH HAQIDA КО’RSATMALAR
1. Sinf jurnali Davlat ta’lim standartlari hamda o’quv dasturlarining bajarilishini aks ettiruvchi davlat hujjati hisoblanadi.
2. Maktab direktori va direktoming o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari sinf jurnalining to’g’ri yuritilishini doimiy ravishda nazorat qilishi va bu haqda - -sahifalarida qayt etib boroshi lozim.
3. Sinf jurnali bir o’quv yili uchun mo’ljallangan bo’lib, har bir maktabda, har bir sinfda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan nusxada yuritiladi.
4. Parallel bo’lgan sinflarning jurnallari sinf sonlaridan tashqari harflar bilan belgilanadi. Masalan, V “A” sinf, IX “B” sinf kabi.
5. Sinf o’quvchilaming ro’yxati alifbo tartibida, familiya va ismlari to’liq ko’rsatilgan holda yoziladi.
6. Har bir fan uchun o’quv rejasida ajratilgan soatlar soniga qarab, bir yilga mo’ljallangan sahifalar birdan ajratiladi (shu jumladan, maktab ixtiyoridagi fanlar uchun ham).
7.Sinf jumalidagi barcha yozuvlar bir xil siyohda yoki sharikli ruchka aniq va ehtiyorilik bilan yoziladi.
8.O’qituvchi darsda o’tilgan mavzu va uyga topshirilgan vazifalami alohida ajratilgan kataklarga yozib borishi, o’quvchilarning darsdagi davomatlarini aniqlashi va qayt etib borishi zarur. Sinf jurnaliga yozilmagan dars uchun o’qituvchiga haq to’lanmaydi.
9. O’quvchilaming darsdagi davomatlari dars boshlanishida quyidagi tartibda qayt etiladi.
a) agar o’quvchi sinfda bo’lsa, uning darsga qatnashganligi to’g’risida sinf jurnaliga hech qanday belgi qo’yilmaydi.
b) agar o’quvchining darsga kelmaganlik sababi noma’lum bo’lsa “ _ ” belgisi, uzurli bo’lsa “+” belgisi qo’yiladi.
d) dars boshlanishiga kechikib kelgani uchun belgisi qo’yiladi.
10. Jurnalda “V-IX o’quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risida”gi Nizom asosida o’quvchilarning foydalangan ballari va aniqlangan baholari qayt etib boriladi.
11. Fan o’qituvchisi belgilangan tartibda choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) ** baho va yillik reyting ballarini aniqlaydi hamda ularni tegishli ustunlarga qayd etadi va tagiga imzo qo’yadi.
12. Sinf jurnalida kataklarga ballar va aniqlangan baholarni qayd etish ketma-ketligi quyidagicha:
5-8-sinflar uchun: joriy va oraliq nazoratlardagi ballar choraklik (yarim yillik) baholar bosqichli nazorat balli yillik baho yillik reyting balli.
9-sinflar uchun: joriy va oraliq nazoratlardagi ballar choraklik (yarim yillik) baholar bosqichli nazorat balli yillik baho yakuniy nazorat bali yillik reyting balli.
13. “Darsda nima o’tildi” va “Uyga berilgan topshiriq” deb ko’rsatilgan joyga o’tilgan mavzu hamda uyga berilgan topshiriq aniq qilib yoziladi. Jumladan,
a) o’tilgan mavzuni yozish tartibi: Oddiy kasrlami ko’paytirish, “Bizning maktab” mavzusidagi matnga reja tuzish va yozish;
b) “Uyga berilgan topshiriq” deb ko’rsatilgan joyga topshiriq sahifasi va mashq raqami yoziladi. Masalan, 42-bet. 77-mashq.
14. Sinf rahbari har bir o’quv fani bo’yicha choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy baho) va yillik reyting ballarini - -sahifalarda ajratilgan bo’sh kataklarga ko’chirib o’tkazadi.
15. Sinf rahbari tomonidan o’quvchining xulqiga ( -bet) quyidagilardan biri qayd etiladi: “namunali”, “qoniqarli”,
“qoniqarsiz”.
16. Sinf rahbari har kuni o’quvchilar tomonidan qoldirilgan darslar sonini - -sahifalarga qayd etib boradi. - - sahifalarga chorakda va yil davomida qoldirilgan umumiy darslar soni qayd etiladi.
17. “Padagog kengash qarori” qismi “Bosqichli (yakuniy) nazorat asosida” ( -bet) O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining o’quvchilarni sinfdan-sinfga ko’chirish tartiblari va yakuniy attestatsiyadan o’tkazish bo’yichaя yo’riqnomasi asosida to’ldiriladi. Masalan, o’quvchi yillik (yakuniy) baholar asosida “7-sinfga ko’chirildi” yoki “9-sinfni tamomladi” deb yozib qo’yiladi.
Agar o’quvchi kasallik va boshqa sabablar tufayli bosqichli (yakuniy) nazoratdan o’ta olmasa, “kuzga qoldirildi” deb yoziladi va fan nomi sahifada aniq ko’rsatiladi.
“Kuzgi bosqichli (yakuniy) nazorat asosida” ( -bet) ustuni ham yuqoridagi kabi to’ldiriladi. “7-sinfga ko’chirildi” yoki “9-sinfni tamomladi” yoki ______________ ________ fanlardan ikkinchi yilga qoldirildi kabi.
18 - -sahifalar maktabga biriktirilgan tibbiyot xodimi hamda jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan, sinf ishlarini yakunlashtirish varaqasi ( - -sahifalar) va sinf o’quvchilari haqidagi umumiy ma’lumot ( - -sahifalar) sinf rahbarlari tomonidan to’ldiriladi.
19. Sinf jurnalining va yuritish qoidalari yuzasidan kundalik nazorat olib boorish, jumal sahifalarini fanlar bo’yicha taqsimlab chiqish, sahifalarga o’quvchilar ro’yxatini yozish sinf rahbariga yuklatiladi.
20. Sinf jurnali qat’iy nazoratdagi maktab hujjati hisoblanib, maktabda 75 yil saqlanadi.
*haftasiga bir soatdan ortiq o’qitiladigan o’quv fanlari bo’yicha choraklik, 0,5 va 1 soat o’qitiladigan o’quv fanlari bo’yicha yarim yillik baholar aniqlanadi.
** 9-sinflar uchun yillik va yakuniy baholar chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |