1. … - atamasi lotincha «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib
«qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi.
Investitsiya deganda barcha turdagi moddiy va intellektual boyliklarni tadbirkorlik
faoliyati ob’yektlariga yo’naltirib daromad olish yoki biror-bir ijobiy samaraga
erishish tushuniladi.
a)investitsiya b)integratsiya c)informatsiya
2. O’zbekiston amalga oshirayotgan investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari orasida alohida tahkidlab ko’rsatish mumkin?
a)innovatsiya b)investitsiya c) eksport
3. Nimaning muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va naqd bo’lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishda mavjud bo’lgan tafovutlarni bartaraf etish hamda xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlashni yaxshilashdan iboratdir.
a)innovatsiya b)eksport c)investitsiya
4. Qaysi turdagi moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, Soliq Kodeksining talabiga muvofiq to’g’ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z vaqtida o’tkazishni ta’minlash zarur?
a)qisqa muddatli b)uzoq muddatli c)muddatli
5.Investitsiyalar necha turga bo’linadi?
a)6 b)4 c)uch
6. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, vekselg’lar va boshqa qimmatli qog’ozlarga tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
a)moliyaviy b)aqliy c)capital
7. Qanday turdagi investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbobuskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
a)capital b)aqliy c)moliyaviy
8. Qaysi turdagi investitsiyalar yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir.
a)moliyaviy b)aqliy c)kapital
9. Aqliy (intelektual) investitsialar mulkiy huquqi, aqliy mehnatga oid tabbiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat bo’ladi?
a) moliyaviy b)aqliy c)kapital
10. Investitsiyalarni rejalashtirish, buxgalteriyada hisobga olish nuqtai nazaridan turkumlanadi?
a)buxgalteriyada b)bankda c)korxonada
11.Nimalar buxgalteriya hisobi birligi korxona tomonidan mustaqil tanlanadi?
a)pullar b)sarmoyalar c)moliyaviy qo’yilmalar
12. Moliyaviy qo’yilmalar turlarining xususiyatlariga ko’ra nima faoliyati sifatida moliyaviy qo’yilmalarning bir turdagi majmuining seriyasi, partiyasi va boshqa ko’rsatgichlar olinishi mumkin?
a)soliq hisobi b)hisob birligi c)moliyaviy hisob
13. Qaysi kapitaliga ulush sifatida olingan investitsiyalar Ta’sischi bilan kelishilgan pul qiymatlarida yoki buxgalteriya hisobining 12 sonli-«Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli milliy standartida aktivlarni sotib olish uchun nazarda tutilgan baholarda hisobga olinadi?
a)ustav kapitali b)dividend c)bank
14. Qanday turdagi investitsiyalarni bozor qiymati bo’yicha hisobga oluvchi xo’jalik yurituvchi sub’yekt hisob siyosatida investitsiyalar balans qiymatining kamayishi yoki ko’payishini, birinchidan, daromad yoki xarajat sifatida aks ettiriladi?
a)uzoq muddatli b)qisqa muddatli c)capital
15. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo’shimcha baholash miqdori, mazkur investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan so’ng, qaysi capital ko’payishiga kiritiladi?
a)bank b)davlat c)xususiy
16. Qaysi turdagi investitsiyalarni uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar toifasiga o’tkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymatidan eng kami bo’yicha yoki agar investitsiya ilgari shu qiymat bo’yicha hisobga olingan bo’lsa, bozor qiymati bo’yicha amalga oshiriladi?
a)qisqa muddatli b)uzoq muddatli c)intellectual
17. Ustav kapitaliga ulush sifatida olingan investitsiyalar ta’sischi bilan
kelishilgan pul qiymatlarida yoki buxgalteriya hisobining nechanchi sonli «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli milliy standartida aktivlarni sotib olish uchun nazarda tutilgan baholarda hisobga olinadi.
a)12 b)24 c)7
18. Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar balansda portfel uslubi
bo’yicha ikki qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olingan bo’lsa, ularni sotish
chogidagi chetlanish (daromad yoki zarar) sotish narxi bilan xarid narxi o’rtasidagi
tafovut sifatida aniqlanadi.
a)zinama-zina b)portfel c)olti shlyapa
19. Qanday investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob
uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish
fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
a)moliyaviy b)aqliy c)capital
20. … shartnomasi asosida olingan investitsiyalar sherikchilik shartnomasida ko’rsatilgan baholarda hisobga olinadi.
a)kelishuv b)oddiy sherikchilik c)to’lov