5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari


Quduq tubi atrofiga ta’sir qilish bilan qazib chiqarishni tartibga solish



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə53/62
tarix16.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#183482
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
5-bob kitobcha

Quduq tubi atrofiga ta’sir qilish bilan qazib chiqarishni tartibga solish. Ma’lumki, qazib chiqarish jarayonida quduq tubi atrofining holati unda harakat qiladigan suyuqlik va gazlarga katta ta’sir qiladi. Suyuqlik va gazlarning g’sha erdagi filtratsioi holatini boshqarish katta ahamiyatga molikdir.
Quduqni qazish jarayonida quduq tubi atrofining g’tkazuvchanligi dastlabki holatidan biroz yomonlashadi. Bunga sabablardan biri qatlamni burg’ulash va ochish jarayonida ishlatilgan gilli eritmaning qatlamga ta’siridir. Aksariyat gilli eritmalarning solishtirma og’irligi birdan katta bg’lib, bu jarayonda qatlamga eritmaning kirishi hamda gilli pg’stloq hosil bg’lishi kuzatiladi. Sodir bg’lgan jarayon quduqni ishga solish vaqtida bir qismi yuvilib ketsa ham aksariyat, burg’ulash eritmasi qatlamga anchagina kirib, ba’zi g’ovaklik va yoriqlarni tg’latadi, natijada qatlamning quduq tubi atrofidagi g’tkazuvchanligi anchagina yomonlashadi. Bunday holat quduq atrofidagi 2-3m, ba’zan hatto undan ortiq masofaga ham etishi mumkin. Buning natijasida quduqning mahsuldorligi 2-3 marta kamayib ketishi turgan gap.
Quduqni ishga solish jarayonida garchi bir qismi qatlamdan chiqib kelsada, dast kollektorlik xususiyatlariga ega bg’lgan qatlamlarda ularning g’tkazuvchaligi ancha kamayadi.
Kg’p qatlamli ob’ektlarda aksariyat yuqori g’tkazish xususiyatiga ega bo’lgan qatlamlargina ishga tushib, past g’tkazuvchan kg’rsatkichli qatlamlar qimirlamay qolaverishi mumkin.
SHunday hol rg’y bermasligi uchun qatlamni qazish vaqtida geologik kuzatuv ishlarini juda jiddiy olib boriga taqozo etiladi va quduqni ishga solish jarayonida iloji boricha quduq tubi atrofini yaxshiroq tozalashga harakat qilinadi.
Qatlamni qazish ishlari nihoyasiga etgach, har bir qatlamni g’ziga xos hususiyatlarini bilgan ularning g’tkazuvchan-ligi yaxshilangan tadbirlari kg’riladi. Bular asosan aksariyat quduq tubi atrofini kislota va sirt aktiv moddalar bilan ishlov beriladi, ba’zan qatlamni yuqori bosim ostida sun’iy yoriqlar hosil qilish (gidrorazrыv) jarayonini qg’lash, qatlamni qg’shimcha otish hisobiga amalga oshiriladi. Quduqlarning ishlash jarayonida quduq tubi atrofiga ta’sir g’tkazish usullari qayta qg’llanishi va takrorlanishi mumkin.
Haydovchi quduqlarda ularning atrofini tozalash maqsadida haydash jarayoni ma’lum muddatga tg’xtatiladi, natijada haydalayotgan suv quduqdan chiqa boshlaydi, harakat yg’nalishi o’zgarishi natijasida quduq tubi atrofi anchagina tozalanadi. Bu jarayon vaqti-vaqti bilan takrorlanib turiladi. Quduqlar guruhining ishini yaxshilash uchun quyidagi tadbirlar qo’llanadi.
Oluvchi va haydovchi quduqlar guruhining ishini yaxshilash maqsadida ularning ba’zilaridan tanlangan holda qg’shimcha otish tashkil qilinadi (albatta bunda kam mahsuldor oraliqni qayta otiladi). Haydovchi quduqlarning ba’zi qatlamchalarini ham ishga solish uchun haydash bosimi oshiriladi. Undan tashqari har xil usullar bilan mahsuldor qatlamning qabul qiluvchanligini kamaytirishga qaratilgan ishlar qilinadi. Oluvchi quduqlarning ba’zi qatlamlarni ishga tushirish maqsadida quduq tubi bosimi kamaytiriladi va nihoyat haydovchi quduqlarga har bir qatlamga alohida suv haydashga erishishga harakat qilinadi.
Har xil o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bg’lgan ikki qatlamni maxsus asbob-uskunalar yordamida bir quduqda ishlatishni tashkil qilish katta ahamiyatga molik vazifadir. Bunda ma’lumki, paker yordamida qatlamlar bir-biridan ajratilib, biri nasos kompressor quvurlar orqali, ikkinchisi esa quvurlar orqali ishlatiladi. Bunday usul bilan qazib chiqarishni tartibga solish uchun avval ob’ektlar baravar bg’lishi mumkin. Keyinchalik qatlamlarning g’z imkoniyatlariga qarab alohida ish rejimini belgilagan holda uni boshqarish mumkin.
Bu usulni haydovchi quduqlarda qg’llash ancha yaxshi natijalar beradi. SHu usul bilan kam mahsuldorlik xususiyatiga ega bg’lgan qatlamlarni ishga tushirish imkoniyati tug’ilishi boshqarishning samarasidir.
Qatlamdan olinadigan suvning miqdorini kamaytirishga erishish texnologning asosiy vazifalaridan biridir. Bunda albatta g’z ishini bajarib, ma’lum miqdorda neftni siqib chiqargan suvdan shunchaki qatlamning qulay joylaridan quduqqa oqib keluvchi qg’shimcha suvning farqini bilish lozim bg’ladi. Qatlam sharoitida ancha kam qovushqoqlikka ega bg’lgan neftlarni chiqarish vaqtida quduqning bevaqt suv bosishini har xil usullar bilan chegaralash mumkin, lekin bunday holatni qovushqoqligi yuqori bg’lgan neftli konlarda qg’llab bg’lmaydi, aks holda kg’plab neftli maydonchalar va qatlam- chalar chegaralanib qolishi va ulardan neft ololmasligimiz mumkin. AQSH dagi Eshli-Villi konida har bir m3 neft bilan 239m3 suv olinganligi va bu hol iqtisodiy jihatdan g’zini oqlagan-ligi ma’lum. Hozirgi kunda yg’ldosh suvni zararsizlantirish va atrof-muhitga yomon ta’sir etishini oldini olish muammosi turadi va u ham katta iqtisodiy harajatlar talab qiladi. Demak, bu holatni ham kg’z g’ngimizdan qochirmasligimiz lozim.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin